Qaysi gapda adabiy til me’yorlariga amal qilinmay qo‘shimcha qo’llash bilan bog‘liq xatolikka yo‘l qo‘yilgan?
A
Tovus o‘zining chiroyli patlarini ehtiyot qiladi, vijdonli odam esa o‘zining sharaf va shonini saqlaydi.
B
Imoratning o‘pirilib tushgan joylari siniq pishiq g‘isht bilan tiklangan edi.
C
Buni jamoada tashabbus uyg‘onishidan, ta’lim tarbiya sifati yaxshilanishidan ko‘rinib turibdi.
D
Qayerda intizom va hamjihatlik bo‘lsa, o‘sha yerda ish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘ladi.
2
Qaysi javobda badiiy uslubga oid gap berilgan?
A
Tovush tolqinlarining vujudga kelishi va tarqalishi bilan bog‘liq hodisalar akustik hodisalar deb yuritiladi.
B
Uchrashuv 15-may kuni soat 1500 da maktabning majlislar zalida boshlanadi.
C
Ushbu ma’lumotnoma so‘ralgan joyga ko‘rsatish uchun berildi.
D
Ikki til - o‘zbek va fors tillari - ikki pahlavon, ular goh mantiqning gurzisini ko‘taradilar, goh husn va salobatlarini namoyish qiladilar.
3
Qismat bu isnod-u uyat... ayni biz... boshimiz... solgan erkankim, shul zamonda tug‘ilganimdan pushaymondaman, musibatli damlarda qulayotgan saltanat tojdori... - siz..., qanot bo'lolmaganiradan o'zurda va armondaman.
Ushbu parchadagi ko‘p nuqtalarning o‘rnida qo‘llab bo‘lmaydigan kelishik qo‘shimchasini aniqlang.
A
qaratqich kelishigi
B
jo‘nalish kelishigi
C
tushum kelishigi
D
o‘rin-payt kelishigi
4
Qaysi gapda to‘ldiruvchi vazifasidagi so‘zda paronim bilan bog‘liq xatolik bor?
A
Bu sur’at meni ajoyib bolalik yillarimga yetakladi.
B
Sozanda tamburni sozlash uchun uni qo‘liga oldi.
C
Bu bebaho ganjni ko‘z qorachig‘iday asragayman, do‘stim.
D
Kimki birovga choh qazisa, unga o‘zi yiqiladi.
5
Qaysi javobda nutqimizda so‘z birikmasi ham bo‘lib kela oladigan turg‘un bog‘lanma (ibora) qatnashgan?
A
Hayitvoy ko‘nglida kiri yo‘q, sodda, ishonuvchan va samimiy bola ekan.
B
Bu yigitlarning rosa ishtahasi karnay ekan.
C
Qorasochning dili siyoh bo‘lib, birdan xo‘rligi keldi.
D
Ota-bobolar nomini hech qachon unutmaslik kerakligini qulog‘iga quydi.
6
Qaysi javobdagi gaplarda qatnashgan ko‘makchini unga ma’nodosh bo‘la oladigan kelishik qo‘shim hasi bilan almashtirib bo‘ladi?
1) Sardor akasining qahramonliklarini faxr bilan gapirib berdi;
2) Salima va Dildora telefon orqali gaplashishdi;
3) Bu sovg‘alarni atayin onam uchun oldim;
4) Hunarmandchilikning sir-u asrorini chidam va matonat bilan o‘rganish kerak.
A
2, 3
B
1, 4
C
1, 2
D
3, 4
7
Qaysi gapda o‘zlik olmoshi predmetni ko‘rsatish uchun qo‘llangan?
A
Soat o‘zi ishlab ketdi.
B
Ikromjon ukasini biz bilan qoldirib, o‘zi idora tarafga qarab ketdi.
C
Berilgan barcha vazifalarni mening o‘zim bajardim.
D
Yo‘q, dadam emas, mening o‘zim agronomman.
8
Qaysi gapda adabiy til me’yorlariga amal qilinmay qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq xatolikka yo‘l qo‘yilgan?
A
Bu xushxabarni tezroq ota-onamga yetkazish uchun uyga chopdim.
B
Taom yeyilgandan so‘ng rang-barang qimmatbaho va antiqa mevalar tortildi.
