Ру/Uz

Tarix

1

O‘rta asr shoirlari va faylasuflari qaysi shaharni «sayqali ro‘yi zamin» — yer yuzining sayqali, husni, deb ta’riflaganlar?

A
Kesh
B
Buxoro
C
Xiva
D
Samarqand
2

Sharq dunyosida qaysi shahar o‘z o‘rniga ega bo‘lib, u islom dini, madaniyat, savdo va hunarmandchilik markazlaridan biri sifatida shuhrat qozongan?

A
Kesh
B
Buxoro
C
Xiva
D
Samarqand
3

Osiyoning yirik davlatlaridan biri Xitoyda o‘rta asr shaharlarining vujudga kelishi va rivojlanishi nechanchi asrlarga to‘g‘ri keladi?

A
IX-X
B
IX-XI
C
IX-XII
D
IX-XIII
4

Qaysi shahar ko‘p asrlar davomida Yaponiyaning iqtisodiy, madaniy va diniy markazi bo‘lib qoladi?

A
Kioto
B
Kamakura
C
Kayfin
D
Tokio
5

Nechanchi asrda Pekinda 1 mln aholi yashagan ?

A
XVI
B
XIV
C
XVII
D
XV
6

Yaponiyaning o’rta asr shaharlaridan qaysilari dengiz bo’yida vujudga keladi?

A
Xirosima, Nagasaki
B
Xyogo, Sapai
C
Otsu, Nagoya
D
Nara, Xeyyan
7

Osiyo bozorlari nimasi bilan ajralib turgan?

A
Mahsulotlarning arzonligi bilan
B
Mahsulotlarning sifati bilan
C
Savdogarlarning ko’pligi bilan
D
O‘zining gavjum va sershovqinligi bilan
8

Qaysi davlatda aholi sopol quvurlar orqali toza suv bilan ta’minlangan, shaharni axlat va chiqindilardan tozalash, o‘t o‘chirish ishlari yo‘lga qo‘yilgan?

A
Hindiston
B
Xitoy
C
Yaponiya
D
Koreya
9

O‘rta asr bozorlari ko‘pincha qayerda joylashgan?

A
Shahar darvozlari yaqinida
B
Shahriston markazida
C
Rabod yonida
D
Ark yaqinida
10

Qaysi davlatda yog‘och tanqis bo‘lganidan qurilishda g‘isht, sopol va toshdan keng foydalanilgan?

A
Yaponiya
B
Koreya
C
Hindiston
D
Xitoy
11

Xeyyan qayta tiklanganidan so‘ng qanday nom oladi va mamlakat poytaxtiga aylanadi?

A
Kayfin
B
Kioto
C
Kamakura
D
Tokio
12

Ark …… ?

A
hunarmandlar guzar va mahallalari
B
shahar hokimi qal’asi
C
asosiy aholi yashaydigan guzarlar
D
masjid va madrasalar joylashgan hudud
13

Osiyodan farqliroq, Afrikaning iqtisodiy qoloqligi, undagi uzluksiz urushlar, qit’aning nimalarning manbaiga aylanishiga sabab bo‘lgan. 1) xomashyo 2) tuz 3) oltin 4) fil suyagi 5) ziravorlar 6) asosan qullar

A
1, 3, 5, 6
B
2, 4, 5, 6
C
1, 2, 3, 4, 6
D
1, 2, 3, 4, 5
14

Chet ellik savdogarlar Samarqandning qanday mahsulotlarini yuqori baholaganlar?

A
qog‘ozi va gazlamalarini
B
gazlamalari va kiyimlarini
C
kulolchilik buyumlari va qog’oz
D
kulolchiligi buyumlari
15

O‘rta asrlarda qayerlik ustalar parcha, ipak gazlamalari, jun gilamlari bilan shuhrat qozongan?

