Ру/Uz

Ona tili

1

Qaysi gapda o‘zlik olmoshi predmetni ko‘rsatish uchun qo‘llangan?

A
Ikromjon ukasini biz bilan qoldirib, o‘zi idora tarafga qarab ketdi.
B
Berilgan barcha vazifalarni mening o‘zim bajardim.
C
Soat o‘zi ishlab ketdi.
D
Yo‘q, dadam emas, mening o‘zim agronomman.
2

Qaysi gapda adabiy til me’yorlariga amal qilinmay qo‘shimcha qo’llash bilan bog‘liq xatolikka yo‘l qo‘yilgan?

A
Qayerda intizom va hamjihatlik bo‘lsa, o‘sha yerda ish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘ladi.
B
Imoratning o‘pirilib tushgan joylari siniq pishiq g‘isht bilan tiklangan edi.
C
Tovus o‘zining chiroyli patlarini ehtiyot qiladi, vijdonli odam esa o‘zining sharaf va shonini saqlaydi.
D
Buni jamoada tashabbus uyg‘onishidan, ta’lim tarbiya sifati yaxshilanishidan ko‘rinib turibdi.
3

Qaysi javobdagi ibora nutqimizda so‘z birikmasi ham bo‘lib kela oladi?

A
ko‘nglida kiri yo‘q
B
yostig‘ini quritmoq
C
dilidan o‘tkazmoq
D
ishtahasi karnay
4

Halollikni va pok yashashni o‘zi uchun hayotiy e’tiqod, oliy maqsad deb biladigan odamlardan yomonlik kutmaymiz. Ushbu gapda nechta sodda yasama so‘z qatnashgan?

A
4ta
B
2ta
C
3ta
D
5ta
5

Qaysi javobda ilmiy uslubga oid gap berilgan?

A
Uchrashuv 15-may kuni soat 1500 da maktabning majlislar zalida boshlanadi.
B
Kesim qaysi turkum so‘zlari bilan ifodalanishiga ko‘ra ikki xil: fe’l kesim, ot kesim boladi.
C
-Ke, picha dam ol, qo‘zichog‘im, toza charchapsan.
D
Yer shivirlaydi, yulduz jivirlaydi, bahordan darak keladi.
6

Yakka shaxsga ishora qilib hurmat ma’nosini ifodalagan siz kishilik olmoshi qatnashgan javobni aniqlang.

A
Rahbarimiz o‘quvchilarga yuzlanib: «Siz ertaga muzeyga borasiz», - dedi.
B
Siz yoshlik qilib bunaqa xomxayollarga borib yurmang, usta!
C
Bolalar, ehtimol, siz oq ayiqni ko‘rmagandirsiz? Men uni ko‘rganman.
D
Albatta, sizga, guruhimiz a’lochilariga, hammamiz ishonamiz.
7

Nayman onani o‘g‘li bir yil oldin jungjanglar tomonidan halok etishgan otasining o'chini olish uchun jangga otlanib, Sario‘zakda bo‘lgan omonsiz olishuvga yarador bo‘ladi. Ushbu gapda adabiy til me’yorlariga amal qilinmay uslubiy jihatdan noto‘g‘ri qo‘llangan qo‘shimchalar soni nechta?

A
4 ta
B
3 ta
C
2 ta
D
5 ta
8

Qaysi javobdagi birliklar nutqimizda so‘z birikmasi sifatida qo‘llana oladi?

A
bo‘yniga ilmoq, asar zerikarli
B
maslahat bermoq, ko‘ylagi keng
C
qulog‘iga quymoq, boshini aylantirmoq
D
ruxsat bermoq, ko‘zi ochilmoq
9

Yakka shaxsga ishora qilib hurmat ma’nosini ifodalagan ular olmoshi qatnashgan javobni aniqlang.

A
Ularning har ikkisi bugungi musobaqada ilk marotaba qatnashmoqda.
B
Sakkizinchi sinf o‘quvchilari faol. Ular har bir tadbirda o‘z chiqishlari bilan ishtirok etishadi.
C
Sobir tog‘amni yaxshi ko‘raman. Ammam ular biznikiga bir yilda bir keladilar.
D
Yer yuzida tillar ko‘p. Olimlarning hisob-kitobiga ko‘ra ularning miqdori 7000 ga yaqin.
10

Qaysi gapda ko‘makchini unga ma’nodosh bo‘la oladigan kelishik qo‘shimchasi bilan almashtirib bo‘lmaydi?

