Ру/Uz

Ona tili

1

Xaloyiq harne qilsa tergamak yo‘q, Ne qilg'anni yamon qilding demak yo‘q. ...Olib kishvar elining ehtiyojin, Bag‘ishlab elga uch yillik xirojin. Parchada ifodalanishicha, farzand ko‘rganidan sevinib xalqining uch yillik xirojidan voz kechgan xoqon obrazi Navoiyning qaysi asarida uchraydi?

A
«Mahbub ul-qulub»
B
«Sab’ai sayyor»
C
«Hayrat ul-abror»
D
«Farhod va Shirin»
2

Tabiat tasviriga bag‘ishlangan ushbu g‘azalda shoir tog'lardan mayin oqib kelayotgan suvni noz bilan suzilib borayotgan go‘zalga o'xshatadi. Suvni «obi hay von» - tiriklik suviga o'xshatish qadimdan bor. Lekin uni suzuk deb sifatlash adabiyotda yangilik. edi. Ushbu ma’lumot qaysi g‘azal haqida?

A
«O'yla yetkurdi jahong‘a ziynat-u oro bahor» g‘azali (Ogahiy)
B
«O'rtar» radifli g‘azal (Mashrab)
C
«Mushkuldir» radifli g‘azal (Bobur)
D
«Surmadin ko‘zlar qaro, qo‘llar xinodin lolarang» g‘azali (Furqat)
3

Muallif yolg'on so'zlash, yolg‘on harakat qilish egrilikka olib keladi, deb hisoblaydi. So'zining isboti uchun bog‘bon va dehqonning ishini misol qilib keltiradi. Bog‘bon yaratajak bog‘ini reja bo‘yicha, ya’ni daraxtlarni bir tartibda ekib, parvarish qilmasa, har yerda tarvaqaylab, qiyshiq-qing'ir o‘sgan daraxtlar bog‘ni changalzorga aylantiradi. Dehqon esa urug‘ sochadigan yerini shudgor qilib, so‘ng mola bosmasa, ya’ni tekis qilib olmasa, sochgan urug‘i bir xilda unib chiqmaydi. Shoir shu kabi mazmundagi misralar orqali to‘g‘rilik va egrilik haqidagi o‘z qarashlarini ifoda etadi. Ushbu ma’lumot qaysi asar haqida?

A
«Qutadg'u bilig»
B
«Nasihatlar»
C
«Hayrat ul-abror»
D
«Devonu lug‘ot at-turk»
4

Jahonda qolmadi ul yetmagan ilm, Bilib tahqiqini kasb etmagan ilm. Bo‘lib o‘n yoshida umrining mururi Yigirmi yoshcha qadd-u jism-u zo‘ri. Ushbu parchada Navoiyning qaysi dostoni qahramoni haqida fikr yuritilgan?

A
«Sab’ai sayyor»
B
«Saddi Iskandariy»
C
«Hayrat ul-abror»
D
«Farhod va Shirin»
5

Bulbul o‘qug‘och yig'lab, subhidam xazon faslin, G‘uncha qon yutub, yuz chok etti gul giribonlar. Baytda g‘unchaning gul bo‘lib ochilishi jarayoni o‘ziga xos tarzda tasvirlangan. Ko‘klamning shundoq farahli ertasi (tongi) da bulbul xazon faslini eslab nola qilgach, u qo‘ngan gulning g‘unchasi ham qon yutib, yoqasini yuz joyidan yirtib yuboradi. Yoqasi yirtilgan g‘uncha yozilib ketadi, ya’ni ochiladi. Ushbu parchada qaysi ijodkor g‘azalidan olingan bayt va uning tahlili berilgan?

A
Furqat
B
Muqimiy
C
Mashrab
D
Ogahiy
6

«Shoir she’rda «Nihoni kuydirib hajr o‘ti po‘st-u ustuxon aylar», «Boshimda hushim yo‘q», «Yetim qo‘zi kabi nolonlig‘im», «Biyobon gardiman Majnun kabi bir Layli yodida» kabi misralar orqali holini sharh etadi. Maqta’da o‘z taxallusiga ham izoh berib o‘tadi». Ushbu ma’lumot qaysi she’r haqida?