A
yaponiyalik
B
xitoylik
C
hindistonlik
D
eronlik
16

Osiyo shaharlarining yevropa shaharlaridan qaysi jihati bilan farq qilgan?

A
Osiyo shaharlari davlat yerlarida vujudga kelganidan Yevropa shaharlaridan farqliroq yirik zamindorlarga qarshi kurash olib bormagan
B
Tez-tez isyonlar bo’lib turgan
C
Buyuk ipak yo’lida joylashganligi bilan
D
Savdo juda tez rivojlangan
17

Qutb Minor qayerda joylashgan?

A
Chanyan
B
Panjob
C
Dehli
D
Kioto
18

Chet ellik savdogarlar qaysi hudud kulolchiligi buyumlarini yuqori baholaganlar?

A
Rishton
B
Marv
C
G’ijduvon
D
Samarqand
19

Sharqda shaharlar dastlab nima sifatida tashkil topgan?

A
Poytaxt sifatida
B
Savdo markazi sifatida
C
Yarmarkalar sifatida
D
Ma’muriy markaz yoki harbiy qal’alar sifatida
20

O’rta asrlarda qaysi hududlada yirik bozorlar bir qancha rastalarga bo‘lingan?

A
Xitoy va Yaponiya
B
Koreya va Yaponiya
C
O’rta Osiyo va Eron
D
Hindiston va Eron
21

O‘rta Osiyoning musulmon davlatlarida shahar markazida nima qurilgan?

A
Masjid
B
Ark
C
Rabod
D
Shahriston
22

Qaysi yirik markazlashgan davlatlarning paydo bo‘lishi savdoni yuqori daromad manbaiga aylantiradi? 1) Arab xalifaligi; 2) Tan imperiyasi; 3) Dehli sultonli; 4) Vizantiya imperiyasi; 5) Usmonli davlati; 6) Guptalar davlati.

A
2, 3, 5
B
1, 2, 6
C
1, 2, 3
D
4, 5, 6
23

Chet ellik savdogarlar marvlik ustalarning qanday mahsulotlarini yuqori baholaganlar?

A
kulolchilik buyumlari va qog’oz
B
kulolchiligi buyumlari
C
qog‘ozi va gazlamalarini
D
gazlamalari va kiyimlarini
24

Sharq shaharsozligida asosiy qurilish ashyolari nimalar?

A
G’isht va yog’och
B
Marmar va tosh
C
Tosh va g‘ishtdan
D
Paxsa va marmar
25

Qaysi shahar Amir Temur davlatining poytaxti bo’lgan?

A
Buxoro
B
Kesh
C
Samarqand
D
Farg’ona
26

1177-yilda yong‘in natijasida vayron bo’lgan shaharni aniqlang.

A
Dehli
B
Pekin
C
Xanchjou
D
Xeyyan
27

Sharq hunarmandlari qanday mahsulotlarning katta qismini chet mamlakatlarga sotish uchun ishlab chiqarganlar?

A
Ipak gazlamalari, zeb-ziynat buyumlari
B
Kulolchilik buyumlari, gilamlar
C
Qog‘oz va gazlamalar
D
Gazlamalari va kiyimlar
28

Qaysi hududlar shaharlarida hunar¬mandchilik sexlari shaharlar bilan bir paytda vujudga kelgan?

A
Osiyo va Shimoliy Afrika
B
Shimoliy Afrika va Yevropa
C
Yevropa va Osiyo
D
Yevropa va O’rta Osiyo
29

Sharq mamlakatlari o‘rta asrlarning rivojlangan davriga turli paytda o‘tganlar. Bu hol nima bilan izohlanadi?