C
Bu kitob bilan u faqat mamlakatnigina emas, balki butun jahonning e’tirofiga sazovor bo‘ldi.
D
Bu yerdagi qayiqchilarga uyqu yo‘q, chunki tun-u kun uzun eshkaklarning shaloplagani eshitilib turardi.
9
Qaysi javobdagi birliklar nutqimizda so‘z birikmasi sifatida qo‘llana oladi?
A
uyga qadar, ko‘nglidan o‘tkazmoq
B
aks etmoq, imzo qo‘ymoq
C
bo‘yniga ilmoq, yaxshi ko‘rmoq
D
ishtahasi karnay, uy katta
10
Qaysi gapda o‘z sinonimi o‘rniga xato qo‘llangan ot qatnashgan?
A
Cholning ovozi o‘zgardi, o‘pkasi to‘ldi, shekilli, birpas osuda qolib, keyin gapirdi.
B
Birozdan keyin ona o‘g‘ilchasi Xoliqjonning beg‘ubor basharasiga engashib tikildi.
C
Bazzoz do‘konini katta o‘g‘liga qoldirib, har kuni asir namozini uyiga kelib o‘qir edi.
D
Qizini yer-ko‘kka ishonmagan ona uni katta dabdaba bilan uzatishni orzu qilardi.
11
Qaysi gapda ko‘makchini unga ma’nodosh bo‘la oladigan kelishik qo‘shimchasi bilan almashtirish mumkin?
A
Sayyohlar Registon ansamblini zavq bilan tomosha qilishardi.
B
Sardorbek, tanigan - tanimaganingga hurmat bilan munosabatda bo‘l.
C
Yuksak qoyalardan shiddat bilan qo‘zg‘algan burgut suruvdagi qo‘zichoqni ildi-yu ketdi.
D
Men qarmoq bilan baliq tutishni yoqtiraman.
12
Ilm olish igna ... quduq qazish demakdir. Bilmaslik ayb emas, bilim... intilmaslik aybdir. Bilim har qanday boylik... afzal sanaladi.
Ushbu parchada ko‘p nuqtalar o‘rnida yozilishi kerak bo‘lgan til birliklari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
A
biriktiruv bog‘lovchisi, chiqish kelishigi qo‘shimchasi, chiqish kelishigi qo‘shimchasi
ko‘makchi, jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi, chiqish kelishigi qo‘shimchasi
13
Qaysi javobda ilmiy uslubga oid gap berilgan?
A
Kesim qaysi turkum so‘zlari bilan ifodalanishiga ko‘ra ikki xil: fe’l kesim, ot kesim boladi.
B
-Ke, picha dam ol, qo‘zichog‘im, toza charchapsan.
C
Uchrashuv 15-may kuni soat 1500 da maktabning majlislar zalida boshlanadi.
D
Yer shivirlaydi, yulduz jivirlaydi, bahordan darak keladi.
14
Yaxshi tarbiya ko‘rgan odam... xislatlari... biri shuki, bunday odam o‘z faoliyati... boshqalar... bir qadam oldin... o‘tsa, darrov sheriklari... уordam beradi.
Ushbu gapda adabiy til me’yoriga ko‘ra nuqtalar o‘rniga qaysi kelishik qo‘shimchasini qo‘yib bo‘lmaydi?
A
chiqish kelishigi
B
o‘rin-payt kelishigi
C
qaratqich kelishigi
D
tushum kelishigi
15
Mamlakat...(l) kichik bir qismi bo‘lgan oila...(2) tinchligi...(3) asraylik. Mazkur gapda raqamlar bilan belgilangan ko‘p nuqtalar o‘rnida adabiy til me’yorlariga ko‘ra qaysi kelishik qo‘shimchalari qo‘llaniladi?
A
1, 2 - qaratqich kelishigi; 3 - tushum kelishigi
B
1, 2 - tushum kelishigi; 3 - qaratqich kelishigi
C
1, 3 - tushum kelishigi; 2 - qaratqich kelishigi
D
1 - qaratqich kelishigi; 2, 3 - tushum kelishigi
16
Qaysi gapda to‘ldiruvchi vazifasidagi so‘zda paronim bilan bog‘liq xatolik bor?
A
Seni nafaqat yotlardan, hatto o‘zimdan ham rashk qilaman, azizim.