A
«Dahr uyi bunyodikim, suv uzradur, mahkam emas» tarji’bandi (Ogahiy)
B
«Ajab ermas» muxammasi (Zavqiy)
C
«Sog‘indim» g‘azali (Uvaysiy)
D
«Manam sho‘rida bulbul» muxammasi (Furqat)
7

Qaysi javobda Zavqiyning «Ajab ermas» she’ri haqida ma’lumot berilgan?

A
Ushbu she’rdan shoirning O'zbekiston gerbidagi tasvirni yodga soluvchi «boshlar uzra soyalar solsun, Humo yetkur» kabi shoirona bashorati o‘rin olgan.
B
Ushbu she’rning birinchi bandida shoir o‘zini bo‘stonidan adashgan sho‘rida bulbulga o‘xshatadi. Maqta’da o‘z taxallusiga ham izoh berib o‘tadi.
C
Ushbu she’r g‘azal shaklida yozilgan bo‘lib, tabiat lirikasining go‘zal namunasi sanaladi. Unda shoir navro‘zni madh etadi. Ko‘klam go‘zalligi islomiy tushunchalar vositasida tasvirlanadi.
D
Ushbu she’rda dunyo omonat binoga, bo‘yi, vafosi yo‘q gulshanga, jafokor tuban ayyoraga o‘xshatiladi va insonni unga ko‘ngil berib aldanib qolmaslikka chaqiradi.
8

Qaysi javobdagi ma’lumot Navoiyning «Bo‘ldum sanga» radifli g‘azali haqida emas?

A
G‘azalda radif bo‘lib kelgan so‘z radifning o‘zida 8 bor qo‘llanishidan tashqari, yana 12 (jami 20) bor takroriy tarzda qo‘llanadi.
B
Ushbu g‘azalning begona baytida «Jomi Jam» va «Xizr suyi» tushunchalari yordamida talmeh san’ati yaratilgan.
C
Ushbu g‘azal maqta’sida ishtiqoq san’atining ajoyib namunasi yaratilgan.
D
G‘azal matla’sida: «Husningni ko‘rish uchun senga zor-u asir bo‘lib qoldim. Senga oshno bo‘lgan kunim qanday balolik kun ekan?» degan mazmun ifoda etilgan.
9

«Maqtanish uchun mol bermoq - o‘zini ko‘z-ko‘z qilmoq va shunday qilib o‘zini «saxiy» demoq - behayolik bilan nom chiqarmoq. Kimki xalqqa ko‘rsatib ehson bersa, u pastkash, saxiy emas». Ushbu mazmundagi ibratli fikrlar qaysi asarda keltirilgan?

A
«Zarbulmasal»
B
«Alpomish»
C
«Mahbub ul-qulub»
D
«Qisasi Rabg‘uziy»
10

Bu g‘azal matla’sidan quyidagicha ma’nomazmun anglash mumkin: «Qora ko'zligim, kelgin-da, mehr-muruvvat, vafo rasmini tuz (vafo qil), men uchun sen ko‘zimning qorachig'iday azizsan, joying - ko'zim ichida. Ushbu parchada Alisher Navoiyning qaysi g‘azali matla’si tahlil qilingan?

A
«Deyin» radifli
B
«Bo‘ldum sanga» radifli
C
«Kelmadi» radifli
D
«Qilg'il» radifli g‘azali
11

«Isrof qilish saxiylik emas; o'rinsiz sovurishni aqlli odamlar saxiylik demas. Halol molni kuydirganni devona deydila. Yorug' joy da sham yoqqanni aqldan begona deydilar». Ushbu ibratli fikrlar muallifini aniqlang.

A
Rabg‘uziy
B
Gulxaniy
C
Abay
D
Alisher Navoiy
12

«Safar vodiysida musofirning oyog‘iga ko‘p dard-u balo tikanlari sanchiladi, lekin har qadalgan tikandan bir maqsad guli ochiladi. Yo‘l mashaqqati zarbidan kishining a’zoyi badani qaqshaydi; vujudi yo‘lovchilar oyog‘i bilan toptaladi va har a’zosi u oyoqlar ostida ushaladi. Ammo ko‘nglining vayronligi tuzaladi ...» Qaysi asarda safarning foydalari haqida shunday fikrlar bildiriladi?

