
Husanov Ozodbek
Mening ismim Ozodbek, 27 yoshdaman. 2023-yilda Namangan davlat universiteti magistraturasini tamomlaganman. O‘qituvchilik faoliyatimni 19 yoshimdan boshlab, shu kungacha 1500 dan ortiq o‘quvchiga ustozlik qilganman. Pedagogik faoliyatim 2017-yilda “Mexmonxonov” o‘quv markazida boshlangan bo‘lib, 7 yil davomida ushbu markazda 1000 dan ortiq o‘quvchiga kimyo fanidan dars berdim. 2024-yil sentabr oyidan boshlab “Husanov Academy” xususiy maktabida faoliyat yuritmoqdaman. 2024–2025 o‘quv yilida: *o‘quvchilarimning 85% kimyo fanidan milliy sertifikat, *95% esa oliy o‘quv yurtlariga kirish natijalarini qo‘lga kiritishdi. Dars jarayonida mavzularni sodda, tushunarli va amaliy misollar bilan tushuntirishga, har bir o‘quvchi bilan individual ishlashga intilaman.

