Uz Flag
RU

Назад

O‘zbekistondagi 23 ta OTM Osiyoning eng kuchli universitetlari ro‘yxatiga kiritildi

Ta'lim
179
09.11.2024 12:49

Oliy ta’lim sohasidagi global tahlil agentligi 2025-yil uchun Osiyoning eng yaxshi universitetlari reytingini e'lon qildi, unda O‘zbekistonning 23 oliy ta’lim muassasasi top-1000 talikka kiritilgan. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.


6-noyabr kuni QS Quacquarelli Symonds (QS) Osiёdagi eng yaxshi universitetlar ro‘yxatining 16-nashri – QS Asia University Rankings 2025 ni e'lon qildi.

Reyting natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonning 23 oliy ta’lim muassasasi Osiyoning eng yaxshi universitetlari qatoriga kirdi va bu mamlakat oliy ta’limi uchun tarixiy rekord hisoblanadi. Shu jumladan, 11 ta universitet o‘z o‘rnini yaxshilagan, 2 tasi o‘z o‘rnini saqlab qolgan, 9 tasi esa birinchi bor reytingga kiritilgan; 1 ta universitet esa o‘z o‘rnini yo‘qotgan. Yangi reyting natijalari O‘zbekistonni Osiyoda eng ko‘zga ko‘ringan davlatlardan biriga aylantirdi.

Ma'lumot uchun, QS Asia University Rankings 2025 mintaqaning 25 davlat va hududidagi jami 985 oliy ta’lim muassasasini qamrab olgan, ulardan 127 tasi ilk bor ushbu reytingga kiritilgan.

QS reytingini shakllantirishda oliy ta’lim muassasalarining quyidagi 11 ko‘rsatkichi hisobga olinadi:

  • ilmiy obro‘ (akademik baho) — 30 foiz
  • ish beruvchilarning bahosi — 20 foiz
  • professor-o‘qituvchilar va talabalar nisbati — 10 foiz
  • xalqaro tadqiqot tarmog‘i (Scopus’da chop etilgan maqolalar soni) — 10 foiz
  • maqolalar iqtibosi — 10 foiz
  • har bir professor hissasiga to‘g‘ri keladigan maqolalar — 5 foiz
  • PhD darajasiga ega xodimlar ulushi — 5 foiz
  • xalqaro professor-o‘qituvchilar ulushi — 2,5 foiz
  • chet ellik talabalar ulushi — 2,5 foiz
  • almashinuv dasturlari orqali kelgan talabalar ulushi — 2,5 foiz
  • xorijga borgan talabalar ulushi — 2,5 foiz

2022-yilda ushbu reytingda O‘zbekistondan 8 universitet, 2023-yilda esa 14 ta oliy ta’lim muassasasi o‘rin egallagan edi.

Avvalroq, QS World University Rankings 2025 natijalarida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti top-1000 talikdan joy olgani xabar qilingan.