A
Kuchli davlatlarning yo’qligi bilan
B
Davlatlar o’rtasidagi harbiy ziddiyatlarning ko’pligi bilan
C
Har bir mamlakatda ishlab chiqarish taraqqiyoti turli darajada bo‘lgani bilan
D
Savdoning yuqori darajada rivojlanganligi bilan
30

Qaysi hududlar orqali arab, hind, xitoy savdogarlarining o‘nlab kemalari suzgan? 1) Fors ko’rfazi 2) Qora dengiz 3) O‘rta yer dengizi 4) Qizil dengiz

A
1, 3
B
3, 4
C
2, 3
D
1, 4
31

Amir Temur saltanati poytaxti Samarqand qachon yuksalib dunyoga taniladi?

A
XIII asr oxiri — XIV asr boshlarida
B
XIV asr oxiri — XV asr boshlarida
C
XIV asr oxiri — XVI asr boshlarida
D
XV asr oxiri — XVI asr boshlarida
32

Shaharlarning taraqqiyotiga nima to‘sqinlik qilgan.

A
Qaroqchilarning hujumi
B
Savdoning sustligi
C
O’zaro urushlar
D
Istilochilik urushlari
33

Uzoq Sharqdan qaysi dengizga qadar hududlarda karvon yo‘llari orqali savdo olib borilgan.

A
Qizil dengiz
B
Qora dengiz
C
O‘rta yer
D
Kaspiy dengizi
34

Hukmdorlar, boylar o‘z saroylari, hovli-joylarini nimadan qurishgan?

A
Paxsa va guvala
B
Marmar va pishiq g‘isht
C
G’isht va yog’och
D
Tosh va g‘ishtdan
35

Rabod …….?

A
asosiy aholi yashaydigan guzarlar
B
masjid va madrasalar joylashgan hudud
C
hunarmandlar guzar va mahallalari
D
shahar hokimi qal’asi
36

Xitoyning qaysi shahrida XVI asrda Pekindan ham ko’p ahloi yashagan?

A
Nankin
B
Chanyan
C
Loyan
D
Xanchjou
37

Qaysi davlatda 600-700 kishi va yana ko’plab yuk sig’adigan yuk kemalar – jonkalarni qurishgan?

A
Eron
B
Yaponiya
C
Hindiston
D
Xitoy
38

Sharqda shaharlar qaysi sohalarning yuksala borishi bilan juda tez rivojlangan?

A
Hunarmandchilik, savdo
B
Hunarmandchilik, chorvachilik
C
Dehqonchilik, hunarmandchilik
D
Dehqonchilik, chorvachilik
39

Qutb Minor nechanchi asrga oid?

A
XII
B
XIV
C
XI
D
XIII
40

Mardikor bozorlari bo’lgan hududlarni aniqlang?

A
Ishbiliyada, Bog’dodda va G’arnotada
B
Damashqda, Saragosada va Ispaniyada
C
Qohirada, Parijda va Apenin yarim orolida
D
Suriyada, Lionda va Parijda
41

O’rta asrlarda Eronning Isfahon, Sheroz shaharlarida qancha kishi yashagan?

A
300 mingdan ortiq
B
400 mingdan ortiq
C
200 mingdan ortiq
D
100 mingdan ortiq
42

O’rta asrlarda qaysi davlada o‘rta asrlardayoq aholi zich yashagan?

A
Hindiston
B
Yaponiya
C
Xitoy
D
Koreya
43

Yaponiyaning o’rta asr shaharlaridan qaysi biri chorrahada va karvon yo’lida vujudga keladi?

A
Otsu
B
Xeyyan
C
Sakai
D
Nagoya
44

Qaysi davlatda shaharlar imperatorga bo‘ysungan.

A
Yaponiya
B
Hindiston
C
Koreya
D
Xitoy
45

Osiyo shaharlari qanday yerlarda vujudga kelgan.

A
Feodal yerlarida
B
Vaqf yerlarida
C
Mulk yerlarida
D
Davlat yerlari
46

Yaponiyaning o’rta asr shaharlaridan qaysilari budda ibodatxonalari atrofida vujudga keladi?

