Ру/Uz

Ona tili

1

Qaysi qatorda Pirimqul Qodirovning qissalari berilgan?

A
«Najot», «Meros»
B
«Yayra institutga kirmoqchi», «Diyonat»
C
«Qora ko‘zlar», «Avlodlar dovoni»
D
«Еrк», «Dunyoning ishlari»
2

Qaysi javobda Odil Yoqubovning qissalari berilgan?

A
«Yurak yonmog‘i kerak», «Bir koshona sirlari»
B
«Ko‘hna dunyo», «Olma gullaganda»
C
«Qadrdon dalalar», «Hukm»
D
«Qanot juft bo‘ladi», «Billur qandillar»
3

«Buloq», «Sevgi», «Ona tuproq» she’rlari, «Palatkada yozilgan doston», «Quyosh maskani» dostonlari kimning qalamiga mansub?

A
Muhammad Yusut
B
Erkin Vohidov
C
To‘ra Sulaymon
D
Abdullar Oripov
4

Tog‘ay Murodning qaysi asari o‘zbek xalqining Chor Rossiyasi va sho‘ro bosqini ostida o‘tgan hayotini - yuz yildan ortiqroq tarixni o‘zida mujassam etgan?

A
«Otamdan qolgan dalalar»
B
«Ot kishnagan oqshom»
C
«Yulduzlar mangu yonadi»
D
«Oydinda yurgan odamlar»
5

Bu asarda buyuk muhabbat rishtasi bilan bir-biriga mangu bog'langan go‘zal insonlarning butun hayot yo‘li tar annum etilgan. Qoplonbekka cheksiz kuch-quvvat, mardlik va shijoat, Oymomoga behad xushro'ylikni ato etgan ona tabiat, afsuski, ularni farzand ne’matidan bebahra qilganligi aks ettirilgan. Ushbu parchada Tog‘ay Murodning qaysi asari haqida ma’lumot berilgan?

A
«Ot kishnagan oqshom»
B
«Otamdan qolgan dalalar»
C
«Yulduzlar mangu yonadi»
D
«Oydinda yurgan odamlar»
6

Tog‘ay Murodning qaysi asarida butun umr davomida farzandsizlik azobidan qiynalgan, qo‘shni kelinning beshikdagi bolasini ovutib o‘tirganda onalik baxtidan bir lahza totinib dunyodan ko‘z yumgan Oymomo obrazi uchraydi?

A
«Ot kishnagan oqshom»
B
«Oydinda yurgan odamlar»
C
«Otamdan qolgan dalalar»
D
«Yulduzlar mangu yonadi»
7

Qaysi ma’lumot Odil Yoqubov haqida emas?

A
Ijodkor ma’lum muddat Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati Assambleyasining vitse prezidenti vazifasini ham ado etgan.
B
Ijodkorning birinchi marta respublika matbuotida «Xatingni kutaman» nomli asari bosilib chiqqan.
C
Ijodkorniing dastlabki yirik asari «Tengdoshlar» qissasidir.
D
Ijodkor Mo‘g‘ilistonning cheksiz Gobi cho‘lini piyoda bosib o‘tib, Yaponiyaga qarshi olib borilgan urushda ishtirok etgan.
8

Qaysi javobdagi ma’lumot Odil Yoqubov haqida?

A
Uning ilk asari - «Tengdoshlar» qissasi, harbiy xizmatda ekanida yozilgan.
B
U «Alhazar» satirik va yumoristik asarlar to‘plami muallifidir.
C
U bolalarga bag‘ishlab «Dunyo bolalari» nomli hikoyalar to‘plamini nashr qildirgan.
D
Uning «Xandon pista» deb nomlangan hajviy to'plami bor.
9

Shoir «Iltijo» she’rida «Bahor, sensiz sahro-yu tog‘-u toshga jon qayda?» - der ekan, bu sahro - beminnat makon qidirib sargardon kezgan vatangado kimsalarning tog‘-u toshlar - qilmishi qing'ir zotlarnin ramziy ifodasi ekanini ilg‘aymiz. Demak, bu zotlarning bahori yo'q. Ular o ‘z umri bahoriga mensimay qaragan, unga noshukurlik qilgan, bahorini toptagan kimsalardir. Ular hayot bahorini xazonga almashganlar. Ushbu parchada tahlili keltirilgan she’r muallifini aniqlang.

A
Hamid Olimjon
B
To‘ra Sulaymon
C
Asqad Muxtor
D
Muhammad Yusuf
10

Qaysi javobda Erkin Vohidov haqida ma’lumot berilgan?

