Университеты
Университеты
Все
Все регионы
Рекомендуется


Nordic University
Xalqaro Nordik Universiteti — Toshkentda faoliyat yuritayotgan xalqaro xususiy oliy ta’lim muassasasi. Bu yerda talabalar zamonaviy yo‘nalishlar bo‘yicha tahsil olib, o‘qish davomida chet el universitetlarida davom ettirish, double degree dasturlarida qatnashish va xalqaro darajadagi diplom olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Nordik — ta’limni amaliy tajriba bilan uyg‘unlashtiradigan, yoshlarni kelajakga tayyorlaydigan ochiq va innovatsion universitet.
Направления - 29Частный
Рекомендуется

Central Asian University
Central Asian University — 2019-yilda tashkil etilgan, innovatsion nodavlat oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, har bir yo‘nalish bo‘yicha 150 nafargacha (100 nafari mahalliy, 50 nafari xalqaro) talabani qabul qiladi. Universitet kampusida talabalar uchun barcha sharoitlarga ega qulay yotoqxona joylashgan. Talabalarga Work and Travel dasturi orqali xalqaro tajriba orttirish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, universitet Germaniya (CBS), Shveytsariya (HTMi) va AQSh (Colorado State University) kabi nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda 3+1 va 1+1 shaklidagi ikki diplomli ta’lim dasturlarini taklif etadi.
Направления - 14Частный
Рекомендуется


Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti — O‘zbekistondagi birinchi xususiy oliygoh bo‘lib, xalqaro akkreditatsiya, ikki diplomli ta’lim va grant imkoniyatlarini taklif etadi. Ta’lim kredit-modul tizimida, xorijiy professorlar ishtirokida olib boriladi.
Направления - 38Частный
Рекомендуется


Toshkent Amaliy Fanlar Universiteti
Toshkent Amaliy Fanlar Universiteti – 2021-yilda tashkil etilgan zamonaviy nodavlat oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, talabalarni amaliyotga asoslangan kasbga tayyorlaydi. Universitetda 27 mingdan ortiq talaba o‘qiydi, ta’lim kunduzgi, kechki, sirtqi va masofaviy shakllarda olib boriladi.
Направления - 21Частный


PDP University
PDP University — bu PDP Ecosystem tomonidan 8 yillik IT ta’lim tajribasi asosida tashkil etilgan zamonaviy IT universiteti. Universitet IT va unga aloqador sohalarda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni maqsad qilgan.
PDP University’ning asosiy e’tibori talabalarga texnologiyalar tez o‘zgarayotgan zamonga moslashish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar berishga qaratilgan.
Направления - 4Частный


IT Park University
ITPU’ning o’quv dasturlari axborot texnologiyalari sohasida zamonaviy ta’limni taqdim etadi. Bizning o’qitish uslublarimiz mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan va doimiy ravishda tendentsiyalarga muvofiq yangilanib boradi.
Направления - 2Частный


University of Management and Future Technologies
University of Management and Future Technologies - bu Respublikamizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, iqtisodiyot, moliya va biznes boshqaruvi sohalarida kadrlar tayyorlaydigan yetakchi nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan biridir.
Universitet xalqaro hamkorlik asosida qo'shma diplom dasturlarini va xalqaro sertifikatlar olish imkoniyatini taklif etadi, bu esa talabalarga global bozorda raqobatbardosh bo'lish imkonini beradi.
Направления - 13Частный


Sharq Universiteti
SHARQ UNIVERSITETI — 2025-yilda litsenziyalangan, zamonaviy ta’lim, innovatsiya va qadriyatlarni uyg‘unlashtirgan holda xalqaro darajadagi raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, ilg‘or o‘qituvchilar, xalqaro hamkorlik va 2+2 dasturlari orqali talabalariga keng imkoniyatlar yaratadi.
Направления - 12Частный


Diplomat University
Diplomat University - kreativ yoshlarga sifatli ta’lim eshiklarini ochuvchi yangi avlod Universiteti. Universitetimiz global bozorda raqobatbardosh hamda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydi.
Ilg‘or ta’lim texnologiyalari hamda xalqaro standartlar asosida iqtisodiyot, jahon iqtisodiyoti, xalqaro munosabatlar, axborot texnologiyalari, filologiya (arab, ingliz va xitoy), biznesni boshqarish, marketing, buxgalteriya hisobi, bank ishi, psixologiya kabi mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan sohalar bo‘yicha zamonaviy kadrlarni yetishtirib beradi.
Направления - 13Частный


International Digital University
International Digital University (IDU) – bu zamonaviy raqamli texnologiyalar va biznes sohalariga ixtisoslashgan universitet bo‘lib, Britaniya ta’lim standartlariga asoslangan dasturlarni taklif qiladi. IDU Buyuk Britaniyaning University of Wolverhampton bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi, bu esa talabalar uchun xalqaro darajadagi bilim olish va Britaniya diplomiga ega bo‘lish imkoniyatini yaratadi. Universitetda o‘qitish ingliz va o‘zbek tillarida olib boriladi. IDU amaliy ta’limga urg‘u berib, IT va biznes sohalarida raqobatbardosh mutaxassislar yetishtirishga qaratilgan.
Направления - 4Частный


University of Digital Economics and Agrotechnologies
Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti 2022-yil 7-yanvarda tashkil etilgan va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan nodavlat oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya (No325388) berilgan. Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti (O‘zbekiston) Koventri universiteti (Buyuk Britaniya) bilan intellektual rag‘batlantiruvchi, madaniy jihatdan boyituvchi va innovatsion ta’lim muhitini taklif etish orqali talabalarni global karyeraga tayyorlash bo‘yicha hamkorlik qilmoqda.
Направления - 16Частный


TMC Xalqaro Instituti
TMC da biz ertangi kun yetakchilarini tayyorlaymiz. Sifatli ta’limni ta’minlashga intilgan holda, biz talabalarimizga tanlangan sohada ustunlik qilishga imkon beradigan istiqbolli va sohada dolzarb bo’lgan kurslarni taklif qilamiz. Akademik mukammallik va shaxsiy rivojlanish yo’lida bizga hamroh bo’ling.
2021-yilda asos solingan TMC Institute Tashkent, faoliyatini 1981-yilda boshlagan Singapurdagi TMC Academy ning ajralmas qismi hisoblanadi. Ikkala muassasa ham ta’lim sohasida o’ttiz yillik tajribaga ega bo’lgan Singapurning Advanced Investment Holding Pte Ltd kompaniyasiga tegishli. Sifatli ta’lim va mukammallik an’analarini biz bilan birga his eting.
Направления - 18Частный