B
Dostonbek yosh san’atkor do‘sti uchun tambur sotib oldi.
C
Nozima jilolanib turgan ipakka mahliyo bo‘lib palak tikib o‘tirardi.
D
Davlati oshib-toshib yotsa-yu, yana shu faqirga ko‘z olaytirsa.
17
Yakka shaxsga ishora qilib hurmat ma’nosini ifodalagan siz kishilik olmoshi qatnashgan javobni aniqlang.
A
Albatta, sizga, guruhimiz a’lochilariga, hammamiz ishonamiz.
Bolalar, ehtimol, siz oq ayiqni ko‘rmagandirsiz? Men uni ko‘rganman.
D
Siz yoshlik qilib bunaqa xomxayollarga borib yurmang, usta!
18
Qaysi gapda ko‘makchini unga ma’nodosh bo‘la oladigan kelishik qo‘shimchasi bilan almashtirib bo‘lmaydi?
A
Germaniyadan otam uchun antiqa qo‘lsoat olib keldim.
B
Sahnaga chiqqan yosh xonanda mumtoz qo‘shiqlarni zavq bilan kuylardi.
C
Yangi ijro etgan qo‘shig‘ingiz kecha televideniye orqali namoyish etildi.
D
Bu mavzu haqida bilganlaringizni gapiring.
19
- Sobirjon, qaytyapsizmi? -Ha . - Siz tog'angizni ham bir ko‘rib keting.
Ushbu dialogdagi kishilik olmoshi qanday ma’no ifodalagan?
A
taxmin ma’nosi
B
ko'plik ma’nosi
C
hurmat ma’nosi
D
jamlik ma’nosi
20
Qaysi javobdagi birliklar nutqimizda so‘z birikmasi sifatida qo‘llana oladi?
A
qulog‘iga quymoq, boshini aylantirmoq
B
maslahat bermoq, ko‘ylagi keng
C
ruxsat bermoq, ko‘zi ochilmoq
D
bo‘yniga ilmoq, asar zerikarli
21
Qaysi gapda fe’lning o‘tgan zamon shakli kelasi zamon ma’nosida qo‘llangan?
A
Xo‘p, mayli, hozir boshingizni qotirmay, men ketdim.
B
U do‘stini bekatda ko‘rib qoldi-yu, ko‘rmaslikka oldi.
C
Bir vaqt qarasam, ko‘zimning yoshini to‘xtata olmayapman.
D
U shuncha urinsa ham atrofdagilarni bunga ishontira olmaydi.
22
Har bir inson ustozlarining e’zozlashi, ularning hurmat va ehtiromini ado qilishi shartdir. Negaki bu zotlar insonni ruhini tarbiyalaydilar.
Ushbu parchada nechta qoshimcha adabiy til me’yorlariga amal qilinmasdan xato qo‘llangan?
A
4 ta
B
3 ta
C
1 ta
D
2 ta
23
Nayman onani o‘g‘li bir yil oldin jungjanglar tomonidan halok etishgan otasining o'chini olish uchun jangga otlanib, Sario‘zakda bo‘lgan omonsiz olishuvga yarador bo‘ladi.
Ushbu gapda adabiy til me’yorlariga amal qilinmay uslubiy jihatdan noto‘g‘ri qo‘llangan qo‘shimchalar soni nechta?
A
5 ta
B
2 ta
C
3 ta
D
4 ta
24
Qaysi javobda uslubiy xoslangan yasama so‘zlar berilgan?
A
yurgazmoq, so‘zlamoq
B
tirjaymoq, turg‘izmoq
C
tabassum qilmoq, kulmoq
D
ming‘irlamoq, bayon etmoq
25
Bahor... Bu kun olam uyg‘onmoqda. Ana, yam-yashil maysalar xuddi jajji qizaloqlar kabi qiqirlab bosh ko‘tarmoqda. Quyosh olam uzra iliq nurlarini taratmoqda.
Ushbu parcha qaysi uslubga xos?
A
so‘zlashuv uslubi
B
ilmiy uslub
C
badiiy uslub
D
rasmiy uslub
26
O’smirlarimiz xalqaro turnirlarda g‘alaba qozonmoqdalar. O’zbekning dovrug'ini olamga yoymoadalar.
