Qaysi javobda sifat turkumiga oid so’z bilan paronim bo’la oladigan birlik berilgan?
A
xam
B
azm
C
ahil
D
xiyla
2
Qaysi javobda «Alpomish» dostoni qahramoni Oybarchin haqida ma’lumot berilgan?
A
U oshiq yigitga: «. . . . menga qarab sen ham nobud bo’lma, sen elga yetib, odamlarga qo’shilsang, yurtingga borsang, men sendan roziman», - deya iltijo qiladi
B
U yorining zolim xon qo’lida bandi bo’lib, qirq kun muhlat bilan zindonga solingani haqida maktub yozib mayna orqali yigitning ota-onasiga yo’llaydi
C
Otasi uni Ko’kqamish ko’lida qo’y sog’dirib, chorvachilik ilmini o’rgatish maqsadida maktabdan chiqarib oladi
D
U o’zining suratini qog’ozga soldirib, bir sandiqcha tayyor qilib, o’zining sochidan bir tola soch olib, to’raning uzugini o’zining suratiga o’rab, . . . sandiqni qulflab, daryoga oqizib yuboradi
3
Qaysi gapda vergul qo‘llash bilan bog‘liq xatolik mavjud emas?
A
Bu safar na Nazira, na Nodira, kelmadi.
B
Bu fikrga qo‘shilmaydi balki, jon-jahdi bilan qarshi chiqadi.
C
Bizga kitob, daftar,qalamlar, kerak
D
Biz bugun, shubhasiz, g‘alaba qozonamiz.
4
Hokim qismigina yasama so’z bilan ifodalangan bitishuvli so’z birikmasi qatnashgan gapni aniqlang.
A
U nimalar haqidadir tinimsiz gapirar, sira to’xtamas edi
B
Noo’rin aytilgan so’z boshga kulfat keltirishi mumkin
C
Kitob bilan do’stlashgan insondan yomonlik chiqmaydi
D
Do’stlari uning asl niyatini darrov fahmladilar
5
Qaysi javobdagi barcha so’zlar to’g’ri yozilgan?
A
mudofaa, jigarband, jaxolat
B
iste’dod, bunyodkorlik, hujum
C
jaxongashta, navo, mahliyo
D
mehmondo’st, ijotkor, rayhon
6
Tarkibida ham vazifadosh ko’makchi, ham sof ko’makchi qatnashgan gapni aniqlang.
A
Ustoz bir necha soniyalik sukutdan so’ng do’sti tomon yuzlanib gap boshladi
B
Majlis boshlanishidan avval ma’ruzasini yana bir bor diqqat bilan o’qidi
C
Hasharchilar tushlikdan keyin yana dalaga qarab yo’l oldilar
D
Axir baliq ham suvga intiladi, ko’kat yorug’lik sari bo’y cho’zadi
7
«Institutni bitirgan yilim meni aspiranturaga qabul qilishdi va men yana shaharda qoldim», deb so’zini davom ettirdi u biroz o’ylangandan so’ng.
Ushbu gapda qatnashgan fe’llar haqidagi qaysi fikr to’g’ri emas.
A
Gapdagi sifatdoshlar 2 xil nisbatda
B
O’timli fe’llarning 1 tasi birgalik nisbatida
C
1 o’rinda orttirma nisbatdagi sof fe’l qatnashgan
D
Sof fe’llarning faqat 2tasi xabar maylidagi fe’l sanaladi
8
Qaysi ertakda sun’iylik, ikkiyuzlamachilik, soxtalik qoralanadi, ayniqsa, baliqchilar obrazlari orqali soxtalik hech qachon tabiiylikka teng kela olmasligi ishonchli tasvirlanadi.
A
«Bulbul» (H.K.Andersen)
B
«Hurishni eplolmagan kuchukcha» (J.Rodari)
C
«Susambil»
D
«Uch og’a-ini botirlar»
9
Qaysi javobda berilgan so’zlarning ma’nolarini farqlovchi undosh tovushlar ham jarangli yoki jarangsizligiga ko’ra, ham til qismlarining harakatiga ko’ra o’zaro bir turga mansub emas.
A
jon-don
B
g’ildira-shildira
C
tuzmoq-suzmoq
D
ziyon-ziyod
10
Qaysi javobda rasmdagi ijodkor haqida ma’lumot berilgan?
A
Shoirning matbuotda birinchi marta «Qushcha» she’ri bosilib chiqadi
B
U nemis shoiri Gyotening «Faust» asarini o’zbek tiliga tarjima qilgan
C
U «Yillar armoni», «Sohibqiron» asarlari muallifidir
D
U «Osmonning oxiri», «Qora quyosh» dostonlari muallifidir
11
Olovqalb va shijoatli yoshlarimizning o‘tkazilayotgan tadbirlarda faol ishtirok etishi yurtimizning porloq kelajagiga ishonchimizni mustahkamlamoqda.
