Avvalgi talqinga qaytish
Ortga qaytish

O‘zbekistondagi 23 ta OTM Osiyoning eng kuchli universitetlari ro‘yxatiga kiritildi

Ta'lim
160
09.11.2024 12:49
O‘zbekistondagi 23 ta OTM Osiyoning eng kuchli universitetlari ro‘yxatiga kiritildi

Oliy ta’lim sohasidagi global tahlil agentligi 2025-yil uchun Osiyoning eng yaxshi universitetlari reytingini e'lon qildi, unda O‘zbekistonning 23 oliy ta’lim muassasasi top-1000 talikka kiritilgan. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.


6-noyabr kuni QS Quacquarelli Symonds (QS) Osiёdagi eng yaxshi universitetlar ro‘yxatining 16-nashri – QS Asia University Rankings 2025 ni e'lon qildi.

Reyting natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonning 23 oliy ta’lim muassasasi Osiyoning eng yaxshi universitetlari qatoriga kirdi va bu mamlakat oliy ta’limi uchun tarixiy rekord hisoblanadi. Shu jumladan, 11 ta universitet o‘z o‘rnini yaxshilagan, 2 tasi o‘z o‘rnini saqlab qolgan, 9 tasi esa birinchi bor reytingga kiritilgan; 1 ta universitet esa o‘z o‘rnini yo‘qotgan. Yangi reyting natijalari O‘zbekistonni Osiyoda eng ko‘zga ko‘ringan davlatlardan biriga aylantirdi.

Ma'lumot uchun, QS Asia University Rankings 2025 mintaqaning 25 davlat va hududidagi jami 985 oliy ta’lim muassasasini qamrab olgan, ulardan 127 tasi ilk bor ushbu reytingga kiritilgan.

QS reytingini shakllantirishda oliy ta’lim muassasalarining quyidagi 11 ko‘rsatkichi hisobga olinadi:

  • ilmiy obro‘ (akademik baho) — 30 foiz
  • ish beruvchilarning bahosi — 20 foiz
  • professor-o‘qituvchilar va talabalar nisbati — 10 foiz
  • xalqaro tadqiqot tarmog‘i (Scopus’da chop etilgan maqolalar soni) — 10 foiz
  • maqolalar iqtibosi — 10 foiz
  • har bir professor hissasiga to‘g‘ri keladigan maqolalar — 5 foiz
  • PhD darajasiga ega xodimlar ulushi — 5 foiz
  • xalqaro professor-o‘qituvchilar ulushi — 2,5 foiz
  • chet ellik talabalar ulushi — 2,5 foiz
  • almashinuv dasturlari orqali kelgan talabalar ulushi — 2,5 foiz
  • xorijga borgan talabalar ulushi — 2,5 foiz

2022-yilda ushbu reytingda O‘zbekistondan 8 universitet, 2023-yilda esa 14 ta oliy ta’lim muassasasi o‘rin egallagan edi.

Avvalroq, QS World University Rankings 2025 natijalarida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti top-1000 talikdan joy olgani xabar qilingan.

Tavsiya etamiz
Image placeholder
Image placeholder
Image placeholder
Image placeholder
Image placeholder