⚡️Abituriyentlar uchun muhim eslatma!

Prezident farmoniga (PF-81, 24.05.2024) ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab, fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul faqat milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.
❗️ Bunda ushbu fandan test sinovi o‘tkazilmaydi. Abituriyentlar belgilangan darajadagi sertifikatni taqdim etishlari shart.
1-fan sifatida aniq belgilangan ingliz, nemis yoki fransuz tili ko‘rsatilgan ta’lim yo‘nalishlariga aynan o‘sha tildan sertifikat talab etiladi. Agar 1-fan “chet tili” deb yozilgan bo‘lsa, istalgan milliy yoki xalqaro tasdiqlangan sertifikat o‘taveradi.
📋 Respublika oliy ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test fanlari ro‘yxati e’lon qilingan. Sertifikatingizni tayyorlab, kirishga hoziroq Akam bilan tayyorgarlikni boshlang!