Мы рекомендуем
O‘zbekistonda 11-iyuldan boshlab IELTSning qog‘oz imtihonlari to‘xtatiladi
O‘zbekistonda 11-iyuldan boshlab IELTSning qog‘oz imtihonlari to‘xtatiladi
O‘zbekistonda 11-iyuldan boshlab IELTSning qog‘oz imtihonlari to‘xtatiladiBu haqda IDP test markazi ma’lum qildi. Unga ko‘ra, 10-iyul kuniga rejalashtirilgan qog‘oz (paper-based) imtihonlar rejadagidek o‘tkaziladi, biroq 11-iyuldan boshlab faqat kompyuterda (computer-based) imtihon topshirish mumkin bo‘ladi.British Council esa hozircha bu haqda e’lon qilmadi. Biroq unda ham qog‘oz variantdagi imtihon uchun ro‘yxatdan o‘tib bo‘lmayapti.Oldinroq ro‘yxatdan o‘tganlar esa ixtiyoriy ravishda imtihon shaklini "computer-based"ga o‘zgartirishlari yoki to‘lovni to‘liq qaytarib olishlari mumkin. Avvalroq O‘zbekistonda IELTS imtihonida tushadigan savollar to‘plami "tarqalib ketgani" va bunday holatlar keskin ortgani haqidagi xabarlar ortidan 7-iyun kuni imtihon topshirgan nomzodlarning natijalari qayta tekshirish uchun olib qolingan edi.
Ta'lim
76
09.07.2025 20:27
📍 Xalqaro Nordik Universitetida yuqori darajadagi Finlyandiya delegatsiyasi mehmon bo‘ldi
📍 Xalqaro Nordik Universitetida yuqori darajadagi Finlyandiya delegatsiyasi mehmon bo‘ldi
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga raislik qilayotgan, Finlyandiya Tashqi ishlar vaziri Elina Valtonen xonim boshchiligidagi Finlyandiyaning yuqori martabali diplomatlaridan iborat delegatsiya Xalqaro Nordik Universitetiga tashrif buyurdi.Ushbu tashrif Toshkentda bo‘lib o‘tgan Xalqaro investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashi doirasida amalga oshirildi.Delegatsiya vakillariga universitet tomonidan ta’lim, biznes va investitsiya yo‘nalishlarida Markaziy Osiyodagi faoliyat, amalga oshirilayotgan loyihalar hamda istiqboldagi rejalar haqida batafsil ma’lumot berildi.Suhbat jarayonida tomonlar o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish va hamkorlikni yanada kengaytirish istagini bildirdilar
Ta'lim
196
18.06.2025 16:54
🎓 Fan olimpiadasi g‘oliblariga 4 yillik grant beriladimi?
🎓 Fan olimpiadasi g‘oliblariga 4 yillik grant beriladimi?
2025-yildan boshlab, davlat grantlari endi barcha talabalarga avtomatik 4 yilga berilmaydi. Grant avval 1 yilga ajratiladi, keyingi yillarda esa talabaning o‘zlashtirishiga qarab davom ettiriladi yoki bekor qilinadi.🤔 Ammo istisnolar bor!📌 To‘liq 4 yillik grant faqat quyidagi xalqaro olimpiada g‘oliblariga kafolatlanadi:1️⃣ IMO – Xalqaro matematika2️⃣ IPhO – Xalqaro fizika3️⃣ IChO – Xalqaro kimyo4️⃣ IBO – Xalqaro biologiya5️⃣ IOI – Xalqaro informatika🥇 Bu olimpiadalarda medal olgan o‘quvchilar test topshirmaydi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri 4 yillik davlat grantiga ega bo‘ladi!⸻❗ Respublika fan olimpiadasi yoki boshqa mukofotlar-chi?🔹 Imtihonda ball qo‘shiladi yoki imtihondan ozod bo‘lish mumkin🔹 Lekin grant kafolatlanmaydi🔹 Testda yetarli ball yigilsa — grantga tushadi🔹 Grant faqat 1 yilga beriladi🔹 Har yili natijalar asosida yangilanad
Ta'lim
228
18.06.2025 09:56
📊 2025-yilgi qabul yangiliklari: 200 mingdan ortiq abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi!
📊 2025-yilgi qabul yangiliklari: 200 mingdan ortiq abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi!
