«Dahr uyi bunyodikim, suv uzradur, mahkam emas» tarji’bandi
2
Bu kun, ey do'stlar, farzandi jononimni sog'indim, Gado bo'lsam ne ayb, ul shohi davronimni sog‘indim... misralari orqali sog‘inch iskanjasidagi tuyg‘ularini ifoda etgan ijodkor kim?
A
Bobur
B
Furqat
C
Nodira
D
Uvaysiy
3
Bu g'azalda shoir ishqni vodiyga, qalbdagi ohi bilan oshiqlar qalbini yondirishini qamishzorga o‘t qalashga o‘xshatib, tashbeh san’atining ajoyib namunasini yaratgan. Oshiq o‘zini hakka qushiga (hakkasifat), parvonaga (parvonasifat) o‘xshatib betakror badiiy tasvir yaratgan.
Ushbu ma’lumot qaysi g‘azal haqida?
A
«O'rtar» radifli g‘azal (Mashrab)
B
«Bo‘ldum sanga» radifli g‘azal (Navoiy)
C
«Qilg‘il» radifli g‘azal (Navoiy)
D
«O'ttum» radifli g‘azal (Mashrab)
4
Qaysi ijodkor «Til» g‘azalida siz-u bizni til o‘rganishga, ayniqsa, «g‘ayri tilini bilishga sa’y qilish»ga, ya’ni chet tillarni o‘rganishga da’vat qiladi?
A
Abay
B
Avaz O'tar
C
Maxtumquli
D
Zavqiy
5
Adibning turli yillarda «Turkiston viloyati gazeti»ga yozgan qator xabarlari, maqolalari uning publitsistikasini tashkil etadi. Ijodkorning «Turkiston viloyatining gazeti»da bosilgan, adabiyotshunoslikda shartli ravishda «Sarguzashtnoma» deb ham nomlangan tarjimayi holi uni bizga jurnalist va nosir sifatida tanitadi.
Ushbu ma’lumot qaysi ijodkor haqida?
A
Mashrab
B
Zavqiy
C
Muqimiy
D
Furqat
6
... XVIII asr oxiri - X IX asr 20-yillarda Qo‘qonda yashab ijod qilgan mashhur masalnavis adib va hassos shoirdir. U she’rlarida Jur’at taxallusini ham qo‘llagan.
Ushbu ma’lumot qaysi ijodkor haqida?
A
Gulxaniy
B
Avaz 0 ‘tar
C
Turdi Farog‘iy
D
Zavqiy
7
Qaysi javobdagi ma’lumot Zavqiyning ijodi haqida?
A
Ijodkor «Til», «Maktab» she’rlari, «Fidoyi xalqim...» deb boshlanuvchi g‘azal muallifidir.
Uning erta vafot etgan umr yo‘ldoshi Amiriy taxallusi bilan she’rlar ijod qilgan mashhur shoir edi.
B
U chistonnavis sifatida ham o‘z mahoratini namoyon etgan. Ayniqsa, uning «Anor» chistoni she’riyat ixlosmandlari e’tiborini qozonib kelmoqda.
C
U hasbi hoi tarzida yozilgan «Dog‘ o‘ldi, dog‘ o‘ldi», «Sog‘indim» kabi g‘azallar muallifidir.
D
Shoira Marg‘ilon shahrida ma’rifatli oilada dunyoga kelgan. Akasi Oxunjon ashula aytar edi, el orasida hofiz nomi bilan tanilgan edi.
9
Qaysi javobdagi ma’lumot Uvaysiy haqida?
A
Bo‘lg‘usi shoira zamona xoni oilasiga yaqin qarindosh bo‘lgan xonadonda - Andijon hokimi Rahmonqul otaliq xonadonida dunyoga kelgan.
B
Otasi o‘rniga taxtga o‘tirgan Qo‘qon xoni Muhammad Alixon shoiraga yaxshi munosabatda bo‘lmaydi.
C
U zullisonayn shoira bo‘lib, fors-tojik tilidagi asarlarini Maknuna taxallusi bilan yozgan.
D
Uning erta vafot etgan turmush o‘rtog‘i Amiriy taxallusi bilan she’rlar ijod qilgan shoir sifatida mashhur edi.
10
Qaysi ma’lumot Zavqiy haqida emas?
A
Ijodkor 46 kishini hajv qilib yozilgan she’rini Qo‘qondagi doimo gavjum Mo‘ymarak maydonidagi baland terakka ilib qo‘yadi.
B
Ijodkor o‘z she’rlarini to‘plab kattagina devon tuzgan va uni «Saodat ul-iqbol» deb nomlagan.
