LIBOSLAR DIZAYNI
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
20 000 000 - UZS
O'zbek tili va Rus tili
Kunduzgi
Yo'nalish haqida
Liboslar dizayni taʼlim dasturi Toshkent Kimyo Xalqaro Universitetining Sanʼat maktabi tarkibida faoliyat yuritadi. Ushbu yoʻnalish bugungi kunda rivojlangan badiiy taʼlim dasturlaridan biri boʻlib, erkin ijodiy faoliyat, yengil sanoat kabi sohalar mutaxassislarini tayyorlaydi. Libos dizaynerining ixtisoslik bo‘yicha faoliyati quyidagi vazifalarni bajarishga qaratilgan: Libos, toʻqimachilik, aksessuarlarning yangi turlarini loyihalash; Ijodiy gʻoyalarni amalga oshirish; Yangi gʻoyalar konsepsiyalarini ishlab chiqish; Zamonaviy liboslarning funksional va badiiy bogʻliqligini inobatga olgan holda yaratish. “Liboslar dizayni” taʼlim dasturi 4 yilga (8 semestr) moʻljallangan boʻlib, nazariy va amaliy fanlar oʻzaro ketma-ketligida olib boriladi. Taʼlim jarayoni davomida talabalar libos loyihasini yaratish, moda illustratsiyalari, gazlamalar bilan ishlash, modellashtirish, libos yaratishning texnologik jarayoni, kompyuter dasturlarida loyihalarni bajarish kabi koʻnikmalarga erishadilar.
Qo’shimcha ma’lumotlar
Test davomiyligi
60 daqiqa
Savollar soni
20 ta
Yo'nalishdagi fanlar