⚡️ Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari uchun 1 320 ta davlat granti tanlovi uchun qabul qayta ochildi.
Davlat komissiyasi qaroriga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan 1 320 ta davlat granti o‘rinlaridan vakant qolganlari bo‘yicha qo‘shimcha tanlov o‘tkaziladi.
2025-yil 25-noyabrdan 4-dekabrga qadar ushbu OTMlarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar Bilim va malakalarni baholash agentligining my.uzbmb.uz platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari kerak. Ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar uchun test sinovlari 2025-yil 11-dekabrga qadar o‘tkaziladi.
Test sanasi, vaqti va manzili haqidagi ma’lumot, shuningdek imtihonda ishtirok etish ruxsatnomasi abituriyentning shaxsiy kabinetida e’lon qilinadi.
Prezidentning PQ–4319-son qarori asosida ro‘yxatdan o‘tishda belgilangan miqdorda to‘lov amalga oshiriladi. To‘lovni o‘z vaqtida bajarmagan abituriyentlar testga qo‘yilmaydi va tanlovda ishtirok eta olmaydi.
Test natijalari ballar ketma-ketligi asosida shakllantirilib, 2025-yil 15-dekabrga qadar tegishli oliy ta’lim tashkilotlariga taqdim etiladi.