Ushbu gapda gap bo‘laklari nechta so‘z birikmasini hosil qilgan?
A
9ta
B
8ta
C
10ta
D
11ta
12
Qismat bu isnod-u uyat. . . ayni biz. . . boshimiz. . . solgan erkankim, shul zamonda tug’ilganimdan pushaymondaman, musibatli damlarda qulayotgan saltanat tojdori. . . . siz. . . ,qanot bo’lolmaganimdan ozurda va armondaman.
Ushbu parchadagi ko’p nuqtalarning o’rnida qo’llab bo’lmaydigan kelishik qo’shimchasini aniqlang.
A
jo’nalish kelishigi
B
qaratqich kelishigi
C
tushum kelishigi
D
o’rin-payt kelishigi
13
Quyida berilganlardan asosi o’z shakldoshi bilan o’zaro bir xil turkumga oid bo’la oladigan yasama so’zlarni aniqlang.
1) yog’siz;
2) bo’shamoq;
3) toychoq;
4) bog’li
A
2, 4
B
2, 3, 4
C
1, 3
D
1, 3, 4
14
Qaysi gapda imloviy xatolik mavjud emas?
A
Choy qaynatib ichishni-da unutdi
B
Men bu yerda o’t yoqayapman
C
Urganch Davlat universiteti qayerda joylashgan ?
D
Ko’pkarida ot boskan yigitni hozirgina shifoxonaga olib ketishdi
15
Yulduzli tunlar romanida tasvirlanishicha, «Bobur temuriylardan ekani, Abusaid mirzo uning bobosi bo’lgani» bois «Nohaq o’ldirilgan otasi va akasi, nomusi toptalgan opasi uchun mana bu temuriyzodadan xun talab qilib qasd olish» niyatida Hindikushning qor bo’roni ostidagi dovon yo’llarida Bobur va uning navkarlariga yo’lboshchilik qilishga rozi bo’lgan, lekin safar davomida yigirma besh yoshli Boburning fazilatlarini o’z ko’zlari bilan ko’rib: «Men sizdekmard podshohni umrimda birinchi ko’rishim. Uyga qaytib, barcha pashoyilarga sizning to’g’ringizda so’zlab bermoqchiman», deya bu niyatidan qaytib unga yordam bergan qahramon nomini toping.
A
Sulton
B
Xo’ja Ubaydulla
C
Tohir
D
Ali Do’stbek
16
Bunday betakror mumtoz ashulalarni iste’dodli hofizlar ijro etishadi, chunki bu qo’shiqlarning sehrini va jozibasini tinglovchiga yetkazib berish oson emas.
Ushbu qo’shma gapning ergash gap qismida gap bo’laklari nechta so’z birikmasini hosil qilgan.
A
4ta
B
5ta
C
7ta
D
6ta
17
Yasama so’zning ega vazifasida kelishi kuzatiladigan bog’langan qo’shma gapni aniqlang.
A
Tuyakashlar arabcha gaplashishar, afsuski, men bu tilni bilmas edim
B
Faqat uzoqlarda bir tepalik ko’rinadi va boyagi mashinaning changi ko’zga tashlanadi
C
Zal dam guvullab qo’yar, dam ondasonda qarsak chalib qo’yardi
D
Surayyoning peshonasiga qo’limni qo’yib qo’rqib ketdim: isitmasi nihoyatda baland
18
Ega vazifasida kelgan juft fe’l qatnashgan gapni toping.
A
Yosh Hakima boshqa o’rtoqlaridan qolmaslik uchun qizarib-bo’zarib ishlardi
B
Konspekt daftarini olib, o’sha yerda ko’chiraman-qo’yaman
C
Tog’asining qo’llab quvvatlashi tufayli u tijoratda ulkan yutuqqa erishgandi
D
Oyqizning shunchalik yelib-yugurishi ham umuman foyda bermadi
19
Qaysi javobda ilmiy uslub namunasi berilgan?
A
Martning oxirgi kunlari. Ko‘k yuzida suzib yurgan bulut parchalari oftobni bir zumda yuz ko‘yga solyapti.
B
Bugungi ko‘rsatuvimizda ta’lim sohasidagi islohotlar haqida so‘z yuritamiz.
C
Sizga yig‘ilish har oyning so‘nggi jumasida o‘tkazilishini ma’lum qilamiz.
D
Tobe so‘zning hokim so‘z talabiga ko‘ra ma’lum kelishik qo‘shimchasi yoki ko‘makchi yordamida bog‘lanishiga boshqaruv deyiladi.
20
Qaysi gapda hokim qismi sifatlovchi aniqlovchi vazifasida kelgan to’ldiruvchili birikma qatnashgan?
