Vizantiya qishloq xo’jaligida erkin dehqonlar qashshoqlashib, qaramlikka tushishi va mulkiy tabaqalanishining paydo bo’lishi natijasida qanday qanday toifalar vujudga keldi?
A
Feodallar va yersiz dehqonlar
B
Feodallar yarim ozod kishilar
C
Qullar va kalonlar
D
Erkin kishilar va yarim ozod kishilar
2
Izantiyaning oltin asri kimning davriga to’g’ri keladi?
A
Feodesiy
B
Konstantin I
C
Yustin
D
Yustinian I
3
Yustinian I ning maqsadi nima edi?
A
Rim imperiyasining avvalgi hududlarini tiklash
B
Xristian davlatlari hukmdorlari o’zlarini Vizantiya imperatorlarining vassallari deb hisoblash
C
Xalqaro savdoni jonlantirish
D
Vizantiya imperatori saroyi o’zining boyligi, hashami va tantanavorligi bilan ajralib turish
4
Vizantiyaliklar qayerda poytaxtni Ravenna bo’lgan alohida noiblik tuzishadi?
A
Shimoliy Afrikada
B
Italiyada
C
Galliyada
D
Pireneya yarim orolida
5
Yustinian I davrida qayerlar istilo qilinadi?
A
Shimoliy Afrika, Italiya va Ispaniya
B
Suriya, Falastin va Misr
C
Krit va Kipr orollari
D
Kichik Osiyo va Kavkaz
6
Vizantiya hayotida ellinlik mustahkam o’rin olganligini ko’rsatadigan jihatlarini qayd eting.
1) Ippodromlarda xalq avvalgidek chavandozlar, kurashchilar, gimnastlar musobaqalari, mimlar chiqishlarini tomosha qilganlar;
2) Shahar aholisi ilgarigidek ma’muriyatdan maosh oladigan tabiblarda davolanishgan;
3) Shahar aholisi jamoa hammomlariga borib turishgan;
4) Vizantiya antik davr ilmini saqlab qolgan;
5) Aholi shaxsan ozod kishilar hisoblansada, Xalq kengashida ishtirok eta olmas, armiyada xizmat qilolmas edilar;
6) Maktablarida bolalarni harbiy ishlarga o’rgatishar, ularni kuchli va chidamli etib tarbiyalashardi
A
1, 2, 3, 4
B
2, 4, 6
C
1, 3, 5
D
1, 2, 3, 4, 6
7
Kimlarning qo’shinini qiyinchiliksiz yenggan Vizantiya janubiy viloyatlarni egallab, Gibraltar bo’g’ozi ustidan nazorat o’rnatadi?
A
Ostgotlar
B
Vandallar
C
Langobardlar
D
Vestgotlar
8
Yustinian I davrida qaysi german qabilalari bo’ysundiriladi?
A
Tyuring, alemann va bavar
B
Vandallar, burgundlar va langobardlar
C
Franklar, vestgotlar va ostgotlar
D
Vandallar, ostgotlar va vestgotlar
9
Yustinian I qanday oilada tug’ilgan?
A
Feodal
B
Kambag’al dehqon
C
Zodagon
D
Harbiy yo’lboshchi
10
Italiyada vizantiyaliklar kimlarning qattiq qarshiligiga uchraydi?
A
Vestgotlarning
B
Langobardlarning
C
Ostgotlarning
D
Vandallarning
11
Yustinian I qanday tadbirlarni amalga oshiradi?
A
Imperiya hayotini islohotlar orqali ancha yangilaydi, xalqaro savdoni jonlantirishi, davlat xazinasini to’ldiribgina qolmasdan, xalq farovonligini ham ta’minlaydi
B
U butun xristian dunyosi hukmdori sanalishini ta’minlashi natijasida boshqa xristian davlatlari hukmdorlari uzoq payt o’zlarini Vizantiya imperatorlarining vassallari deb hisoblashgan
C
Vizantiyaliklar hayotida ellinlik hayot mustahkam o’rin olishini ta’minlaydi
D
Iqtidorli va bilimli oddiy xalq farzandlari ham yuqori lavozimlarga erishishi mumkinligini ta’minlaydi
12
Vizantiya imperiyasi o’z qudrati cho’qqisiga kimning davrida erishadi?
A
Konstantin I
B
Feodesiy
C
Yustin
D
Yustinian I
13
Vizantiyada amaldor va senatorlar kimlardan iborat bo’lgan?
A
Harbiy yo’lboshchilardan, zodagonlarning oliy vakillaridan
B
Eng boy, obro’-etiborli kishilardan
C
Zodagonlarning oliy vakillaridan
D
Zodagonlar, iqtidorli va bilimli oddiy xalq farzandlari
14
Velisariy tomonidan bosib olingan Italiyadagi hududlarda alohida noiblik tashkil etildi. Uning poytaxti qaysi shahar edi?
