Avvalgi talqinga qaytish
Ortga qaytish

O‘zbekiston terma jamoasi 🇺🇿 21-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida ishtirok etish uchun Ruminiyaga yo'l oldi! ✈️🎉

Ta'lim
222
06.12.2024 09:35
O‘zbekiston terma jamoasi 🇺🇿 21-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida ishtirok etish uchun Ruminiyaga yo'l oldi! ✈️🎉

Joriy yilning 2-12-dekabr kunlari 🇷🇴 Ruminiyaning Buxarest shahrida 21-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasi 🧪🧬⚛️ o’tkaziladi. Xalqaro olimpiada tabiiy fanlar, ya’ni kimyo, biologiya va fizika fanlari bo’yicha o’quvchilarning kompleks bilimlarini sinashga hamda dunyo bo’yicha mazkur fanlardan maktab o’quvchilarining raqobat qilishlari uchun sog’lom muhit yaratishga qaratilgan. 🌍✨

21-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida dunyoning 60 ga yaqin davlatidan 🌎 jami 350 nafar iqtidorli o’quvchilar ishtirok etishi kutilmoqda. 🎓🏆

📌 Eslatib o'tamiz, o'tgan yilgi 20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi o'quvchilari 3 ta 🥈 KUMUSH va 2 ta 🥉 BRONZA medallarini qo’lga kiritgan edi.

Ushbu xalqaro olimpiada mintaqaviy xalqaro olimpiadalardan biri bo‘lib, g'oliblar va ularning o‘qituvchilari 💵 mukofotlari bilan taqdirlanadi. 🏅💼

Olimpiadada mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan yoshlarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz! ✨

Tavsiya etamiz
Image placeholder
Image placeholder
Image placeholder
Image placeholder
Image placeholder