Avvalgi talqinga qaytish
Ortga qaytish

Oʻzbekistonlik maktab oʻquvchilari matematika boʻyicha xalqaro olimpiada gʻolibi boʻldi 🎉

Ta'lim
225
03.03.2025 13:15
Oʻzbekistonlik maktab oʻquvchilari matematika boʻyicha xalqaro olimpiada gʻolibi boʻldi 🎉

Malayziya poytaxtida boʻlib oʻtgan Janubi-Sharqiy Osiyo matematika olimpiadasi (CEAMO 2025)da Oʻzbekistonlik 17 nafar maktab oʻquvchisi yuqori natijalarga erishdi.  

📌 Medallar natijasi:  

🥇 1 ta oltin  

🥈 3 ta kumush  

🥉 13 ta bronza  

Bu yilgi olimpiadada 23 mamlakatdan 1800 nafar oʻquvchi qatnashib, turli yosh toifalarida oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazdi. Oʻzbekistonlik oʻquvchilar orasida milliy saralash bosqichida 1000 nafardan ortiq ishtirokchi bellashgan bo‘lsa, ulardan 60 nafari xalqaro bosqichga yo‘llanma oldi.  

🏆 Xalqaro bosqich gʻoliblari xalqaro diplomlar bilan taqdirlandi, bu esa ularga nufuzli oliy oʻquv yurtlariga kirish, stipendiyalar va turli taʼlim imtiyozlarini qoʻlga kiritish imkonini beradi.  

📖 Janubi-Sharqiy Osiyo matematika olimpiadasi (CEAMO) Singapurning Terri Chyu akademiyasi tomonidan tashkil etilgan boʻlib, u oʻquvchilarning matematik savodxonligini baholash va rivojlantirishga qaratilgan. Har yili ushbu olimpiadada Avstraliya, AQSh, Singapur, Indoneziya, Yaponiya, Xitoy va Oʻzbekiston kabi mamlakatlardan 7 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan oʻquvchilar qatnashadi.  

📢 Oʻzbekistonlik yoshlarning xalqaro muvaffaqiyatlari bilan faxrlanamiz!

Tavsiya etamiz
Image placeholder
Image placeholder
Image placeholder
Image placeholder
Image placeholder