A
Ravenna
B
Milan
C
Neapol
D
Rim
15
Sharqiy Rim imperiyasi fuqarolari o’zlarini va davlatlarini qanday nom bilan atashgan?
A
Yunonlar va Muqaddas Rim imperiyasi
B
Rimliklar va Rim imperiyasi
C
Germanlar va Yangi Rim imperiyasi
D
Ellinlar va Ellada
16
Vandallarni bo’ysundirib Velisariy qayerga yo’l oladi?
A
Italiyaga
B
Kichik Osiyoga
C
Ispaniyaga
D
Misrga
17
Vizantiyada feodal jamiyati qaysi asrlarda uzil-kesil shakllanadi?
A
VII-X asrlarda
B
X-XI asrlarda
C
IX-XI asrlarda
D
VIII asr oxiri-XI asr o’rtalari
18
O’rta asrlar quyidagi qaysi davlatda qulchilik saqlab qolingan bo’lib, aholining katta qismini erkin dehqonlar tashkil etgan?
A
Vizantiya
B
Fransiya
C
Ispaniya
D
Italiya
19
Sharqiy Rim imperiyasi poytaxti qaysi shahar edi?
A
Antioxiya
B
Edessa
C
Konstantinopol
D
Aleksandriya
20
Vizantiyada feodal munosabatlarini uzil-kesil o’rnatilishiga olib kelgan omilni aniqlang.
A
Qishloqqa mulkiy tabaqalanish jarayoni kuchayib, yirik yer egalari –feodallar hamda yersiz dehqonlar toifalari paydo bo’lishi
B
Erkin dehqonlar qashshoqlashib, qaramlikka tushishi
C
Feodallar hokimiyatining kuchayishi va markaziy hokimiyatning zaiflashuvi
D
Imperatorlar amaldorlar, ibodatxonalar, monastirlarga ko’plab yer-mulklar in’om etishi
21
Qaysi xalqda barcha fuqarolar tug’ilishidan teng huquqli deb hisoblangan?
A
Bolgariya
B
Italiya
C
Vizantiya
D
Britaniya
22
Arab xalifaligi hujumlari natijasida Vizantiyadan qachon Suriya va Misr qo’ldan ketadi?
A
VIII asrning boshlarida
B
VI asrning o’rtalarida
C
VII asrda
D
V asrda
23
Vizantiyaning qaysi oltin puli eng ishochli xalqaro pul hisoblangan?
A
Darik
B
Numisma
C
Dinor
D
Dirham
24
Konstantinopol shahri o’rnida yunonlarning … shahri koloniyasi Vizantiy joylashgan.
A
Milet
B
Messana
C
Miken
D
Megara
25
.….. siymosida harakatchanlik, qat'iyat, uzoqni ko'ra bilishi qatorida buyuk siyosatdonlarga xos ikkiyuzlamachilik, mug'ambirlik, zolimlik xususiyatlari ham mujassamlashgan.
A
Yustinian I
B
Simeon
C
Meshko I
D
Boleslav Jasur
26
VI asrning o’rtlaridan Vizantiyaga qaysi qabilalar kelib o‘rnasha boshladi ?
A
Slavyan qabilalari
B
Xunn qabilalari
C
Turk qabilalari
D
German qabilalari
27
Vizantiya imperiyasi nimaning natijasida vujudga kelgan?
A
Rim imperiyasining ikki mustaqil davlatga bo’linishi natijasida
B
Rim sarkardalarining Kichik Osiyoga harbiy yurishlari natijasida
C
Finikiyaliklarning o’z koloniyalariga asos solishi natijasida
D
Yunonlarning Megara koloniyasiga asos solishi natijasida
28
527-565-yillarda Vizantiya imperiyasida kim hukmronlik qilgan?
A
Feodesiy
B
Konstantin I
C
Yustinian I
D
Yustin
29
Vizantiyaliklar qiyinchiliksiz egallangan hudud qaysi?
A
Sardiniya orolini
B
Sitsiliya orolini
C
Kipr orolini
D
Korsika orolini
30
Vizantiya imperiyasini kim boshqargan?
A
Sinklit
B
Markgraf
C
Qirol
D
Vasilevs
31
Qaysi shahar Osiyo va Yevropani bog’laydigan “Oltin ko’prik” hisoblangan ?
A
Edessa
B
Konstantinopol
C
Aleksandriya
D
Antioxiya
32
Vizantiyada Vasilevsga bo'ysunuvchi maslahat kengashi nima deb atalgan?
