Ortga qaytish
Kamronbek
K
KamronbekIngliz tili
0O’quvchilar
0Obunachilar
Ijtimoiy tarmoqlar

Kamronbek

20 yosh
Toshkent shahri
O’quvchilar soni0
Sotib olganlar0
Yechilgan testlar soni0
Men haqimda

Assalomu alaykum! Mening ismim Kamronbek, 19 yoshman. Yoshligimga qaramay, so‘nggi ikki yil davomida ingliz tili o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqdaman. Hozirda Millat Umidi Universitetida tahsil olaman va bu menga dars jarayonlariga eng yangi, samarali va sinovdan o‘tgan usullarni joriy etish imkonini beradi. Men o‘qitishda quruq nazariyaga emas, balki amaliy natijaga e’tibor qarataman. O‘quvchi natijasi — mening eng muhim mezonim. Mening asosiy tajriba va yutuqlarim IELTS Writing moduliga borib taqaladi. Buxoro viloyatida birinchilardan bo‘lib Writing Task 1 dan maksimal 9.0 ball olganman. Shu sababli o‘quvchilarimga yuqori ball olish uchun zarur bo‘lgan tizimli tahlil, akademik lug‘at, aniq grammatik strategiyalar va muvozanatli tuzilma bo‘yicha chuqur ko‘nikmalar beraman. Darslarimda siz shunchaki grammatikani yodlamaysiz — men ingliz tilini erkin fikrlash, g‘oyani aniq ifodalash va xalqaro standartlarda yozish ko‘nikmasiga aylantirishni o‘rgataman. Yuqori natija — mening yutug‘im, Ammo o‘quvchilarning xalqaro imkoniyatlarga yo‘l topishi — mening ustozlik maqsadim.