C
Ijodkor «Ajab ermas» she’rida yurt kelajagi borasidagi armon, orzu va istaklarini ifoda etgan.
D
Ijodkor tog‘asi Muhammad Siddiq yordamida «Madrasai Oliy» va «Madrasai Chalpak» madrasalarida tahsil ko‘rgan.
11
Qaysi qatorda Ogahiyning tarixiy asarlari nomi berilgan?
A
«Shohidi iqbol», «Gulshani davlat»
B
«Zubdat ut-tavorix», «Ta’viz ul-oshiqin»
C
«Tarixi muluki Ajam», «Tarixi anbiyo va hukamo»
D
«Jome ul-voqeoti sultoniy», «Munshaot»
12
Qaysi asarda garchi Buxoro, Qo‘qon singari joy nomlari aniq ko‘rsatilsa-da, u yerlarni boshqargan hukmdorlar, turli darajadagi zodagonlar fe’l-atvori qushlar timsolida ifoda etilgan?
A
«Qisasi Rabg‘uziy» (Rabg‘uziy)
B
«Tanobchilar» (Muqimiy)
C
«Zarbulmasal» (Gulxaniy)
D
«Mahbub-ul qulub» (Navoiy)
13
Qaysi javobdagi ma’lumot Uvaysiy haqida?
A
U hayot har bir inson uchun imtihon ekanligiga urg‘u berilgan «Kel, dahrni imtihon etib ket» g‘azali muallifidir.
B
Hayoti va ijodiy faoliyatining bir qismi malika va shoira Nodirabegim iltifoti tufayli Qo‘qon xoni Amir Umarxon saroyida kechadi.
C
U sakkiz yoshida Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr» dostonini yod olgan, to‘qqiz yoshida quyidagi baytni yozgan: «Mening maktab aro buldur murodim, Xatimdek chiqsa imlo-yu savodim».
D
Uning ota-onasi buyuk Sohibqiron Amir Temur xonadoniga mansub edi. Bu haqda shoira: «Siyodat xonadoni, shohi Bobur nasli pokimen» deb yozgan edi.
14
U mustaqil O'zbekiston gerbidagi tasvirni yodga soladigan «boshlar uzra soyalar solsun, Humo yetkur» misrasi o‘rin olgan «Ajab ermas» muxammasining muallifidir.
Ushbu ma’lumot qaysi ijodkor haqida?
A
Avaz О‘tar
B
Zokirjon Furqat
C
Zavqiy
D
Muqimiy
15
«Zarbulmasal»dagi qaysi masalda har qanday hunarning o‘ziga xos sir-u sinoatini, yillar davomida o‘zlashtiriladigan nozik jihatlarini o‘rganmaguncha kishi biror natijaga erishishi mumkin emasligi, aksincha, o‘zboshimchalik qilsa, ham ayanchli, ham kulgili holga tushishi ko‘rsatib berilgan?
A
«Toshbaqa bilan Chayon»
B
«Tuya bilan bo‘taloq»
C
«Kabutar bilan Zog‘>>
D
«Maymun bilan Najjor»
16
Bulbul o‘qug‘och yig'lab, subhidam xazon faslin, G'uncha qon yutub, yuz chok etti gul giribonlar. Baytda g‘unchaning gul bo'lib ochilishi jarayoni o‘ziga xos tarzda tasvirlangan. Ko‘klamning shundoq farahli ertasi(tongi) da bulbul xazon faslini eslab nola qilgach, qo‘ngan gulning g‘unchasi ham qon yutib, yoqasini yuz joyidan yirtib yuboradi. Yoqasi yirtilgan g‘uncha yozilib ketadi, ya’ni ochiladi.
Ushbu parchada qaysi ijodkor g‘azalidan olingan bayt va uning tahlili berilgan?
A
Ogahiy
B
Muqimiy
C
Furqat
D
Mashrab
17
O'spirinligida qayerda go'riston bo‘lsa, ziyorat qilib, odamlarning suyaklarini. ko‘rib: «Ey odamzod, oxir o'lib boshingga tushadurgon ish bu», - deb yig‘lab yurardi. O'g‘illaridagi bunday ilohiy ishq sirlarini tushunmagan ota-onasi xavotir va tashvishga tushadilar.
Ushbu ma’lumot qaysi ijodkor hayotiga oid?
A
Mashrab
B
Avaz О‘tar
C
Furqat
D
Muqimiy
18
Qaysi javbobda Furqat haqida ma’lumot berilgan?
A
Shoir «Ul sho‘xki ochildi xat-u ruxsori» deb boshlanuvchi musoviy attarafayn shaklidagi she’r muallifidir.
