IQTISODIYOT
Diplomat University
24 000 000 - UZS
O'zbek tili va Rus tili
Kunduzgi
Yo'nalish haqida
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) yo‘nalishi — bu ishlab chiqarish, taqsimot, savdo va tovar hamda xizmatlar iste'moli jarayonlarini o‘rganadigan ta’lim sohasi hisoblanadi. Umuman olganda, u cheklangan resurslardan foydalanish, ularni boshqarish va ishlab chiqarishning turli amaliyotlari va shakllarini o‘rganuvchi ijtimoiy fan sifatida namoyon bo‘ladi. Mazkur yo‘nalishda tahsil olgan mutaxassislar turli mulk shakllaridagi korxonalar, moliya institutlari, sug‘urta va birja tashkilotlari, baholash kompaniyalari, davlat va mahalliy boshqaruv idoralari, ilmiy-tadqiqot markazlari hamda maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarining iqtisodiy, moliyaviy, marketing, ishlab chiqarish-iqtisodiy va tahlil bo‘limlarida faoliyat yuritishlari mumkin.
Qo’shimcha ma’lumotlar
Test davomiyligi
90 daqiqa
Savollar soni
40 ta
Yo'nalishdagi fanlar