Ushbu gapda yoymoq so‘zi qaysi ma’noda qo‘llangan?
A
Kichik-kichik guruhlarga bo‘linib ketmoq.
B
Taxlangan, o‘ralgan narsalarni ochmoq
C
Mashhur qilmoq, ovoza qilmoq.
D
Tevarak-atrofga anqimoq.
27
Qaysi gapda to‘ldiruvchi vazifasidagi so‘zda paronim bilan bog‘liq xatolik bor?
A
Ishning suratini oshirishimiz, kuniga yuz tup olma ko‘chatini o‘tkazishimiz kerak.
B
Uzuk va zirak, tillaqosh va zebigardonlardan quti-quti yig‘gan edi.
C
Kimki birovga choh qazisa, unga o‘zi yiqiladi.
D
Yomon yo‘ldosh yov bo‘lar, ravon yo‘lda g‘ov bo‘lar.
28
Halollikni va pok yashashni o‘zi uchun hayotiy e’tiqod, oliy maqsad deb biladigan odamlardan yomonlik kutmaymiz.
Ushbu gapda nechta sodda yasama so‘z qatnashgan?
A
5ta
B
4ta
C
2ta
D
3ta
29
Qaysi javobda ilmiy uslub namunasi berilgan?
A
Sizga yig‘ilish har oyning so‘nggi jumasida o‘tkazilishini ma’lum qilainiz.
B
Bugungi ko‘rsatuvimizda ta’lim sohasidagi islohotlar haqida so‘z yuritamiz.
C
Tobe so‘zning hokim so‘z talabiga ko‘ra ma’lum kelishik qo‘shimchasi yoki ko‘makchi yordamida bog‘lanishiga boshqaruv deyiladi.
D
Martning oxirgi kunlari. Ko‘k yuzida suzib yurgan bulut parchalari oftobni bir zumda yuz ko‘yga solyapti.
30
Qaysi gapda kelishik qo‘shimchasining qo‘llanishi bilan bog‘liq xatolik mavjud emas?
Men o‘tgan yili yozga anhor bo‘yidagi hovlimizda dam oldim.
C
Xalq orasida: «Maqtanganni-uyini ko‘r» degan gap bor.
D
Insofli, diyonatli, boy badavlat va xalqparvar kishilarni moddiy yordamisiz ma’rifatchilar faoliyat ko‘rsata olmas edilar.
31
Tovush to‘lqinlarining vujudga kelishi va tarqalishi bilan bog‘liq hodisalar akustik hodisalar deb yuritiladi.
Ushbu gap qaysi uslubga xos?
A
publitsistik uslub
B
rasmiy uslub
C
so‘zlashuv uslubi
D
ilmiy uslub
32
Quyidagi qaysi gaplarda tushum kelishigining belgisiz qo‘llanishi kuzatilmaydi?
1) Bolalariga ertak va naqllar aytib bera boshladi;
2) Biz uchun Vatanni sevmoq sharafdir;
3) Bugungi ishni ertaga qo‘yma;
4) Mevazorlar gulini to‘kmoqda.
5) Bugun do‘kondan kitob sotib olish kerak.
A
2, 4, 5
B
3, 4, 5
C
1, 3, 4
D
2, 3, 4
33
Qaysi gapda aniqlovchi vazifasidagi so‘zda paronim bilan bog‘liq xatolik bor?
A
Uning qalbidagi bu bo‘shliq o‘rnini hech narsa to‘ldira olmas edi.
B
Ichkariga kirishganda hushsiz yotgan bir kishini ko‘rishdi.
C
Sinfimizning ahl va inoq o‘quvchilari bugungi bellashuvda ham yutib chiqdi.
D
Tongda ruhsiz ko‘z ochaman, Qovurilar tanda jon.
34
Ozuqa zaxiralarimizning hammasi ertaga bitadi.
Ushbu gapda bitmoq so‘zi qaysi ma’noda qo‘llangan?
A
yozuv orqali ifodalamoq
B
et unib, birikib tuzalmoq
C
o‘sib-unmoq
D
tugamoq, tamom bo‘lmoq
35
Tadbirni har oyning juma kunida o‘tkazishga ma’muriyat kafolat beradi.
Ushbu gap qaysi uslubga xosdir?