A
Germaniyadan otam uchun antiqa qo‘lsoat olib keldim.
B
Bu mavzu haqida bilganlaringizni gapiring.
C
Sahnaga chiqqan yosh xonanda mumtoz qo‘shiqlarni zavq bilan kuylardi.
D
Yangi ijro etgan qo‘shig‘ingiz kecha televideniye orqali namoyish etildi.
11

Qaysi gapda kelishik qo‘shimchasining qo‘llanishi bilan bog‘liq xatolik mavjud emas?

A
Ziyolilar ma’rifat urug‘ini sochishda fidoyilik ko‘rsatdilar.
B
Xalq orasida: «Maqtanganni-uyini ko‘r» degan gap bor.
C
Insofli, diyonatli, boy badavlat va xalqparvar kishilarni moddiy yordamisiz ma’rifatchilar faoliyat ko‘rsata olmas edilar.
D
Men o‘tgan yili yozga anhor bo‘yidagi hovlimizda dam oldim.
12

Qaysi javobda nutqimizda so‘z birikmasi ham bo‘lib kela oladigan turg‘un bog‘lanma (ibora) qatnashgan?

A
Azimjonning so‘zlaridan yigitning ko‘ngli biroz yorishdi.
B
Bema’ni va tuturiqsiz gaplar bilan boshini aylantirdi.
C
Bu yigitlarning rosa ishtahasi karnay ekan.
D
Nima qilyapsan o‘zi, do‘stim, esingni yeb qo‘ydingmi?
13

Yakka shaxsga ishora qilib hurmat ma’nosini ifodalagan siz kishilik olmoshi qatnashmagan javobni aniqlang.

A
Odamlar bilan shunday gaplashingki, do‘stim, siz bilan suhbatlashishni havas qilsinlar.
B
Siz yoshlik qilib bunaqa xomxayollarga borib yurmang, usta!
C
Agar, bolam, siz haqiqiy do‘st topmoqchi bo‘lsangiz, avvalo, samimiy bo‘lishni o‘rganing.
D
Bitiruvchilar, siz endi o‘zingiz uchun qiziqarli va foydali kasb tanlashingiz kerak.
14

Qaysi javobda qaratqich kelishigining belgisiz qo‘llanishi kuzatilmaydi?

A
Chappar urib gullagan bog‘in, O‘par edim vatan tuprog‘in.
B
Qachongacha qorning o‘ylab o‘tadirsan? Qachongacha ko‘kdan chalpak kutadirsan.
C
Ming yildirki, bulbul kalomi, O'zgarmaydi yaxlit hamisha.
D
Yoqimli non hidi butun saroyni tutib ketdi.
15

Bahor... Bu kun olam uyg‘onmoqda. Ana, yam-yashil maysalar xuddi jajji qizaloqlar kabi qiqirlab bosh ko‘tarmoqda. Quyosh olam uzra iliq nurlarini taratmoqda. Ushbu parcha qaysi uslubga xos?

A
so‘zlashuv uslubi
B
badiiy uslub
C
rasmiy uslub
D
ilmiy uslub
16

Mamlakat...(l) kichik bir qismi bo‘lgan oila...(2) tinchligi...(3) asraylik. Mazkur gapda raqamlar bilan belgilangan ko‘p nuqtalar o‘rnida adabiy til me’yorlariga ko‘ra qaysi kelishik qo‘shimchalari qo‘llaniladi?

A
1 - qaratqich kelishigi; 2, 3 - tushum kelishigi
B
1, 2 - qaratqich kelishigi; 3 - tushum kelishigi
C
1, 3 - tushum kelishigi; 2 - qaratqich kelishigi
D
1, 2 - tushum kelishigi; 3 - qaratqich kelishigi
17

Qaysi javobda ilmiy uslub namunasi berilgan?

A
Sizga yig‘ilish har oyning so‘nggi jumasida o‘tkazilishini ma’lum qilainiz.
B
Bugungi ko‘rsatuvimizda ta’lim sohasidagi islohotlar haqida so‘z yuritamiz.
C
Tobe so‘zning hokim so‘z talabiga ko‘ra ma’lum kelishik qo‘shimchasi yoki ko‘makchi yordamida bog‘lanishiga boshqaruv deyiladi.
D
Martning oxirgi kunlari. Ko‘k yuzida suzib yurgan bulut parchalari oftobni bir zumda yuz ko‘yga solyapti.
18

Qaysi gapda ko‘makchini unga ma’nodosh bo‘la oladigan kelishik qo‘shimchasi bilan almashtirish mumkin?

