

Nazira Rashidova
Mening ismim Nazira, 25 yoshdaman. Hozirda Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Kompyuter lingvistikasi yo‘nalishi bo‘yicha magistratura birinchi bosqich talabasiman. O‘qituvchilik faoliyatimni 2019-yilda “Registon” ta’lim loyihasida boshlaganman. Shu vaqtgacha 1500 dan ortiq o‘quvchi va o‘qituvchilarga ona tili va adabiyot fanidan BMBA imtihonlari, attestatsiya va turli sertifikatlash jarayonlarida muvaffaqiyatga erishishda ko‘mak berganman. Dars jarayonida asosan testlarni tahlil qilish, oson test ishlash texnikalari, va vaqtni to‘g‘ri taqsimlash ko‘nikmalarini o‘rgatishga e’tibor beraman. Har bir o‘quvchi mavzuni chuqurroq o‘zlashtirishi uchun testlar orqali mustaqil tahlil qilish metodini qo‘llayman. Asosiy maqsadim — savodli, mustaqil fikrlaydigan va muvaffaqiyatli avlod ta’limiga o‘z hissamni qo‘shishdir.