📅 17-iyun, soat 10:00 holatiga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yili uchun O‘zbekiston OTMlariga 200 953 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan! Bu — yoshlar orasida oliy ta’limga qiziqish katta ekanini ko‘rsatmoqda.🗣 Ta’lim tili bo‘yicha taqsimot:🇺🇿 O‘zbek tili – 176 331 nafar🇷🇺 Rus tili – 20 823 nafar🇰🇿 Qoraqalpoq tili – 3 205 nafar🌐 Boshqa tillar – 594 nafar👩‍🎓👨‍🎓 Jinslar kesimida:🙋🏻‍♀️ Ayollar – 105 313 nafar🙋🏻‍♂️ Erkaklar – 95 640 nafar📌 Xulosa:✅ Ro‘yxatdan o‘tganlar soni 200 mingdan oshdi✅ Aksariyat abituriyentlar testni o‘zbek tilida topshirishni tanlagan✅ Ayollar faolligi yuqori📢 Qabul jarayoni davom etmoqda! Ro‘yxatdan o‘tishni unutmang
Ta'lim
208
17.06.2025 18:10
🎯 Imtihonsiz OTMga kirish — kimlarga nasib qiladi?
🎯 Imtihonsiz OTMga kirish — kimlarga nasib qiladi?
2019-yil 3-maydagi Prezident qaroriga ko‘ra, ayrim xalqaro olimpiada g‘oliblari O‘zbekistonning davlat OTMlariga testsiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilinadi! 🏛️Bu imtiyoz — iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy etilgan.📌 Quyidagi 5 ta xalqaro olimpiada g‘oliblari imtiyozga ega:1️⃣ IMO – Xalqaro matematika olimpiadasi2️⃣ IPhO – Xalqaro fizika olimpiadasi3️⃣ IChO – Xalqaro kimyo olimpiadasi4️⃣ IBO – Xalqaro biologiya olimpiadasi5️⃣ IOI – Xalqaro informatika olimpiadasi🎓 Ushbu olimpiadalarda medal olganlar OTMga to‘g‘ridan-to‘g‘ri talaba sifatida qabul qilinadi — hech qanday testsiz!⸻🤔 Boshqa olimpiadalar-chi?🟡 Respublika fan olimpiadasi (1–3-o‘rin) g‘oliblari uchun esa quyidagicha imtiyoz bor:🔹 Asosiy mutaxassislik fani bo‘yicha – 93 ball🔹 Ikkinchi mutaxassislik fani bo‘yicha – 63 ball🔹 Bu ballar 3 yilgacha amal qiladi.⸻📢 Agar siz yoki tanishingiz yuqoridagi olimpiadalarda g‘olib bo‘lgan bo‘lsa — bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
Ta'lim
168
17.06.2025 17:49
🎓 PDP University'ga kirish – endi Akam.uz orqali tez, oson va qulay!
🎓 PDP University'ga kirish – endi Akam.uz orqali tez, oson va qulay!
PDP University — bu PDP Ecosystem tomonidan 7 yillik IT ta’lim tajribasi asosida tashkil etilgan zamonaviy IT universiteti. Universitet IT va unga aloqador sohalarda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni maqsad qilgan.📌 Akam.uz sizga nima taklif qiladi?✅ Yo‘nalishni tanlang, istalgan vaqtda mock imtihon topshiring.✅ Natijani ko‘rib, kirish imkoniyatingizni biling.✅ Testdan o‘ting va Universitetga ariza yuboring!🧠 Yo‘nalishlar va fanlar:🔹Dasturlash va dasturiy ta’minot ishlab chiqish: Matematika va Mantiq🔹Ma'lumotlarni tahlil qilish va sun'iy intelekt: Matematika va Mantiq🔹Biznes rahlili va loyiha boshqaruvi: Matematika va Mantiq🔹Axborot texnologiyalari va innovatsiyalar: Matematika va Mantiq👉 Bilimingizni sinab ko‘ring: https://akam.uz/xususiy-universitetlar/PDP-University
Ta'lim
193
03.06.2025 14:15
🎓 Turin Politexnika Universitetiga kirish – endi Akam.uz orqali tez, oson va qulay!
🎓 Turin Politexnika Universitetiga kirish – endi Akam.uz orqali tez, oson va qulay!
Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti — dunyoning eng yaxshi 250 ta universiteti qatoriga kiruvchi diplomni taqdim etadigan O‘zbekistondagi yagona oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.📌 Akam.uz sizga nima taklif qiladi?✅ Yo‘nalishni tanlang, istalgan vaqtda mock imtihon topshiring.✅ Natijani ko‘rib, kirish imkoniyatingizni biling.✅ Testdan o‘ting va Universitetga ariza yuboring!🧠 Yo‘nalishlar va fanlar:🔹Aviatsiya Muhandisligi: Matematika va Fizika🔹Avtomobil Muhandisligi: Matematika va Fizika🔹Dasturiy Ta'minot Muhandisligi: Matematika va Fizika🔹Arxitektura va Dizayn: Matematika va Fizika🔹Biznes boshqaruvi: Matematika va Fizika🔹Kompyuter Muhandisligi: Matematika va Fizika👉 Bilimingizni sinab ko‘ring: https://akam.uz/xususiy-universitetlar/Turin-Politexnika-Universiteti