A
rasmiy uslub
B
publitsistik uslub
C
ilmiy uslub
D
so‘zlashuv uslubi
36
Qaysi javobdagi birliklar nutqimizda so‘z birikmasi sifatida qo‘llana oladi?
A
maktab bog‘i, asar qiziqarli
B
ko‘nglidan o‘tkazmoq, qoqqan qoziq
C
gullar oralab, ko‘ylagi keng
D
qulog‘iga quymoq, tosh otmoq
37
Yakka shaxsga ishora qilib hurmat ma’nosini ifodalagan siz kishilik olmoshi qatnashmagan javobni aniqlang.
A
Odamlar bilan shunday gaplashingki, do‘stim, siz bilan suhbatlashishni havas qilsinlar.
B
Siz yoshlik qilib bunaqa xomxayollarga borib yurmang, usta!
C
Agar, bolam, siz haqiqiy do‘st topmoqchi bo‘lsangiz, avvalo, samimiy bo‘lishni o‘rganing.
D
Bitiruvchilar, siz endi o‘zingiz uchun qiziqarli va foydali kasb tanlashingiz kerak.
38
Yakka shaxsga ishora qilib hurmat ma’nosini ifodalagan ular olmoshi qatnashgan javobni aniqlang.
A
Sakkizinchi sinf o‘quvchilari faol. Ular har bir tadbirda o‘z chiqishlari bilan ishtirok etishadi.
B
Yer yuzida tillar ko‘p. Olimlarning hisob-kitobiga ko‘ra ularning miqdori 7000 ga yaqin.
C
Ularning har ikkisi bugungi musobaqada ilk marotaba qatnashmoqda.
D
Sobir tog‘amni yaxshi ko‘raman. Ammam ular biznikiga bir yilda bir keladilar.
39
Qaysi javobda qaratqich kelishigining belgisiz qo‘llanishi kuzatilmaydi?
Chappar urib gullagan bog‘in, O‘par edim vatan tuprog‘in.
C
Yoqimli non hidi butun saroyni tutib ketdi.
D
Ming yildirki, bulbul kalomi, O'zgarmaydi yaxlit hamisha.
40
Qaysi gapda paronim bilan bog‘liq xatolik mavjud?
A
Yo‘l yoqasidagi azim yong‘oqlar, sizlar ham yaxshi qoling.
B
Bu kasallikning davosini topish uchun olimlar astoydil izlanishmoqda.
C
Xalqimiz uchun o‘sha davrlarda e’tiqod, islom kabi tushunchalar butunlay yot edi.
D
Mevasini ko‘tarolmagan olma shohi qarsillab sinib tushdi.
41
Yaxshi tarbiya ko'rgan odam... xislatlari.., biri shuki, bunday odam o‘z faoliyatida boshqalar... bir qadam oldinga o'tsa, darrov orqaga qaraydi, sheriklari... уordam qo'li... uzatadi, safi... kengaytirib, yangi g'alaba... ko'zlaydi.
Ushbu parchada nechta so‘zdagi ko‘p nuqta o‘rniga adabiy til me’yorlariga ko‘ra tushum kelishigi qo‘shimchasini qo‘yish mumkin?
A
3 ta
B
2 ta
C
1 ta
D
4 ta
42
Quyidagi qaysi gaplarda kelishik qo‘shimchasining adabiy til me’yorlariga amal qilinmasdan xato qo‘llanishi kuzatiladi?
1) Biz sizni gazeta sharhi bilan tanishtiramiz;
2) Ularga fikrining ravon so‘zlamoqni o‘rgatish kerak;
3) Qadim zamonga Chin mamlakatida bir ulug‘ podshoh bo‘lgan ekan;
4) O’quvchilarga ot va sifatni farqlash vazifasi topshirildi.
A
2, 3, 4
B
1, 2, 3
C
2, 3
D
1, 4
43
Qaysi gapdagi ko‘makchini kelishik qo‘shimchasi bilan almashtirish mumkin?
A
Otam singari shifokor bo‘lmoqchiman.
B
Atrof suv quygan kabi jimjit edi.
C
U qo‘shiqni zavq bilan tingladi.
D
U yerga 10-avtobus bilan boriladi.
44
Qaysi gapda paronim bilan bog‘liq xatolik mavjud?
