Вернуться к предыдущей версии
Назад
Toshkent A

Toshkent Amaliy Fanlar Universiteti

Toshkent Amaliy Fanlar Universiteti – 2021-yilda tashkil etilgan zamonaviy nodavlat oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, talabalarni amaliyotga asoslangan kasbga tayyorlaydi. Universitetda 27 mingdan ortiq talaba o‘qiydi, ta’lim kunduzgi, kechki, sirtqi va masofaviy shakllarda olib boriladi.

Контрактная оплата

13 000 000 - 20 000 000 UZS

Срок приёма

01.06.2025 - 30.09.2025

Студент

0

Выпускник

0

Опыт

4

Направления

0

Направления обучения

Информация не найдена

Более подробная информация

Toshkent Amaliy Fanlar Universiteti (TAFU) – 2021-yilda tashkil etilgan, O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasining litsenziyasiga ega nodavlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Universitet zamonaviy kasblarga amaliy tayyorgarlik berishga ixtisoslashgan. Bakalavriat yo‘nalishlari Universitetda quyidagi yo‘nalishlar mavjud: *Bank ishi, Iqtisodiyot, Moliya, Buxgalteriya *Pedagogika, Psixologiya, Boshlang‘ich va Maktabgacha ta’lim *Ingliz tili, O‘zbek tili, Tarix *Kompyuter injiniringi, Axborot xavfsizligi, Biznes axborot tizimlari, Elektron tijorat Ta’lim shakllari va tizimi: *Kunduzgi, kechki, sirtqi, masofaviy va aralash (blended) shakllar mavjud. *O‘qish kredit-modul tizimi asosida tashkil etilgan. *Kirish imtihonlari onlayn IQ-test orqali o‘tkaziladi. Amaliyot va ko‘nikmalar 1-kursdan boshlab nazariy bilim amaliy mashg‘ulotlar bilan mustahkamlanadi. 2-kursdan boshlab har haftada 1 kun ishlab chiqarish amaliyoti ko‘zda tutilgan ("5+1" tizimi). O‘qituvchilar Universitetda 360 dan ortiq o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Ularning orasida fan nomzodlari, fan doktorlari va xorijiy universitet bitiruvchilari mavjud. Diplom va xalqaro aloqalar Universitet bitiruvchilari O‘zbekiston hududida tan olinadigan diplomga ega bo‘lishadi. Shuningdek, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya va boshqa davlatlardagi universitetlar bilan hamkorlik qilinadi. To‘lov va grantlar Ta’lim shartnoma asosida olib boriladi. Imkoniyati cheklangan va iqtidorli talabalar uchun grant va chegirmalar mavjud. Shartnoma to‘lovini bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati mavjud.

Адрес вуза

Позвонить