MOLIYA VA MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR
TMC Xalqaro Instituti
13 000 000 - UZS
O'zbek tili va Rus tili
Kunduzgi
Yo'nalish haqida
Moliya va moliyaviy texnologiyalar yo‘nalishi — “Biznes, boshqaruv va huquq” bilim sohasi tarkibidagi “Biznes va boshqaruv” ta’lim sohasi bo‘yicha tayyorlanadi. Ushbu yo‘nalishda davlat moliyasi, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va uy xo‘jaliklari moliyasi, davlat byudjeti va byudjetdan moliyalashtirish, moliya bozorlaridagi operatsiyalarni boshqarish, moliyaviy risklarni boshqarish kabi masalalar o‘rganiladi. Shuningdek, aksiyadorlik jamiyatlari, xolding kompaniyalar, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar va qo‘shma korxonalarning moliyaviy faoliyatini tashkil etish, qimmatli qog‘ozlar bozorida ish yuritish, o‘zaro hisob-kitoblarni tashkil etish hamda korporativ tuzilmalar moliyaviy resurslarini boshqarish kabi kompleks moliyaviy jarayonlar ham ushbu dastur doirasida chuqur o‘rganiladi.
Qo’shimcha ma’lumotlar
Test davomiyligi
90 daqiqa
Savollar soni
30 ta
Yo'nalishdagi fanlar