Назад

⚡️Biologiya, fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari sanalari e'lon qilindi.

Milliy Sertifikat
4
26.11.2025 16:10

Biologiya va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 2025-yil 29–30-noyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ikki smenada o‘tkaziladi.

29-noyabr (shanba):

• 1-smena: talabgorlar 7:00–8:30 oralig‘ida kiritiladi

• 2-smena: 13:00–14:30 oralig‘ida kiritiladi


30-noyabr (yakshanba):

• 1-smena: talabgorlar 7:00–8:30 oralig‘ida kiritiladi

• 2-smena: 13:00–14:00 oralig‘ida kiritiladi


Biologiya va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari esa 2025-yil 5–6-dekabr kunlari o‘tkaziladi. Barcha hududlarda ikki smena tartibi qo‘llanadi:

5–6-dekabr (juma–shanba):

• 1-smena: 7:00–8:30

• 2-smena: 12:00–13:30


Belgilangan vaqtdan kech kelgan yoki umuman kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

Imtihonda ishtirok etish uchun ruxsatnoma my.gov.uz portalidagi “Mening arizalarim” bo‘limidan yuklab olinadi. Unda test o‘tkaziladigan sana, manzil va smena ko‘rsatiladi. Talabgorlar belgilangan vaqtda kelishlari shart.

Мы рекомендуем
Информация не найдена