Ortga qaytish
Vohidova Mohinur
V
Vohidova MohinurIngliz tili
300O’quvchilar
0Obunachilar
Ijtimoiy tarmoqlar

Vohidova Mohinur

21 yosh
Toshkent shahri
O’quvchilar soni300
Sotib olganlar0
Yechilgan testlar soni0
Men haqimda

Mening ismim Mohinur Vohidova, 21 yoshdaman. Buxoro davlat Pedagogika institutida Xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishini tamomlaganman. Hozirda Janubiy Koreyada, Chungbuk National Universityda Ingliz tili adabiyoti yo‘nalishi bo‘yicha magistratura bosqichida tahsil olyapman. Ingliz tili o‘qituvchisi sifatida 3 yildan ortiq tajribaga egaman. Bu vaqt davomida: *BDPI talabalari uchun ingliz tili dasturida dars berganman; *Bolalar uchun ingliz tili bo‘yicha 1 yillik tajribaga egaman; *Linguista o‘quv markazida 2 yildan ortiq General English Teacher va IELTS Instructor sifatida faoliyat yuritganman. Mening IELTS darajam 8.0, shu kungacha 500 dan ortiq o‘quvchining ingliz tili darajasini oshirishga yordam berganman. O‘quvchilarimning barchasi IELTS va CEFR imtihonlarida yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan. Darslarimda an’anaviy grammatika metodidan ko‘ra interaktiv yondashuv, adabiy matnlar, suhbatlar va AI texnologiyalari yordamida o‘qitish uslubini qo‘llayman. Asosiy maqsadim — o‘quvchilarni nafaqat imtihonlar uchun, balki ingliz tilidan kundalik hayotda ham erkin foydalana oladigan darajaga yetkazish.