A
veche
B
devon
C
parlament
D
sinklit
33
Velisariyga qarshi kimlar qochoq qullarga ozodlik berib, ulardan foydalanishgan?
A
Vandallar
B
Vestgotlar
C
Langobardlar
D
Ostgotlar
34
Qaysi davlat hayotida ellin madaniyati mustahkam o’rin olgan?
A
Italiya
B
Bolgariya
C
Britaniya
D
Vizantiya
35
Vizantiyada imperatorning maslahat organiga aylangan lotincha “senat” ma’nosini beruvchi so’zni aniqlang.
A
Konung
B
Kongress
C
Sinklit
D
Parlament
36
Qanday omillar Vizantiyaning iqtisodiy barqarorligini ta’minlaydi?
A
Savdo –sotiq va hunarmandchilikning taraqqiy etganligi
B
Kuchli harbiy qo’shinga egaligi
C
Kuchli imperator hokimiyatining mavjudligi
D
Aholining katta qismini erkin dehqonlar tashkil etishi, sun’iy sug’orishga asoslangan sermahsul ziroatchilikning bo’lishi
37
VI asrda Sharqiy Rim imperiyasida qaysi shaharlar yirik savdo va hunarmandchilik markazlari sifatida gullab –yashnagan?
A
Varna, Kosovo, Konstantinopol
B
Konstantinopol, Aleksandriya, Antioxiya, Edessa
C
Ko’nyo, Suvas, Qaysariya
D
Mansikert, Edessa va Tripoli
38
Mimlar kimlar bo’lgan?
A
O’rta maktablar
B
Aktyorlar
C
Zodagonlarning oliy vakili
D
Feodal yerida ishlovchilar
39
Yustinian I ning amakisi Yustin …
A
Oddiy askardan sarkarda darajasigacha ko’tarilib, imperatorlik taxtini egallaydi
B
Siyosiy donolik va jasorat sohibi edi
C
Harbiy sarkarda bo’lib, Italiyaning katta qismini bo’ysundiradi
D
Imperiya hayotini islohotlar orqali ancha yangilaydi
40
Vizantiya tarkibiga qaysi hududlar kirgan?
A
Bolqon yarim oroli, Kichik Osiyo, Pireney yarim oroli
B
Kichik Osiyo va Bolqon yarim orolining janubiy qismi
C
Bolqon yarim oroli, Kichik Osiyo, Kavkaz, Suriya, Falastin, Misr, Krit va Kipr orollari
D
Bolqon yarim oroli, Yunoniston, Kichik Osiyo va Apeninn yarim oroli
41
Yevropada Sharqiy Rim imperiyasi aholisini qaysi nom bilan atashgan?
A
Yunonlar
B
Varvarlar
C
Germanlar
D
Slavyanlar
42
Sharqiy Rim imperiyasida qaysi til lotin tilini surib chiqaradi va davlat tiliga aylanadi?
A
Slavyan tili
B
Fransuz tili
C
Ingliz tili
D
Yunon tili
43
U o’zining aqli, shuhratparastligi, qo’rqmasligi bilan ajralib turadi?
A
Boleslav Jasur
B
Meshko I
C
Yustinian I
D
Feodora
44
Yustinianning rafiqasi malika Feodora yoshligida kim bo’lgan?
A
Sehrgar
B
Aktrisa
C
Vestalka
D
Savdogar
45
Qachon imperatorlar amaldorlar, ibodatxonalar, monastirlarga ko’plab yer-mulklar in’om etadilar?
A
VIII asr oxiri-XI asr o’rtalari
B
VII-X asrlarda
C
X-XI asrlarda
D
IX-XI asrlarda
46
Insoniyat rivojidagi birinchi bosqich....
A
Urug'
B
Hududiy qo'shnichilik
C
Ibtidoiy to'da
D
Qabila
47
Yunoncha “podsho” ma’nosini beruvchi so’zni aniqlang.
A
Sinklit
B
Qirol
C
Vasilevs
D
Markgraf
48
Yustinian I vestgotlar hukmronlik qilgan qayerni egallaydi?
A
Shimoliy Afrika
B
Ispaniya
C
Italiya
D
Krit va Kipr orollari
49
Vasilevsga davlat amaldorlaridan tashqari qaysi muassasalar bo’ysungan?
A
Mahalliy hokimlar va ruhoniylar
B
Sud, harbiy va soliq muassasalari, senat
C
Moliya, soliq, harbiy a’yonlari, dasturxonchi, otxona boshlig’i
D
Yepiskoplar, yirik monastirlar abbatlari
50
Yustinian I nechanchi yilda sarkarda Velisariyni Shimoliy Afrikada joylashib, davlat tuzgan va O’rta dengizda savdo kemalarini talash bilan shug’ullangan vandallarga qarshi yuboradi?