A
Shoirning matbuotda birinchi marta «Qushcha» she’ri bosilib chiqadi.
B
U nemis shoiri Gyotening «Faust» asarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
C
U «Osmonning oxiri», «Qora quyosh» dostonlari muallifidir.
D
U «Yillar armoni», «Sohibqiron» asarlari muallifidir.
11

Qaysi javobda Erkin Vohidovning dostonlari berilgan?

A
«Nido», «Jannatga yo‘l»
B
«Orzu chashmasi», «Quyosh maskani»
C
«Quyosh qoraymas», «Ruhlar isyoni»
D
«Tong nafasi», «Istanbul fojiasi»
12

Bu suratlar ham juda g'alati, ularning aksariyati charm palto kiyib, bellariga qilich va to'pponcha taqib olgan harbiy, ba’zilari esa ot o‘ynatgan, qizil alvon ko'tarib dushman sari ot surib ketayotgan mard u maydonlar bo‘lsa ham, negadir barchasining ko'zlari o‘yib olingan yoki ko‘zlariga ko‘k siyoh tortilgan edi. Ushbu parcha qaysi asardan olingan?

A
«Muzqaymoq» (Odil Yoqubov)
B
«Qutlug’ qon» (Oybek)
C
«Shum bola» (G‘afur G‘ulom)
D
«Kecha va kunduz» (Cho‘lpon)
13

Qaysi ma’lumot Tog‘ay Murod hayoti va ijodi haqida?

A
Uning qissasini o‘qigan Abdulla Qahhor yozuvchiga maktub bitib, asar uni suyuntirib yuborganini aytgan, «sof, samimiy, tabiiy, iliq, rohat qilib o‘qiladi”gan asar yozgani bilan tabriklagan.
B
Ijodkor Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi Qovunchi qishlog‘ida oddiy zahmatkash odamlar oilasida tug‘ilgan.
C
Uning otasini ham «xususiy mulk egasi», «mushtumzo‘r» sifatida quloq qiladilar. 1939-yilda uning otasi qamoqdan qaytadi va oilasini Sirdaryoga ko‘chirib ketadi.
D
Ijodkor tarjimon sifatida Ernest Seton Tompsonning «Yovvoyi yo‘rg‘a» asarini o‘zbek tiliga mohirlik bilan og‘irgan.
14

Tog‘ay Murodning qaysi asarida qadimiy xalq musobaqasi - kurash san’atining butun qonun-qoidalari eng mayda jihatlarigacha batafsil tasvirlangan?

A
«Oydinda yurgan odamlar»
B
«Ot kishnagan oqshom»
C
«Otamdan qolgan dalalar»
D
«Yulduzlar mangu yonadi»
15

.... na’rasiga Aks sado berdi jahon. She’riy at mulkida bo'ldi Shoh-u sulton o'zbegim. Erkin Vohidovning «O‘zbegim» qasidasidan olingan. Ushbu parchada nuqtalar o‘rnida qaysi ijodkor nomi tushirib qoldirilgan?

A
Mirzo Bobur
B
Mirzo Ulug‘bek
C
Shoh Mashrab
D
Mir Alisher
16

Qaysi javobdagi ma’lumot «Muzqaymoq» hikoyasi haqida emas?

A
Hikoyada Egamberdi Yoqubovning oilasiga SAKUda birga o‘qigan o‘rtoqlari mehmonga kelishi tasviri uchraydi.
B
Hikoyada shahar komsomol qo‘mitasining kotibi bolani «Ha, qashqirdan tug‘ilgan qashqircha!» deb haqoratlaydi.
C
Hikoyada tintuv o‘tkazayotgan kapitanlardan biri bolani Pavlik Morozovga o‘xshatadi
D
Hikoyada do‘stining handalak yeb turganini ko‘rgan bola otasidan handalak olib berishini iltimos qiladi.
17

Qaysi javobda «Sohibqiron» dramatik dostoni qahramonlaridan biri bo‘lgan Aloviddin haqida ma’lumot berilgan?

A
Asarda ifoda etilishicha, u xohlasa, ko‘zining rangini ham o‘zgartira oladigan epchil xufya edi.
B
Betakror iste’dod egasi edi, asarda Amir Temur tomonidan «shatranj sohasida jahongirdirsan» deya ta’riflangan.
C
U Rum sultoni asir olingani xabarini olib kelgan yasovul.
D
Boyazidning elchisi bo‘lib, u Rumodan yetib kelgan edi.
18

Qaysi javobda Odil Yoqubovhing pyesalari berilgan?

