
University of Business and Science
“University of Business and Science” — 2022-yilda tashkil etilgan, 25 mingga yaqin talaba tahsil olayotgan, 49 ta bakalavriat, 14 ta magistratura va 5 ta doktorantura yo‘nalishlarini taklif etuvchi zamonaviy, xalqaro hamkorliklarga ega, imtiyozlar va stipendiyalar asosida ta’lim beruvchi, AQSh, Koreya, Germaniya kabi davlatlar universitetlari bilan qo‘shma dasturlar yurituvchi, O‘zbekistonda yuridik kuchga ega diplom beruvchi va “Yil brendi” deb e’tirof etilgan nufuzli nodavlat oliy ta’lim muassasasidir.
16 500 000 - 24 000 000 UZS
10.05.2025 - 30.09.2025
Talaba
0
Bitiruvchi
0
Tajriba
0
Yo'nalishlar
3
16 500 000 - 24 000 000 UZS
10.05.2025 - 30.09.2025
Talaba
0
Bitiruvchi
0
Tajriba
0
Yo'nalishlar
3
Ta'lim yo'nalishlari
STOMATOLOGIYA
University of Business and Science
Ta'lim tili
O'zbek tili
Ta'lim shakli
Kunduzgi
O'tish bali
40 Ball
Kontrakt narxi
DAVOLASH ISHI
University of Business and Science
Ta'lim tili
O'zbek tili
Ta'lim shakli
Kunduzgi
O'tish bali
40 Ball
Kontrakt narxi
TURIZM VA MEHMONDO‘STLIK
University of Business and Science
Ta'lim tili
O'zbek tili
Ta'lim shakli
Kunduzgi
O'tish bali
40 Ball
Kontrakt narxi
To'liqroq ma`lumot
“University of Business and Science”da 2025-2026-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari boshlandi. Kunduzgi ta’lim shakli uchun 300 ta grant, kontraktdan chegirmalar va stipendiyalarni taklif qiladi. “University of Business and Science” (Biznes va Fan Universiteti) Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan taqdim qilingan №733430 sonli litsenziyaga asosan 2022-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. UBS universiteti 49 ta bakalavriat yoʻnalishlari, 14 ta magistratura mutaxassisliklari va 5 ta doktorantura ixtisosliklari boʻyicha o’z ta’lim dasturlarini taklif qiladi. Universitetimiz bugungi kunda Respublika hududidagi nodavlat oliygohlari ichida ilmiy salohiyati bo‘yicha yuqori o‘rinlarda bo‘lib, xalqaro tan olingan TOP-1000 talik oliygohlar qatoriga kirish uchun katta ishlar amalga oshirmoqda. Shu asnosida nodavlar oliygohlar ichidan birinchilardan bo‘lib doktorantura mutaxassisligi ochilgan bo‘lib, xalqaro oliygohlar qatoriga kirish uchun vazirlik tomonidan qo‘llab-quvvatlab kelinmoqda. Shuningdek UBS universiteti 2024-yil hisobida xususiy oliygohlar ichida “YIL BRENDI” deb topildi. 25 mingga yaqin talabalar universitetning 5 ta zamonaviy o‘quv binosida (4 ta bino Namanganda va Toshkentda filialga ega) eng so‘nggi texnologiyalar bilan jihozlangan shinam, zamonaviy ma’ruza va seminar xonalari, kompyuter xonalarda tahsil oladilar. Shuningdek, universitet oshxona, axborot resurs markazi, sport zal va tadbirlar zaliga ega. Universitetda kunduzgi ta’limda tahsil oluvchi talabalar uchun talabalar turar joyi mavjud. Universitet diplomi haqida Universitet diplomi barcha davlat oliygohlari diplomi bilan bir xil yuridik kuchga ega. Ya’ni UBS diplomi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunning 31-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi hududida toʻgʻridan-toʻgʻri tan olinadi. Kirish imtihonlari tartibi : Abituriyentlar uchun yo‘nalishlar kesimida vazirlik tomonidan tasdiqlangan 2 ta mutaxassislik fani asosida bo‘lib, har bir blokda 30 tadan jami 60 ta test savollari mavjud. Birinchi blok uchun har bir to‘g‘ri javob uchun 3.1 balldan, 2-blokdagi har bir to‘g‘ri javob uchun 2.1 balldan beriladi. To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal natija 156 ballni tashkil etib, shunda 60 foiz ijobiy natija to‘plasangiz talabalar safiga tavsiya etilasiz. Bundan tashqari DTM natijalaringiz orqali imtihonsiz o‘qishga qabul qilinishingiz mumkin. O‘qishga kirishda yoki ko‘chirishda IELTS, CEFRga ega bo‘lgan talabgorlar kirish imtihonlaridan ozod qilinib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘qishga qabul qilinadi hamda stipendiya va kontraktdan imtiyozlarga ega bo’lishlari mumkin. “Ayollar daftari, temir daftar, yoshlar daftari”, boquvchisini yo‘qotgan yoki nogironligi borlar ham imtihonsiz o‘qishga qabul qilinadi. Imtihon natijalari imtihonlardan so‘ng 2 ish kuni ichida SMS-xabarnoma shaklida yuboriladi. Ta’lim jarayonlari haqida: Bakalavriatda qonunchilikka binoan kunduzgi ta’limda 4 yil. Maktabgacha ta’lim yo‘nalishida esa kunduzgi ta’lim 3yilni tashkil etadi. Magistratura bosqichida o‘qish davomiyligi 2 yil, doktoranturada esa 3 yilni tashkil etadi. Talabalarning har tomonlama kuchli kadr bo‘lib yetishishi uchun sifatli ta’lim berishni maqsad qilgan, “University of Business and Science” Axborot resurs markazi ilmiy va badiiy adabiyotlar bilan to‘ldirilgan bo‘lib, ulardan elektron shaklda ham foydalanish mumkin. UBSda nafaqat talabalar uchun, balki, maktab va kollej-litsey o‘quvchilari uchun ham turli olimpiada va tanlovlar o‘tkazib boriladi. Oliygoh 70% fan nomzodlaridan iborat professor-o‘qituvchilar jamoasi faoliyat yuritadi. Xalqaro talablarga to‘la javob beradigan fan dasturlari malakali mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan. Universitetimiz AQSh, Koreya, Avstraliya, Germaniya, Turkiya, Indoneziya, Malayziya, Rossiya, Qozog’iston universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. AQSh va dunyoning top universitetlari MIT hamda Garvard universitetlari bilan hamkorlikda ta’lim standartlari xalqaro darajaga olib chiqilishi va UBS diplomi xalqaro miqyosda tan olinishi bo’yicha qator kelishuvlar imzolangan. Bundan tashqari AQShning yana bir top oliygohi Illinois Texnologiya Instituti bilan 3+1 va 4+0 qo’shma dasturlari yo’lga qo’yilmoqda. Bu bilan UBS talabalari AQShda ham ta’lim olishlari va 2 ta diplomni qo’lga kiritishlari mumkin bo’ladi. Koreyaning Sejong, Kyungdong va Dongshin universitetlari bilan amaliyot, qo’shma dasturlar va talabalar almashinuvi dasturlari yo’lga qo’yilgan. Magistraturada o‘qishni maqsad qilganlar talabalardan chet tili sertifikatlari talab qilinmaydi. Sertifikatni o‘qishni tamomlaguncha olish kifoya. “University of Business and Science” orzuyingizdagi karyerangizni qurishda va yetuk mutaxassis bo’lishingizni ta’minlaydi. Sen muvaffaqiyatli bo’la olasan!