Uz Flag
UZ

Ortga qaytish
Toshkent I

Toshkent Ijtimoiy Innovatsiya Universiteti

Toshkent ijtimoiy innovatsiya universiteti — 2022-yilda tashkil etilgan, kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shakllarini taklif etuvchi, grantlar, stipendiya, yotoqxona hamda ijtimoiy-iqtisodiy sohalar uchun innovatsion kadrlar tayyorlovchi nodavlat oliy ta’lim muassasasidir.

Kontrakt to’lovi

12 000 000 - 20 000 000 UZS

Qabul muddati

01.06.2025 - 30.09.2025

Talaba

0

Bitiruvchi

0

Tajriba

0

Yo'nalishlar

3

Ta'lim yo'nalishlari

3

IQTISODIYOT

Toshkent Ijtimoiy Innovatsiya Universiteti

Ta'lim tili

O'zbek tili va Rus tili

Ta'lim shakli

Kechki

O'tish bali

40 Ball

Kontrakt narxi

18 000 000 so'mdan boshlab
Talablar: Kirish imtihonlari uchun berilgan fanlardan imtohonda qatnashib o'tish ballarini to'plash
Batafsil

BUXGALTERIYA HISOBI

Toshkent Ijtimoiy Innovatsiya Universiteti

Ta'lim tili

O'zbek tili va Rus tili

Ta'lim shakli

Kunduzgi

O'tish bali

40 Ball

Kontrakt narxi

18 000 000 so'mdan boshlab
Talablar: Kirish imtihonlari uchun berilgan fanlardan imtohonda qatnashib o'tish ballarini to'plash
Batafsil

BANK ISHI

Toshkent Ijtimoiy Innovatsiya Universiteti

Ta'lim tili

O'zbek tili va Rus tili

Ta'lim shakli

Kunduzgi

O'tish bali

40 Ball

Kontrakt narxi

18 000 000 so'mdan boshlab
Talablar: Kirish imtihonlari uchun berilgan fanlardan imtohonda qatnashib o'tish ballarini to'plash
Batafsil

To'liqroq ma`lumot

Universitet haqida : O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2022-yil 22 - noyabr kuni 168654-raqamli litsenziya Toshkent ijtimoiy innovatsiya universitetiga oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun berildi. Toshkent ijtimoiy innovatsiya universiteti ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlari uchun zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, mustaqil fikrlaydigan malakali kadrlarni yetishtirib beruvchi nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi. Ta'lim shakli : O’zingiz uchun qulay ta’lim shaklini tanlang va o’qishingiz hamda ishingizni birgalikda olib boring yoki o’zingizni to’liq o’quv jarayonlariga jalb qiling. Kunduzgi ta'lim: Kunduzgi ta’lim shaklida siz haftada 4-5 kun o’qiysiz: ma’ruza va seminarlarda qatnashasiz, test va imtihonlar topshirasiz. O’quv yili 2 semestrga bo’linadi. O’quv yili sentabrdan boshlanib iyungacha davom etadi. Sirtqi ta'lim: Sirtqi ta’lim shakli asosan masofaviy o’qitish texnologiyalari yordamida amalga oshiriladi. Shuningdek semestrda 2-4 haftagacha universitetga kelishingiz talab etilishi mumkin. Kechki talim: Kechki talim shaklida siz haftada 4-5 kun o’qiysiz: ma’ruza va seminarlarda qatnashasiz, test va imtihonlar topshirasiz. Darslar soat 17:00 dan keyin bo’ladi. Qabul shartlari: So'rov qoldiring-Mobil telefon raqamingizdan foydalangan holda qabul uchun saytda ariza qoldiring (Bizdan sms xabar qabul qilish va tizimda muvaffaqiyatli ro’yxatdan o’tishingiz uchun hisobingizda yetarlicha mablag’ bo’lishi kerak). Hujjatlarni taqdim qiling-Tizimga kerakli hujjatlarni, shu jumladan, joriy ta’lim darajangiz to’g’risidagi hujjatlarni ham taqdim eting. Imtihonlar-Universitetning ichki testlaridan o’ting. Shartnoma (Kontrakt)-Javoblar e’lon qilinganidan so’ng, shartnomani rasmiylashtiring. Yuqori sifatli zamonaviy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, ilmiy-amaliy tadqiqotlar va kadrlar tayyorlash orqali mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga har tomonlama hissa qo‘shish to‘g‘risida xulosa. Ilmiy va amaliy tadqiqotlarni boshqarish va ta'minlash, sifatli ta'lim xizmatlari. Toshkent ijtimoiy innovatsiya universiteti talabalarga yuqori sifatli ta'lim xizmatlarini taklif etadi. Universitet mamlakatimizdagi yetakchi oliy ta’lim tashkiloti sifatida innovatsion yechimlar orqali ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi o‘zgarishlarga salmoqli hissa qo‘shishga intiladi. Grantlar : Toshkent ijtimoiy innovatsiya universitetining ichki imtihonlarida yuqori ball to'plagan kunduzgi ta'lim shakli talabalari uchun ajratiladi. Jami ajratilgan grantlar soni 20 ta Talabalar yotoqxonalari : Mavjud Stipendiya : Mavjud.

Oliygoh manzili

Qo'ng'iroq qilish