A
Tilning sofligi, ma’no aniqligi, o’tkirligi uchun kurash h madaniyat quroli uchun kurashdir
B
Ko’p o’ylaydigan odam iloji boricha kam so’z ishlatib, ko’proq fikr berishga intilib gapiradi
C
O’rnida aytilgan ezgu fikr dunyoni harakatlantiruvchi kuchdir
D
Til do’stlik va hamjihatlikni qaror toptirishning eng qulay vositasi ekanligi shubhasizdir
21
Adib XIII asrning oxiri XIV asrning boshlarida Xorazmning Roboti o’g’uz degan joyida yashab ijod etgan. U Nosiruddin To’qbug’aning iltimosiga ko’ra «o’qimoqg’a keraklik, o’rganmakka yarog’liq» asar yozgan.
Ushbu ma’lumot qaysi ijodkor haqida.
A
Ahmad Yassaviy
B
Fuzuliy
C
Nosiruddin Rabg’uziy
D
Yusuf Xos Hojib
22
Orttirma nisbatdagi fe’l qatnashgan gapni aniqlang.
A
U kuni bilan bosh ko’tarmay shu ishni bitirdi
B
Biz ertadan kechgacha gavronlar ichida ko’milib savat to’qirdik
C
Muhokama qilsangiz, tushunchangiz yanada boyirdi
D
G’oliblarga esdalik sovg’alari topshirildi
23
Qadimda bir badavlat kishining yolg’iz o’g’li bo’lib, u uquvsiz va moldavlatni foydasiz ishlarga sarflaydigan bola edi.
Ushbu gapda ismlar guruhiga mansub nechta sodda yasama so’z bor.
A
5ta
B
2ta
C
4ta
D
3ta
24
Men mast bo’lib qoldim bir kecha, Sil o’pkamni ancha yayratdim. Uxlamasdan to tong otguncha, Dilginamni rosa sayratdim. Ushbu misralarda shoir «sil o’pkam» deya faqat o’zining jismoniy xastaligi to’g’risida gapirmaydi. Balki biqiq, tuhmat-u razolatga to’la muhitda siqilgan ko’nglini i ruhini nazarda tutadi. Yuqoridagi parchada qaysi ijodkor she’ri tahlili berilgan
A
G’afur G’ulom
B
Cho’lpon
C
Mirtemir
D
Usmon Nosir
25
Abu Rayhon Beruniy shunday yozadi Inson hayvondan aql bilan farq qiladi. Mazkur ko’chirma gapli qo’shma gapda tushirib qoldirilgan tinish belgilari qaysi javobda tartib bilan to’g’ri ko’rsatilgan.
A
B
C
D
26
Alisher Navoiyning «Mahbub ulqulub» asarida: «. . baxt bag’ishlovchi toza ruh manbayi ham u; yomonliklar keltiruvchi nahs yulduzining chiqar joyi ham u. . . Odam u bilan boshqa hayvonlardan imtiyozli bo’ldi» degan mazmunda nimaga ta’rif berilgan.
A
saxovatga
B
tilga
C
hilmga
D
safarga
27
Alisher Navoiyning qaysi asari aruzga oid?
A
«Mezon ul-avzon»
B
«Muxtasar»
C
«Aruz haqida»
D
«Sab’at-u abhur»
28
Ko’nglung istar yorlar birla hamesha shod bo’l, Mendin-u, kimdinki, ko’ngling istamas – ozod bo’l.
Ushbu she’riy misralar haqidagi qaysi ma’lumot to’g’ri emas.
A
Qofiyadosh so’zlarda «d» tovushi raviy bo’lib kelgan
B
Radifi qisqa radif hisoblanadi
C
Muqayyad qofiya qo’llanilgan
D
Ushbu misralarda tardi aks san’atidan foydalanilgan
29
Ulg’ayib, ustiga egar urilibdiki, har yakshanba kuni butun Hisorni oshib, shu yer (bozorga)ga keladi. Tor taxta ko’prikning yoniga omonatgina qurilgan choyxona etagida to’xtaydi. To’riq uzoq vaqtgacha bunga ko’nikolmadi, bir-ikki marta, hatto tizginni uzib qochdi, butun bozor ahlini sarson qildi. Bir-ikki marta esa yarim yo’lda tixirlik qilib oyog’ini tirab turib oldi, bo’lmadi. Qamchi yedi. Endi ko’nikib qoldi.
Ushbu parchada tasviri keltirilgan to’riq ot qaysi asarda uchraydi.
A
«Uloqda» hikoyasi (A.Qodiriy)
B
«Asrga tatigulik kun» romani (Ch.Aytmatov)
C
«Do’nan» hikoyasi (T.To’la)
D
«Qiyomat qarz» hikoyasi (O’.Umarbekov)
30
Qaysi gapda paronim bilan bog’liq xatolik mavjud?
A
Besh asrkim nazmiy saroyni Titratadi zanjirband bir sher
B
Azim tog’lar, sizlar ham yaxshi qoling
C
Sizning har bir so’zingiz biz uchun tilladan afzal