A
«Mahbub ul-qulub»
B
«Qisasi Rabg‘uziy»
C
«Boburnoma»
D
«Nasihatlar»
13

Navoiy «Xamsa»sidagi qaysi doston qahramoni o‘z raqibiga qarata: «Bu bo‘lg‘ay dard-u ishq oyini, vah-vah?! Vafo-u mehr sharti, ollah ollah?! Kishi ishqida zor olmoq bu bo‘lg‘ay?! G'amidin beqaror o‘lmoq bu bo‘lg‘ay?!» - deya tanbeh beradi?

A
«Farhod va Shirin»
B
«Sab’ai sayyor»
C
«Saddi Iskandariy»
D
«Hayrat ul-abror»
14

Chaman sahnida derlar sarv birla yosuman nozik, G‘alatdur, qomating oldida guldan pirahan nozik. Qachon ul Yusufi Misriyda bu husn-u malohat bor? Fasohatda, sabohatda, hama to‘g‘rida san nozik. Ushbu takrorlanmas misralar muallifini aniqlang.

A
Ogahiy
B
Bobur
C
Muqimiy
D
Furqat
15

Agar ul qoshi yosiz bog‘ gashtinni orzu qilsam, Ko‘zimga o'qdurur sarv-u ko‘ngulga g‘uncha paykondur. Ushbu baytda shunday oshiqona dil izhorlari ifoda etilgan: agar qoshi yoydek bo‘lgan yorsiz bog‘ni sayr qilishni orzu qilsam, bu sadoqatsizligim uchun u yerda menga jazo tayin: sarv ko‘zimga o‘qdek sanchiladi, ko‘nglimga g‘uncha paykon bo‘lib botadi. Ushbu parchada qaysi shoir bayti va uning mazmuni berilgan?

A
Furqat
B
Bobur
C
Navoiy
D
Ogahiy
16

Fasli navbahor o‘ldi ketibon zimistonlar, Do'stlar, g'animatdir, sayr eting gulistonlar. Subhidam tushib shabnam, bo‘ldi sabzalar xurram, Gul uza tomib kam-kam, yog‘di abri naysonlar. Tabiat lirikasining takrorlanmas namunasi bo‘lgan. Ushbu misralar muallifini aniqlang.

A
Furqat
B
Zavqiy
C
Ogahiy
D
Muqimiy
17

Qaysi javobda Navoiyning «Jong‘a chun dermen: Ne erdi o‘lmakim kayfiyati?..» g‘azali maqta’si mazmuni berilgan?

A
O'limdan bosh tortma, bu chamanning savsani (guli safsari) yoki (bag‘oyat tik o‘sadigan chiroyli) shamshod daraxti bo‘lsang ham, kuz kelib, xazon boshlanganda sen ham omon qololmaysan.
B
Ey Navoiy, barcha o‘z uzrini aytdi, sen o‘lguningcha kuy, chunki ishq o‘ti senga azalning qismati ekan.
C
Ey Navoiy, dunyo kishilariki bevafo bo‘lsa, kel, (yaxshisi), bundan buyon kishisizlik (yolg‘izlik)da yashashni o‘zingga odat qilib ol.
D
To Navoiydek senga asir-u benavo bo‘lmaguncha g‘am-g‘ussa changi (sozi) dan biron bir kuy eshitmadim.
18

Qaysi adib o‘z asarlaridan birida safar foydalari haqida yoza turib, uni: «Kishilarni olam ajoyibotlaridan bahramand qiladi, g'aroyibotlar dunyosidan xabardor qiladi; aziz kishilarning mozorlarini ziyorat qilish fayziga musharraf va mukarram qiladi», deya izohlaydi?

A
Alisher Navoiy («Mahbub ul-qulib»)
B
Abay («Nasihatlar»)
C
Rabg‘uziy («Qisasi Rabg‘uziy»)
D
Yusuf Xos Hojib («Qutadg‘u bilig»)
19

Ko‘ngluma har yonki boqsam, dog‘i bor, Har necha dardimni desam, dog‘i bor. Qilcha tanga bori ishqing yor edi, Bir sori bo‘ldi firoqing, dog‘i bor. Ushbu she’r haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?

A
She’r qofiyalari «dog‘i bor» (1-misra), «otashi bor» (2-misra), «yana (tagin) bor» (4-misra) ma’nolarini bildiradi.
B
Ushbu she’r Navoiy qalamiga mansub she’r sanaladi.
C
She’rda tajnis san’atining ajoyib namunasi yaratilgan.
D
Ushbu she’r mumtoz adabiy janrlardan biri bo‘lgan tuyuq janrida yozilgan.
20

Alisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub» asarida: «...insoniyat bog‘ining hosildor daraxti, balki u daraxtning foydali mevasidir» degan mazmunda nimaga ta’rif berilgan?

