Uz Flag
UZ

Ortga qaytish
Alfraganus

Alfraganus Universiteti

Alfraganus universiteti — 2022-yilda Toshkentda tashkil etilgan, 37 ta yo‘nalishda bakalavriat va 10 ta yo‘nalishda magistratura bosqichini taklif etuvchi, o‘z klinikasi, ilmiy jurnali, talabalar gazetasi, xalqaro hamkorliklari va iqtidorli talabalar uchun grant, stipendiya hamda ko‘krak nishonlari tizimiga ega nodavlat oliy ta’lim muassasasidir.

Kontrakt to’lovi

15 000 000 - 32 000 000 UZS

Qabul muddati

01.06.2025 - 30.09.2025

Talaba

0

Bitiruvchi

0

Tajriba

0

Yo'nalishlar

3

Ta'lim yo'nalishlari

3

PEDIATRIYA ISHI

Alfraganus Universiteti

Ta'lim tili

O'zbek tili

Ta'lim shakli

Kunduzgi

O'tish bali

40 Ball

Kontrakt narxi

30 000 000 so'mdan boshlab
Talablar: Ichki imtihonda qatnashish
Batafsil

SANOAT FARMATSIYASI

Alfraganus Universiteti

Ta'lim tili

O'zbek tili

Ta'lim shakli

Kunduzgi

O'tish bali

40 Ball

Kontrakt narxi

28 000 000 so'mdan boshlab
Talablar: Ichki imtihonda qatnashish
Batafsil

DASTURIY INJINIRING

Alfraganus Universiteti

Ta'lim tili

O'zbek tili

Ta'lim shakli

Kunduzgi

O'tish bali

40 Ball

Kontrakt narxi

19 000 000 so'mdan boshlab
Talablar: Ichki imtihonda qatnashish
Batafsil

To'liqroq ma`lumot

Alfraganus universiteti 2022-yilda Toshkent shahrida tashkil etilgan. Uning Iqtisod, Filologiya, Pedagogika, Ijtimoiy fanlar, Raqamli texnologiyalar, Tibbiyot, Jismoniy tarbiya va sport, Turizm fakultetlari va ular tarkibida 37 ta yo‘nalishlari mavjud. Universitetda magistratura bosqichi ham mavjud bo‘lib, 10 ta yo‘nalishlarda talabalarni qabul qiladi. Alfraganus universiteti o‘zbek qomusiy olimi Ahmad Al-Farg‘oniy nomiga Alfraganus deb nomlangan. Al-Farg‘oniy Yevropada aynan shu nom bilan mashhur bo‘lgan va oydagi kraterlarning biri ham olim sharafiga shunday atalgan. Universitetning o‘z klinikasi mavjud. Shuningdek, universitet xalqaro ilmiy jurnali va talabalar gazetasiga ega. Universitetda tajribali professor-o‘qituvchilar dars beradi. Alfraganus universiteti dunyoning 20 ga yaqin rivojlangan davlatlari, xususan, oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Jumladan ayni kunlarda Amerika, Turkiya, Yaponiya, Xitoy, Koreya bilan hamkorlikda samarali faoliyat olib bormoqda. Universitetda bir martalik rektor stipendiyasi hamda ijodkor va ixtirochi talabalar uchun “Al-Farg‘oniy” stipendiyasi, ko‘krak nishoni taʼsis etilgan. Eng faol va tashabbuskor talabalarga grant ajratilgan bo‘lib, bir yil namunali o‘qigan talaba keyingi yil kontrakt to‘lashdan ozod etiladi.

Oliygoh manzili

Qo'ng'iroq qilish