A
«Muzaffar Temur», «Chin muhabbat»
B
«Dastlabki qadam», «Er boshiga ish tushsa»
C
«КоЪпа dunyo», «Adolat manzili»
D
«Shohi so‘zana», «Ayajonlarim»
19

Bu asarda urush tufayli qo‘lidan ayrilgan Xol aka, bir oyog'idan ajralgan Rustamning akasi va otasidan ayrilgan Tal’at kabi insonlarning iztiroblarini tilga olish orqali urushning butun dahshati va insoniyatga yetkazgan og‘ir judoliklari, jarohatlari ta’sirli aks ettirilgan. Ushbu parchada keltirilgan ma’lumot qaysi asar haqida?

A
«Nido» dostoni
B
«Surat bilan suhbat» dostoni
C
«Ufq» romani
D
«Chinor» romani
20

Ushbu asar Tog'ay Murodni iste’dodli yozuvchi sifatida ko'rsatgan dastlabki yirik asar edi. Unda ming yillar mobaynida unutilmay, elda ardoqlanib kelinayotgan tarixiy qadriyat - kurash, kurashchi polvonlar, ular orasidagi muomala-munosabatlar, ziddiyatli hayotiy muammolar qalamga olinadi. Ushbu ma’lumot Tog‘ay Murodning qaysi asari haqida?

A
«Ot kishnagan oqshom»
B
«Yulduzlar mangu yonadi»
C
«Otamdan qolgan dalalar»
D
«Oydinda yurgan odamlar»
21

Qaysi ma’lumot Erkin Vohidov haqida emas?

A
Ijodkor shoir G‘ayratiy tomonidan tashkil etilgan adabiy to‘garakda ijod sirlarini o‘rgangan
B
Ijodkorning birinchi marta respublika matbuotida «Qushcha» nomli she’ri bosilib chiqqan.
C
Ijodkor «Yoshlik» jurnalining dastlabki bosh muharriri sifatida yoshlarning adabiyotga kirib kelishi uchun jonbozlik ko‘rsatgan.
D
Ijodkor Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida o‘qituvchi oilasida dunyoga kelgan.
22

Qaysi ijodkor turmushdagi oddiygina holatdan - choy quyilayotganda choynakning piyolaga «egilishi», choy ichayotganda inson piyolaning «peshonasidan o‘pishi»dan foyladalanib ajoyib she’r yozgan?

A
Erkin Vohidov
B
Abdulla Oripov
C
Muhammad Yusuf
D
Xayriddin Saloh
23

Xudoyberdi To‘xtaboyevning «Sariq devni minib» romaniga oid qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?

A
Dono va Oysha Hoshimjonning singillari bo‘ladi.
B
Hoshimjon brigadalarning birida kompost bilan kompotning farqiga bormasdan rosa izza bo‘ladi.
C
Hoshimjon o‘zi va do‘sti Qosimga yettita fandan choraklik chiqarib qo‘yganligini avval ona tili, keyin fizika o‘qituvchisi bilib qoladi.
D
Hoshimjon biroz ishlab pul topish uchun uyini tashlab ketib qoladi.
24

«...to‘ladan kelgan, novcha, qirraburun, o ‘sha davrda rasm bo‘lgan to‘mtoq mo‘ylovli, xushqad, salobatli... diydasi qattiq, o‘ktam, kamgap odam edi». Ushbu parchada ta’riflangan «Muzqaymoq» hikoyasi qahramoni kim?

A
bolaning otasi
B
kapitanlardan biri
C
bolaning qo‘shnisi
D
bolaning pochchasi
25

Qaysi javobda Tog‘ay Murodning romani berilgan?

A
«Otamdan qolgan dalalar»
B
«Yulduzlar mangu yonadi»
C
«Ot kishnagan oqshom»
D
«Oydinda yurgan odamlar»
26

«Muzqaymoq» hikoyasida «yosh, xushqad, xushsurat yigitcha» deb tasvirlangan, bolaning oilasi boshiga kulfat tushgunga qadar ularning uyiga bo‘zchining mokisidek qatnagan, ammo otasi qamalgandan keyin qorasini ham ko‘rsatmay ketgan, hattoki uni «Ha, qashqirdan tug‘ilgan qashqircha!» deb haqoratlagan ikkiyuzlamachi qahramon kim?

A
komsomol qo‘mitasining kotibi
B
bolaning pochchasi
C
rus kapitanlaridan biri
D
qamoqxona qorovuli
27

Qaysi javobdagi ma’lumot Erkin Vohidov haqida emas?

A
Uning el-yurt va adabiyot oldidagi xizmatlari inobatga olinib, «O ‘zbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlangan
B
U «Oltin devor», «Istanbul fojiasi» kabi dramalar muallifidir.
C
U Dantening «Ilohiy komediya»sini o‘zbek tiliga o‘girgan.
D
O‘n yoshga yetar-yetmas ham ota, ham onadan ajrab qolgan yosh shoirni tog‘asi o‘z tarbiyasiga oladi.