A
saxovatga
B
hilmga
C
tilga
D
safarga
21

Navoiyning qaysi g‘azalida majoziy tasvir orqali ilohiy ishq kuylanib, dastlabki besh baytda boshdan oxir lirik qahramonning va’da berib, so‘zida turmagan yorni kuta-kuta chekkan iztiroblari haqida so‘z boradi, begona baytda esa ishqda undan ko‘ra «avvalqadam» bo‘lgan «tolibi sodiq», ya’ni pir izlayotgani bayon qilinadi?

A
«Kelmadi» radifli
B
«Qilg‘il» radifli
C
«Bo‘ldum sanga» radifli
D
«Deyin» radifli
22

Tugangan fahm etib umri baqosin, Sovug‘ oh urdi yod aylab atosin. Anosi ham ko‘zi oldig'a keldi, Ko‘zidin ikki qonlig' rud ochildi. Ushbu misralarda Navoiy «Xamsa»sidagi umri tugab borayotganini fahm etib, otaonasini yod etgan qaysi qahramon holati ifoda etilgan?

A
Farhod
B
Shirin
C
Suhayl
D
Mehr
23

Qaysi javobda Navoiyning «Deyin» radifli g‘azali haqida ma’lumot berilgan?

A
Matla’da tardi aks san’atining ajoyib namunasi yaratilgan.
B
G‘azalda shoir «qo'qap», ya’ni tosh yo‘nuvchi timsoli orqali Farhodga ishora qiladi.
C
G‘azalda «soch», «chin», «shikan» timsollari yordamida tasavvufiy ma’no ifoda etiladi.
D
Radd ul-matla’ san’ati asosida birinchi misra g‘azalning so‘nggi satri sifatida yana bir karra qaytariladi.
24

Men bu zavraqni suvg‘a to surdim, Ming seningdekni suvda o‘lturdim. Birida sencha ko'rmadim jur’at, Jur’ating bo'ldi maxlasingg'a jihat. Ushbu misralar Navoiy «Xamsa»sidagi qaysi doston qahramoni iqrori sifatida yozilgan?

A
«Farhod va Shirin»
B
«Hayrat ul-abror»
C
«Saddi Iskandariy»
D
«Sab’ai sayyor»
25

Navoiyning qaysi g‘azalida «qo'qap», ya’ni tosh yo‘nuvchi timsoli orqali Farhodga ishora qilinadi?

A
«Во‘1» radifli g‘azali
B
«Yo‘q» radifli g‘azali
C
«Kelmadi» radifli g‘azali
D
«Qilg‘il» radifli g‘azali
26

Qaysi ijodkor hukmdorlardan biriga jo‘natgan maktubida adolatning qadrini ham, may ichmaslikning foydasini ham Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) ning so‘zlari bilan mustahkamlab: «Bir soatlik adolat ikki dunyo - insonlar va jinlar dunyosi ibodatidan yaxshiroqdir, chog‘ir esa yaramasliklar onasidir, jami yomonliklar undan tug'iladi, barcha yaxshilik va yomonlik bu ikki narsa ichiga kiradi», - deya tushuntiradi?

A
Imom al-Buxoriy
B
Ogahiy
C
Nosiruddin Rabg‘uziy
D
Alisher Navoiy
27

Alisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub» asarida: «...baxt bag‘ishlovchi toza ruh manbayi ham u; yomonliklar keltiruvchi nahs yulduzining chiqar joyi ham u ... Odam u bilan boshqa hayvonlardan imtiyozli bo‘ldi» degan mazmunda nimaga ta’rif berilgan?

A
saxovatga
B
hilmga
C
tilga
D
safarga
28

«Mutafakkir adib saxovat va himmatni insoniyat bog‘ining hosildor daraxti, u daraxtning foydali mevasi deb ataydi. Asarda oliyhimmat kishilarni balandparvoz lochinga, behimmat kimsalarni esa sichqon ovlovchi kalxatga o‘xshatadi». Ushbu ma’lumot qaysi ijodkor haqida?

A
Gulxaniy
B
Abay
C
Alisher Navoiy
D
Yusuf Xos Hojib