A
Men ham sizlar bilan shahar aylanishga boraman.
B
Bola uyalgani uchun bu yerdan tezroq ketishga harakat qilgan.
C
U ham sen kabi yoshligidan fantastik asarlar o‘qishni yaxshi ko‘rardi.
D
Yuksak qoyalardan shiddat bilan qo‘zg‘algan burgut suruvdagi qo‘zichoqni ildi-yu ketdi.
19

Har bir inson ustozlarining e’zozlashi, ularning hurmat va ehtiromini ado qilishi shartdir. Negaki bu zotlar insonni ruhini tarbiyalaydilar. Ushbu parchada nechta qoshimcha adabiy til me’yorlariga amal qilinmasdan xato qo‘llangan?

A
3 ta
B
2 ta
C
4 ta
D
1 ta
20

Qaysi javobda uslubiy xoslangan yasama so‘zlar berilgan?

A
ming‘irlamoq, bayon etmoq
B
tirjaymoq, turg‘izmoq
C
tabassum qilmoq, kulmoq
D
yurgazmoq, so‘zlamoq
21

Qaysi gapda to‘ldiruvchi vazifasini bajargan so‘zda paronim bilan bog‘liq xatolik kuzatiladi?

A
Bu bebaho ma’naviy ganjni ko‘z qorachig‘idek asraymiz.
B
Shifokor bemorning dardiga davo topish uchun izlandi.
C
Mening singlim ikki yoshga to‘lmay rovon gapirib ketdi.
D
Qizcha onasining sur’atini hech qo‘lidan qo‘ymas edi.
22

Qaysi gapda adabiy til me’yorlariga amal qilinmay qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq xatolikka yo‘l qo‘yilgan?

A
Bu xushxabarni tezroq ota-onamga yetkazish uchun uyga chopdim.
B
Taom yeyilgandan so‘ng rang-barang qimmatbaho va antiqa mevalar tortildi.
C
Bu kitob bilan u faqat mamlakatnigina emas, balki butun jahonning e’tirofiga sazovor bo‘ldi.
D
Bu yerdagi qayiqchilarga uyqu yo‘q, chunki tun-u kun uzun eshkaklarning shaloplagani eshitilib turardi.
23

Tadbirni har oyning juma kunida o‘tkazishga ma’muriyat kafolat beradi. Ushbu gap qaysi uslubga xosdir?

A
publitsistik uslub
B
rasmiy uslub
C
so‘zlashuv uslubi
D
ilmiy uslub
24

Qaysi javobda badiiy uslubga oid gap berilgan?

A
Tovush tolqinlarining vujudga kelishi va tarqalishi bilan bog‘liq hodisalar akustik hodisalar deb yuritiladi.
B
Ushbu ma’lumotnoma so‘ralgan joyga ko‘rsatish uchun berildi.
C
Uchrashuv 15-may kuni soat 1500 da maktabning majlislar zalida boshlanadi.
D
Ikki til - o‘zbek va fors tillari - ikki pahlavon, ular goh mantiqning gurzisini ko‘taradilar, goh husn va salobatlarini namoyish qiladilar.
25

Qaysi javobdagi birliklar nutqimizda so‘z birikmasi sifatida qo‘llana oladi?

A
maktab bog‘i, asar qiziqarli
B
ko‘nglidan o‘tkazmoq, qoqqan qoziq
C
qulog‘iga quymoq, tosh otmoq
D
gullar oralab, ko‘ylagi keng
26

Ozuqa zaxiralarimizning hammasi ertaga bitadi. Ushbu gapda bitmoq so‘zi qaysi ma’noda qo‘llangan?

A
yozuv orqali ifodalamoq
B
tugamoq, tamom bo‘lmoq
C
et unib, birikib tuzalmoq
D
o‘sib-unmoq
27

Qismat bu isnod-u uyat... ayni biz... boshimiz... solgan erkankim, shul zamonda tug‘ilganimdan pushaymondaman, musibatli damlarda qulayotgan saltanat tojdori... - siz..., qanot bo'lolmaganiradan o'zurda va armondaman. Ushbu parchadagi ko‘p nuqtalarning o‘rnida qo‘llab bo‘lmaydigan kelishik qo‘shimchasini aniqlang.