A
Sizning har bir so‘zingiz biz uchun tilladan afzal.
B
Besh asrkim nazmiy saroyni Titratadi zanjirband bir sher.
C
Bog‘imizga o‘n tub olma ko‘chatini o‘tqazdik.
D
Azim tog‘lar, sizlar ham yaxshi qoling.
45
Osiyo chempionatida Qatar terma jamoasi Yaponiya milliy jamoasini yutdi.
Ushbu gapda yutmoq so‘zi qaysi ma’noda qo‘llangan?
A
yengmoq, mag‘lub etmoq
B
o‘z qa’riga tortmoq
C
biror nima deyishdan o‘zini tiymoq, oshkor qilmaslik
D
ichmoq, yemoq
46
Qaysi javobda hozirgi zamon shakli kelasi zamon ma’nosida qo‘llangan?
A
Xo‘sh, anovi burchakda turgan divanni nima qildik.
B
Do‘stim, men ertaga oyimni dam olishga olib ketyapman.
C
Hozir yomg‘ir yog‘yapti, yo‘lga chiqmaymiz.
D
Nozima bu yil yozgi ta’tilda qishloqdagi buvisinikiga ketmoqchi.
47
Qaysi gapda ko‘makchini unga ma’nodosh bo‘la oladigan kelishik qo‘shimchasi bilan almashtirish mumkin?
A
Bola uyalgani uchun bu yerdan tezroq ketishga harakat qilgan.
B
Yuksak qoyalardan shiddat bilan qo‘zg‘algan burgut suruvdagi qo‘zichoqni ildi-yu ketdi.
C
Men ham sizlar bilan shahar aylanishga boraman.
D
U ham sen kabi yoshligidan fantastik asarlar o‘qishni yaxshi ko‘rardi.
48
Qaysi javobda nutqimizda so‘z birikmasi ham bo‘lib kela oladigan turg‘un bog‘lanma (ibora) qatnashgan?
A
Nima qilyapsan o‘zi, do‘stim, esingni yeb qo‘ydingmi?
B
Bu yigitlarning rosa ishtahasi karnay ekan.
C
Azimjonning so‘zlaridan yigitning ko‘ngli biroz yorishdi.
D
Bema’ni va tuturiqsiz gaplar bilan boshini aylantirdi.
49
Qaysi gapda fe’lning o‘tgan zamon shakli kelasi zamon ma’nosida qo‘llangan?
A
Ular allaqachon bir qarorga kelgan edilar.
B
Agar mening gapimni tushungan bo‘lsang, yur men bilan, ketdik.
C
Men bu mehmonni kuzatib borayotirman.
D
Bir vaqt qarasam, yig‘layapman, hech o‘zimni bosolmayman.
50
Qaysi gapda hokim qismga boshqaruv usulida bog‘langan so‘zda paronim bilan bog‘liq xatolik bor?
A
Kimki birovga choh qazisa, unga o‘zi yiqiladi.
B
Poyezd oraliq bekatda to‘xtaganda u tanburga chiqib muzday shamolga yuzini tutdi.
C
Azm daryolar ham kamar bo‘lolmas, Qo‘shilib chulg‘ansa sening belingga.
D
Bu bebaho ganjni ko‘z qorachig‘iday asragayman, do‘stim.
51
Qaysi javobda paronim qo‘llash bilan bog‘liq xatolik mavjud emas?
A
San’at saroyiga konsert tomosha qilgani bordik.
B
Tekin boylik axtarguncha o‘zingga bob hunar top.
C
Gunohkor bo‘lmay turib o'rinsiz tanalar eshitsang, yoqmas ekan.
D
Bu obidalar necha asirlardan beri yer yuzini bezab turibdi.
52
Qaysi gapda to‘ldiruvchi vazifasini bajargan so‘zda paronim bilan bog‘liq xatolik kuzatiladi?
A
Bu bebaho ma’naviy ganjni ko‘z qorachig‘idek asraymiz.
B
Shifokor bemorning dardiga davo topish uchun izlandi.
C
Qizcha onasining sur’atini hech qo‘lidan qo‘ymas edi.
D
Mening singlim ikki yoshga to‘lmay rovon gapirib ketdi.
53
Qaysi javobdagi ibora nutqimizda so‘z birikmasi ham bo‘lib kela oladi?