Вернуться к предыдущей версии
Назад
TEAM Unive

TEAM University

TEAM University — bu Toshkentda joylashgan, innovatsion va amaliy ta'limga yo‘naltirilgan birinchi xususiy tadbirkorlik universiteti bo‘lib, 2020-yildan beri faoliyat yuritadi. Universitetda talabalar real biznes loyihalarda ishtirok etib, xalqaro hamkorlar bilan (xususan LSBU bilan) o‘qish va tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Контрактная оплата

38 348 000 - 38 348 000 UZS

Срок приёма

01.06.2025 - 30.09.2025

Студент

0

Выпускник

0

Опыт

5

Направления

0

Направления обучения

Информация не найдена

Более подробная информация

TEAM University — bu O‘zbekistonda innovatsion yondashuvga asoslangan birinchi xususiy tadbirkorlik universitetidir. Universitet 2020-yilda Toshkent shahrida tashkil etilgan bo‘lib, asosiy maqsadi – yoshlarni zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalar bilan qurollantirib, ularni kelajakdagi yetakchi tadbirkorlar va biznes mutaxassislari sifatida tayyorlashdir. Qisqa vaqt ichida TEAM University quyidagi yutuqlarga erishdi: ● Xalqaro hamkor: Britaniyaning yetakchi ta'lim muassasalari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi, jumladan LSBU (London South Bank University) bilan akademik dasturlar asosida ishlanmoqda. ● Amaliy ta'lim: Universitetda o‘qish nazariyadan ko‘ra amaliyotga yo‘naltirilgan. Studentlar real loyihalar ustida ishlashadi, startaplar yaratishadi va biznes muhitida faol qatnashishadi. ● Tadbirkorlik muhiti: TEAM innovatsion fikrlash, kreativlik va liderlik kompetensiyalarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratadi. Kvota (nechta talaba qabul qilishi) Har yili TEAM University o‘rtacha 150–170 nafar talabani tanlab oladi, bu esa sifatli va individual yondashuvni ta'minlaydi. Kirish uchun eng kam talablar TEAM University-ga kirish uchun talabalar quyidagi talablar asosida tanlanadi: Ingliz tili: ○ IELTS balli 5.5 va undan yuqori bo‘lgan abituriyentlar uchun kirish imtihoni o‘tkazilmaydi. ○ Agar abituriyent ingliz tilini bilmasa, unda uzbek yoki rus tilidagi yo‘nalishlar mavjud. Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha abituriyentlar matematika fanidan kirish imtihonini topshirishlari kerak. Kirish imtihonlari: ○ Ingliz tili bo‘yicha talablar bajarilmagan abituriyentlar uchun ingliz tili bo‘yicha test o‘tkaziladi (agar ingliz tili bilim darajasi past bo‘lsa). ○ Matematika imtihoni barcha yo‘nalishlar uchun umumiy bo‘lib, abituriyentlar bu imtihonni topshirishlari shart. Yotoqxona mavjudligi Hozirgi kunda TEAM University talabalari uchun yotoqxona mavjud emas. Biroq, universitet hududida yashash joylarini izlashda yordam berish uchun talabalarga qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatiladi. Stipendiya bor yoki yoq? TEAM University’da hozircha stipendiyalar mavjud emas. Biroq, turli yo‘nalishlarda taqdim etiladigan grant dasturlari mavjud bo‘lib, ular orqali abituriyentlar o‘qish xarajatlarini kamaytirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Chet davlatlari bilan qanday kontraktlar borligi (2+2 yoki 3+1 yoki 1+3)- exchange programs: TEAM University xalqaro hamkorlik doirasida bir nechta imkoniyatlar taqdim etadi: London South Bank University (LSBU) — TEAM’ning asosiy xalqaro hamkorlaridan biri. Talabalar quyidagi shakllarda o‘qishlarini davom ettirishlari mumkin: ● 1 semestr yoki 1 yil davomida LSBUda tahsil olish (exchange program) ● Yozgi qisqa muddatli kurslarda ishtirok etish va ingliz tilini rivojlantirish, yangi tajriba orttirish Ishlash imkoniyati, universitet tomonidan yordam bormi? TEAM University talabalari uchun ishlash imkoniyatlari mavjud, va bu yo‘lda biz birinchi kursdayoq ularni qo‘llab-quvvatlaymiz. Career Center — universitetimizda faoliyat yurituvchi maxsus markaz bo‘lib, u talabalarimizga quyidagilarda yordam beradi: ● CV va motivatsion xat tayyorlash ● Intervyuga tayyorgarlik ● Bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berish ● Amaliyot va ish topishda ko‘maklashish Shuningdek, TEAM University’ning bir qator hamkor kompaniyalari bor. Ular orqali talabalarimiz o‘qish bilan birga ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishadi — bu haqiqiy tajriba orttirish uchun ajoyib imkoniyat!

Адрес вуза

Позвонить