A
qaratqich kelishigi
B
tushum kelishigi
C
jo‘nalish kelishigi
D
o‘rin-payt kelishigi
28

Ilm olish igna ... quduq qazish demakdir. Bilmaslik ayb emas, bilim... intilmaslik aybdir. Bilim har qanday boylik... afzal sanaladi. Ushbu parchada ko‘p nuqtalar o‘rnida yozilishi kerak bo‘lgan til birliklari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.

A
biriktiruv bog‘lovchisi, chiqish kelishigi qo‘shimchasi, chiqish kelishigi qo‘shimchasi
B
ko‘makchi, jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi, chiqish kelishigi qo‘shimchasi
C
biriktiruv bog‘lovchisi, jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi, tushum kelishigi qo‘shimchasi
D
ko‘makchi, qaratqich kelishigi qo‘shimchasi, jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi
29

Quyidagi qaysi gaplarda kelishik qo‘shimchasining adabiy til me’yorlariga amal qilinmasdan xato qo‘llanishi kuzatiladi? 1) Biz sizni gazeta sharhi bilan tanishtiramiz; 2) Ularga fikrining ravon so‘zlamoqni o‘rgatish kerak; 3) Qadim zamonga Chin mamlakatida bir ulug‘ podshoh bo‘lgan ekan; 4) O’quvchilarga ot va sifatni farqlash vazifasi topshirildi.

A
1, 4
B
1, 2, 3
C
2, 3, 4
D
2, 3
30

O’smirlarimiz xalqaro turnirlarda g‘alaba qozonmoqdalar. O’zbekning dovrug'ini olamga yoymoadalar. Ushbu gapda yoymoq so‘zi qaysi ma’noda qo‘llangan?

A
Taxlangan, o‘ralgan narsalarni ochmoq
B
Kichik-kichik guruhlarga bo‘linib ketmoq.
C
Tevarak-atrofga anqimoq.
D
Mashhur qilmoq, ovoza qilmoq.
31

- Sobirjon, qaytyapsizmi? -Ha . - Siz tog'angizni ham bir ko‘rib keting. Ushbu dialogdagi kishilik olmoshi qanday ma’no ifodalagan?

A
hurmat ma’nosi
B
jamlik ma’nosi
C
ko'plik ma’nosi
D
taxmin ma’nosi
32

Qaysi gapda paronim bilan bog‘liq xatolik mavjud?

A
Bog‘imizga o‘n tub olma ko‘chatini o‘tqazdik.
B
Sizning har bir so‘zingiz biz uchun tilladan afzal.
C
Besh asrkim nazmiy saroyni Titratadi zanjirband bir sher.
D
Azim tog‘lar, sizlar ham yaxshi qoling.
33

Tovush to‘lqinlarining vujudga kelishi va tarqalishi bilan bog‘liq hodisalar akustik hodisalar deb yuritiladi. Ushbu gap qaysi uslubga xos?

A
ilmiy uslub
B
publitsistik uslub
C
so‘zlashuv uslubi
D
rasmiy uslub
34

Qaysi gapda to‘ldiruvchi vazifasidagi so‘zda paronim bilan bog‘liq xatolik bor?

A
Ishning suratini oshirishimiz, kuniga yuz tup olma ko‘chatini o‘tkazishimiz kerak.
B
Yomon yo‘ldosh yov bo‘lar, ravon yo‘lda g‘ov bo‘lar.
C
Kimki birovga choh qazisa, unga o‘zi yiqiladi.
D
Uzuk va zirak, tillaqosh va zebigardonlardan quti-quti yig‘gan edi.
35

Qaysi javobdagi gaplarda qatnashgan ko‘makchini unga ma’nodosh bo‘la oladigan kelishik qo‘shim hasi bilan almashtirib bo‘ladi? 1) Sardor akasining qahramonliklarini faxr bilan gapirib berdi; 2) Salima va Dildora telefon orqali gaplashishdi; 3) Bu sovg‘alarni atayin onam uchun oldim; 4) Hunarmandchilikning sir-u asrorini chidam va matonat bilan o‘rganish kerak.

A
1, 2
B
1, 4
C
2, 3
D
3, 4
36

Qaysi gapda paronim bilan bog‘liq xatolik mavjud?