A
Nara, Xeyyan
B
Otsu, Nagoya
C
Xyogo, Sakai
D
Xirosima, Nagasaki
47

Xitoyda shaharsozlik qachon yuksak darajaga ko‘tarilgan?

A
XI
B
XII
C
X
D
XIII
48

Qaysi davlatning shaharlari o‘rta asrlarda juda ko‘p marotaba chet bosqinchilar hujumlariga uchragan?

A
Xitoy
B
Yaponiya
C
Koreya
D
Hindiston
49

Sharqda vaqt o’tib kimlardan ham turli soliqlar olina boshlagan?

A
Savdogar, dehqon va hunarmandlardan
B
Savdogar va dehqonlardan
C
Dehqon va hunarmandlardan
D
Savdogar va hunarmandlardan
50

Osiyo shaharlari Yevropa shaharlaridan qaysi jihati bilan ajralib turadi?

A
shaharlarning rivojlanganligi bilan
B
savdo-sotiq yaxshi rivojlangaligi bilan
C
aholisi ko’pligi bilan
D
hunarmandchilik rivojlanganligi bilan
51

Qaysi davlatning o‘rta asrlar shaharlari budda ibodatxonalari atrofida, aloqa bekati va yo‘l ustida, dengiz bo‘yida, qal’a atrofida vujudga kelgan?

A
Xitoy
B
Koreya
C
Hindiston
D
Yaponiya
52

Shahriston………?

A
masjid va madrasalar joylashgan hudud
B
shahar hokimi qal’asi
C
asosiy aholi yashaydigan guzarlar
D
hunarmandlar guzar va mahallalari
53

Qaysi hududlarda usta va savdogarlardan soliqlarni sex oqsoqollari yig’ib bergan? 1. Eronda 2. Hindistonda 3. Shimoliy Afrikada 4. Xitoyda 5. Yaponiyada 6. Arab xalifaligida

A
2, 3, 6
B
3, 5, 6
C
1, 2, 3
D
4, 5, 6
54

O’rta Osiyoda shaharlar umumiy reja bo‘yicha qurilgan. Ya’ni qanday?

A
Ark-rabod-shahriston
B
Shahriston-ark-rabod
C
Ark-shahriston-rabod
D
Shahriston-rabod-ark
55

Erondan savdogarlar qanday mahsulotlarni xarid qilganlar? 1) po‘latdan yasalgan qurol-aslaha; 2) parcha; 3) ipak gazlamalar; 4) mis idishlar; 5) kumush idishlar; 6) jun gilamlar.

A
1, 2, 3, 6
B
1, 2, 3, 6
C
1, 4, 5
D
2, 3, 6
56

Yaponiyaning o’rta asr shaharlaridan qaysi qal’a atrofida vujudga keladi?

A
Nagoya
B
Xeyyan
C
Otsu
D
Sakai
57

Qanday bozorlarga sayyor savdogarlar va atrofdagi qishloqlarning o‘z mahsulotlarini sotish ehtiyoji bo‘lgan aholisi to‘plangan?

A
Shahar bozoriga
B
Yarmarkaga
C
Katta bozorlarda
D
Ko’chma bozorga
58

Qaysi davlatda barcha ustalar sex a’zosi bo‘lishlari majburiy etib qo‘yilgan?

A
Hindiston
B
Koreya
C
Xitoy
D
Yaponiya
59

Kambag’allar uylarini nimadan qurgan?

A
Tosh va g‘ishtdan
B
Paxsa va g’isht
C
G’isht va marmar
D
Paxsa, guvala
60

Qayerda shaharlar umumiy reja bo‘yicha qurilgan?

A
Xitoy
B
O’rta Osiyo
C
Yaponiya
D
Hindiston
61

Qaysi davlatning yirik shaharlarida G‘arbiy Yevropadan farqliroq, maishiy xizmat ko‘rsatish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan?

A
Hindiston
B
Yaponiya
C
Koreya
D
Xitoy