B
«Yuzung ochkim, quyosh sadqang bo‘lub boshingdin aylansun», «Mushkin qoshining hay’ati ul chashmi jallod ustina», «Ey sho‘x, ko‘zi qoshinga olam gado, man ham gado» g‘azallari muallifidir.
C
«Yoz fasli, yor vasli, do‘stlarning suhbati», «Sendek menga bir yori vafodor topilmas» kabi g‘azallarida shoirning hayotga qaynoq mehri aks ettirilgan.
D
Shoir muxammas janrida yozilgan «Manam sho‘rida bulbul» she’rida o‘zini bo‘stonidan adashgan sho‘rida bulbulga o‘xshatadi.
19
Qaysi javobda tasavvufiy istiloh (atama) mazmuni xato berilgan?
Jomi Jam - nafsoniy xuruj, shaytoniy istaklar jamlangan voqelik ramzi.
C
Tarso - o‘zini Olloh ishqiga yetishmoqqa baxshida etgan inson ramzi.
D
Xaloyiq - dunyoga ko‘ngil bergan nafs bandalari ramzi.
20
Qaysi javobda Ogahiy asari ko‘rsatilgan?
A
«Sab’at-u abhur»
B
«Gulshani davlat»
C
«Munshaot»
D
«Gap ta’rifida»
21
Qaysi javobda Avaz O‘tarning devoni ko‘rsatilgan?
A
«Saodat ul-iqbol»
B
«Ta’viz ul-oshiqin»
C
«Badoye ul-bidoya»
D
«Shohidi iqbol»
22
Mashrabning asl ismi - Boborahim. Mashrab - uning taxallusi. Mashrab taxallusining ma’nosi qaysi javobda berilgan?
A
g‘oyibona oshiq
B
ishq sharobini ichgan
C
tug‘ma iste’dod
D
haq va haqiqat, adolat yo‘lida navo qiluvchi
23
U «Doda keldim...», «Vasl uyin obod qildim...», «Kel, dahrni imtihon etib ket...» kabi go'zal g'azallar muallifidir.
Ushbu ma’lumot qaysi ijodkor haqida?
A
Furqat
B
Muqimiy
C
Nodira
D
Uvaysiy
24
«Zarbulmasal»dagi qaysi masalda «Ustoz ko‘rmagan shogird har maqomga yo‘rg‘alar», deganlaridek, o‘zbilarmon obrazning ham ayanchli, ham kulgili holga tushishi ko‘rsatib berilgan?
A
«Kabutar bilan Zog'»
B
«Tuya bilan bo‘taloq»
C
«Toshbaqa bilan Chayon»
D
«Maymun bilan Najjor»
25
Bu asarda 400 ga yaqin maqol, matal, naql va 15 dan ortiq katta kichik masal hikoyat mavjud. Bu muallifning xalq hayot turmush tarzi, an’ana va marosimlari, og‘zaki va yozma adabiyotini chuqur bilganidan dalolat beradi.
Ushbu ma’lumot qaysi asar haqida?
A
«Hayrat ul-abror» (Navoiy)
B
«Qisasi Rabg‘uziy» (Rabg‘uziy)
C
«Zarbulmasal» (Gulxaniy)
D
«Qutadg‘u bilig» (Yusuf Xos Hojib)
26
Adib ijodining dastlabki davrida - 21-22 yoshida she’rlarini to'plab, devon tuzgan. U etnografik xarakterga ega bo'lgan «To‘y tavsifi», «Gap ta’rifida», «Aza tavsifi» asarlari muallifidir.
Ushbu ma’lumot qaysi shoir haqida?
A
Zavqiy
B
Muqimiy
C
Zokirjon Furqat
D
Muhammad Rizo Ogahiy
27
Qaysi ijodkorning bizgacha o‘zbek va tojik tillaridagi 12 g‘azali, Qo‘qon xoni Amir Umarxonga bag‘ishlangan bitta qasidasi va majoziy mazmundagi didaktik asari yetib kelgan?
A
Zavqiy
B
Avaz О‘tar
C
Gulxaniy
D
Turdi Farog’iy
28
«Zarbulmasal»dagi «Maymun bilan Najjor» masalida qanday g‘oya ilgari surilgan?
A
Bu masalda do‘st tanlashda adashmaslik kerakligiga e’tibor qaratilgan.
B
Bu masalda erki o‘zida bo‘lmagan kishining fojiasi ko‘rsatiladi.
C
Bu masalda yolg‘onchi yolg‘onlari bilan, avvalo, o‘zini aldashi po‘stindo‘z obrazi orqali ko‘rsatib berilgan.
D
Bu masalda qo‘lidan kelmagan ishga uringan kishi, albatta, sharmanda bo‘lishi ko‘rsatib berilgan.