A
Bu kasallikning davosini topish uchun olimlar astoydil izlanishmoqda.
B
Mevasini ko‘tarolmagan olma shohi qarsillab sinib tushdi.
C
Xalqimiz uchun o‘sha davrlarda e’tiqod, islom kabi tushunchalar butunlay yot edi.
D
Yo‘l yoqasidagi azim yong‘oqlar, sizlar ham yaxshi qoling.
37

Qaysi gapda fe’lning o‘tgan zamon shakli kelasi zamon ma’nosida qo‘llangan?

A
U shuncha urinsa ham atrofdagilarni bunga ishontira olmaydi.
B
Xo‘p, mayli, hozir boshingizni qotirmay, men ketdim.
C
U do‘stini bekatda ko‘rib qoldi-yu, ko‘rmaslikka oldi.
D
Bir vaqt qarasam, ko‘zimning yoshini to‘xtata olmayapman.
38

Qaysi gapda to‘ldiruvchi vazifasidagi so‘zda paronim bilan bog‘liq xatolik bor?

A
Sozanda tamburni sozlash uchun uni qo‘liga oldi.
B
Bu sur’at meni ajoyib bolalik yillarimga yetakladi.
C
Kimki birovga choh qazisa, unga o‘zi yiqiladi.
D
Bu bebaho ganjni ko‘z qorachig‘iday asragayman, do‘stim.
39

Qaysi gapda hokim qismga boshqaruv usulida bog‘langan so‘zda paronim bilan bog‘liq xatolik bor?

A
Azm daryolar ham kamar bo‘lolmas, Qo‘shilib chulg‘ansa sening belingga.
B
Kimki birovga choh qazisa, unga o‘zi yiqiladi.
C
Poyezd oraliq bekatda to‘xtaganda u tanburga chiqib muzday shamolga yuzini tutdi.
D
Bu bebaho ganjni ko‘z qorachig‘iday asragayman, do‘stim.
40

Yaxshi tarbiya ko‘rgan odam... xislatlari... biri shuki, bunday odam o‘z faoliyati... boshqalar... bir qadam oldin... o‘tsa, darrov sheriklari... уordam beradi. Ushbu gapda adabiy til me’yoriga ko‘ra nuqtalar o‘rniga qaysi kelishik qo‘shimchasini qo‘yib bo‘lmaydi?

A
o‘rin-payt kelishigi
B
chiqish kelishigi
C
qaratqich kelishigi
D
tushum kelishigi
41

Qaysi javobda paronim qo‘llash bilan bog‘liq xatolik mavjud emas?

A
Tekin boylik axtarguncha o‘zingga bob hunar top.
B
Gunohkor bo‘lmay turib o'rinsiz tanalar eshitsang, yoqmas ekan.
C
San’at saroyiga konsert tomosha qilgani bordik.
D
Bu obidalar necha asirlardan beri yer yuzini bezab turibdi.
42

Qaysi gapda aniqlovchi vazifasidagi so‘zda paronim bilan bog‘liq xatolik bor?

A
Ichkariga kirishganda hushsiz yotgan bir kishini ko‘rishdi.
B
Uning qalbidagi bu bo‘shliq o‘rnini hech narsa to‘ldira olmas edi.
C
Sinfimizning ahl va inoq o‘quvchilari bugungi bellashuvda ham yutib chiqdi.
D
Tongda ruhsiz ko‘z ochaman, Qovurilar tanda jon.
43

Qaysi javobda nutqimizda so‘z birikmasi ham bo‘lib kela oladigan turg‘un bog‘lanma (ibora) qatnashgan?

A
Qorasochning dili siyoh bo‘lib, birdan xo‘rligi keldi.
B
Ota-bobolar nomini hech qachon unutmaslik kerakligini qulog‘iga quydi.
C
Bu yigitlarning rosa ishtahasi karnay ekan.
D
Hayitvoy ko‘nglida kiri yo‘q, sodda, ishonuvchan va samimiy bola ekan.
44

Qaysi gapda fe’lning o‘tgan zamon shakli kelasi zamon ma’nosida qo‘llangan?

A
Ular allaqachon bir qarorga kelgan edilar.
B
Men bu mehmonni kuzatib borayotirman.
C
Agar mening gapimni tushungan bo‘lsang, yur men bilan, ketdik.
D
Bir vaqt qarasam, yig‘layapman, hech o‘zimni bosolmayman.
45

Qaysi javobdagi birliklar nutqimizda so‘z birikmasi sifatida qo‘llana oladi?