Ta'lim
135
02.06.2025 10:26
🎓 IDU’ga kirish – endi Akam.uz orqali tez, oson va qulay!
🎓 IDU’ga kirish – endi Akam.uz orqali tez, oson va qulay!
International Digital University (IDU) – bu zamonaviy raqamli texnologiyalar va biznes sohalariga ixtisoslashgan universitet bo‘lib, Britaniya ta’lim standartlariga asoslangan dasturlarni taklif qiladi. 📌 Akam.uz sizga nima taklif qiladi?✅ Yo‘nalishni tanlang, istalgan vaqtda mock imtihon topshiring.✅ Natijani ko‘rib, kirish imkoniyatingizni biling.✅ Testdan o‘ting va Universitetga ariza yuboring!🧠 Yo‘nalishlar va fanlar:🔹Sun'iy Intellekt: Matematika va Mantiq🔹Kiber Xavfsizlik: Matematika va Mantiq🔹Kompyuter fanlari va IT: Matematika va Mantiq🔹Raqamli Biznes boshqaruvi: Matematika va Mantiq👉 Bilimingizni sinab ko‘ring: https://akam.uz/xususiy-universitetlar/International-Digital-University
Ta'lim
147
31.05.2025 16:43
🏛 Hozirda O‘zbekistonda jami 201 ta oliy ta’lim muassasasi faoliyat ko‘rsatmoqda.
🏛 Hozirda O‘zbekistonda jami 201 ta oliy ta’lim muassasasi faoliyat ko‘rsatmoqda.
📊 Hududlar bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari soni quyidagicha (kamdan-ko‘pga qarab):📍 Navoiy viloyatida – 3 ta;📍 Sirdaryo viloyatida – 3 ta;📍 Jizzax viloyatida – 5 ta;📍 Surxondaryo viloyatida – 6 ta;📍 Namangan viloyatida – 7 ta;📍 Xorazm viloyatida – 8 ta;📍 Andijon viloyatida – 9 ta;📍 Qashqadaryo viloyatida – 9 ta;📍 Farg‘ona viloyatida – 9 ta;📍 Buxoro viloyatida – 10 ta;📍 Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 11 ta;📍 Samarqand viloyatida – 14 ta;📍 Toshkent viloyatida – 17 ta;📍 Toshkent shahrida – 90 ta.📌 Ushbu ma’lumotlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining stat.edu.uz rasmiy axborot platformasidan olingan bo‘lib, u doimiy ravishda yangilanib boradi.Qo‘shimcha ma’lumot uchun: Milliy statistika qo‘mitasining rasmiy xabarida 2024/2025 o‘quv yili boshiga ko‘ra jami 222 ta oliy ta’lim muassasasi mavjudligi qayd etilgan.
Ta'lim
134
30.05.2025 16:30
🎓 Nordic University’ga kirish – endi Akam.uz orqali tez, oson va qulay!
🎓 Nordic University’ga kirish – endi Akam.uz orqali tez, oson va qulay!
Xalqaro Nordik Universiteti — Toshkentda faoliyat yuritayotgan xalqaro xususiy oliy ta’lim muassasasi. Bu yerda talabalar zamonaviy yo‘nalishlar bo‘yicha tahsil olib, o‘qish davomida chet el universitetlarida davom ettirish, double degree dasturlarida qatnashish va xalqaro darajadagi diplom olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.📌 Akam.uz sizga nimani taklif qiladi?✅ Yo‘nalishni tanlang va universitetning rasmiy mock imtihonini istalgan joyda, istalgan vaqtda topshiring✅ Natijalaringiz orqali kirish imkoniyatingizni biling✅ Testdan o‘tsangiz — hujjat topshirishni ham shu yerning o‘zida yakunlang!🧠 Yo‘nalishlar va fanlar:Xorijiy til va adabiyot: Ingliz tili (10) va Ona tili (10)Maxsus pedagogika (logopediya): Biologiya (10) va Ona tili (10)Iqtisodiyot: Matematika (10) va Ingliz tili (10)Boshlang'ich ta'lim: Matematika (10) va Ona tili (10)Musiqa ta'limi: Madaniyat asoslari (10) va Ona tili (10)Psixologiya: Biologiya (10) va Ona tili (10)Jurnalistika: Ona tili (10) va Tarix (10)Kompyuter injiniring: Matematika (10) va Fizika (10)Jahon va xalqaro iqtisodiyot: Matematika (10) va Ingliz tili (10)👉 Bilimingizni sinab ko‘ring va imkoniyatingizni biling — hoziroq: https://akam.uz/xususiy-universitetlar
Ta'lim
140
30.05.2025 16:11