Abituriyentlar uchun eng muhim savollardan biri: "Imtihondan keyin nima qilishim kerak?"
1️⃣ 5 TAGACHA YO‘NALISH TANLANADI
Test natijangiz e’lon qilingach, sizga 5 tagacha yo‘nalish tanlash imkoni beriladi.
Tanlovda istalgan OTM va yo‘nalishni tanlashingiz mumkin.
Ammo bu siz topshirgan fanlar majmuasiga mos kelishi kerak.
Masalan, matematika-fizikaga topshirgan abituriyent filologiya yo‘nalishiga hujjat topshira olmaydi.
2️⃣ TA’LIM SHAKLINI TANLAYSIZ
Siz yo‘nalishlarni tanlash bilan birga, har bir yo‘nalish uchun ta’lim shaklini ham tanlaysiz:
🔸 Kunduzgi
🔸 Sirtqi
🔸 Kechki
🔸 Masofaviy (onlayn)
Har xil ta’lim shakllarini aralashtirib tanlash mumkin. Masalan:
1-yo‘nalish: kunduzgi
2-yo‘nalish: kunduzgi
3-yo‘nalish: sirtqi
4-yo‘nalish: kechki
5-yo‘nalish: masofaviy
Tanlagan shakl bo‘yicha qabul kvotalari mavjud bo‘ladi.
3️⃣ USTUVORLIKNI TANLAYSIZ
Bu bosqichda sizdan quyidagi tanlov qilinadi: Siz uchun yo‘nalish muhimmi yoki davlat granti muhimmi?
Masalan, kimdir: “Qaysi yo‘nalishga kirsam ham farqi yo‘q, muhimi grant!”
U holda siz ustuvorlikni GRANTGA qaratasiz.
Boshqasi: “Men aynan birinchi tanlagan yo‘nalishga kirmoqchiman, hattoki kontrakt bo‘lsa ham.”
Bunda ustuvorlik YO‘NALISHGA beriladi.
Bu tanlov sizning qaysi OTMga, qanday shaklda kirishingizni belgilab beradi.
🫥 2025-yilda yakuniy mandat 20-avgust atrofida e’lon qilinishi kutilmoqda (agar oldingi yillardagidek tasdiqlash kechiktirilmasa).
❗️Eslatma:
Tanlovni mas’uliyat bilan bajaring. Birinchi yo‘nalish siz uchun eng muhim variant bo‘lishi kerak. Sababi, tanlovda shunday ustuvorlik ko‘zda tutiladi.