A
uyga qadar, ko‘nglidan o‘tkazmoq
B
aks etmoq, imzo qo‘ymoq
C
ishtahasi karnay, uy katta
D
bo‘yniga ilmoq, yaxshi ko‘rmoq
46

Osiyo chempionatida Qatar terma jamoasi Yaponiya milliy jamoasini yutdi. Ushbu gapda yutmoq so‘zi qaysi ma’noda qo‘llangan?

A
yengmoq, mag‘lub etmoq
B
ichmoq, yemoq
C
biror nima deyishdan o‘zini tiymoq, oshkor qilmaslik
D
o‘z qa’riga tortmoq
47

Yaxshi tarbiya ko'rgan odam... xislatlari.., biri shuki, bunday odam o‘z faoliyatida boshqalar... bir qadam oldinga o'tsa, darrov orqaga qaraydi, sheriklari... уordam qo'li... uzatadi, safi... kengaytirib, yangi g'alaba... ko'zlaydi. Ushbu parchada nechta so‘zdagi ko‘p nuqta o‘rniga adabiy til me’yorlariga ko‘ra tushum kelishigi qo‘shimchasini qo‘yish mumkin?

A
4 ta
B
2 ta
C
3 ta
D
1 ta
48

Qaysi gapda to‘ldiruvchi vazifasidagi so‘zda paronim bilan bog‘liq xatolik bor?

A
Davlati oshib-toshib yotsa-yu, yana shu faqirga ko‘z olaytirsa.
B
Dostonbek yosh san’atkor do‘sti uchun tambur sotib oldi.
C
Nozima jilolanib turgan ipakka mahliyo bo‘lib palak tikib o‘tirardi.
D
Seni nafaqat yotlardan, hatto o‘zimdan ham rashk qilaman, azizim.
49

Qaysi gapdagi ko‘makchini kelishik qo‘shimchasi bilan almashtirish mumkin?

A
Atrof suv quygan kabi jimjit edi.
B
U yerga 10-avtobus bilan boriladi.
C
Otam singari shifokor bo‘lmoqchiman.
D
U qo‘shiqni zavq bilan tingladi.
50

Quyidagi qaysi gaplarda tushum kelishigining belgisiz qo‘llanishi kuzatilmaydi? 1) Bolalariga ertak va naqllar aytib bera boshladi; 2) Biz uchun Vatanni sevmoq sharafdir; 3) Bugungi ishni ertaga qo‘yma; 4) Mevazorlar gulini to‘kmoqda. 5) Bugun do‘kondan kitob sotib olish kerak.

A
2, 3, 4
B
2, 4, 5
C
1, 3, 4
D
3, 4, 5
51

Qaysi gapda o‘z sinonimi o‘rniga xato qo‘llangan ot qatnashgan?

A
Bazzoz do‘konini katta o‘g‘liga qoldirib, har kuni asir namozini uyiga kelib o‘qir edi.
B
Cholning ovozi o‘zgardi, o‘pkasi to‘ldi, shekilli, birpas osuda qolib, keyin gapirdi.
C
Birozdan keyin ona o‘g‘ilchasi Xoliqjonning beg‘ubor basharasiga engashib tikildi.
D
Qizini yer-ko‘kka ishonmagan ona uni katta dabdaba bilan uzatishni orzu qilardi.
52

Qaysi gapda ko‘makchini unga ma’nodosh bo‘la oladigan kelishik qo‘shimchasi bilan almashtirish mumkin?

A
Sardorbek, tanigan - tanimaganingga hurmat bilan munosabatda bo‘l.
B
Yuksak qoyalardan shiddat bilan qo‘zg‘algan burgut suruvdagi qo‘zichoqni ildi-yu ketdi.
C
Men qarmoq bilan baliq tutishni yoqtiraman.
D
Sayyohlar Registon ansamblini zavq bilan tomosha qilishardi.
53

Qaysi javobda hozirgi zamon shakli kelasi zamon ma’nosida qo‘llangan?

A
Xo‘sh, anovi burchakda turgan divanni nima qildik.
B
Hozir yomg‘ir yog‘yapti, yo‘lga chiqmaymiz.
C
Nozima bu yil yozgi ta’tilda qishloqdagi buvisinikiga ketmoqchi.
D
Do‘stim, men ertaga oyimni dam olishga olib ketyapman.