Bugun test sinovlarining oxirgi kuni
24-iyuldan boshlab natijalar e’lon qilinadi va 3 kundan so‘ng abituriyentlar uchun yo‘nalish tanlash jarayoni boshlanadi. Bo‘lajak talabalar 5 tagacha yo‘nalish tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
E'tibor bering tanlangan barcha yo‘nalishlarda mutaxassislik fanlari majmuasi va ularning ketma-ketligi bir xil bo‘lishi shart.
Masalan, 1-fan matematika, 2-fan fizika bo‘lsa, qolgan yo‘nalishlarda ham aynan shu tartibda bo‘lishi kerak. Abituriyentlar bir xil OTM ichidagi turli yo‘nalishlarni, yoki turli OTMlarning fanlarga mos yo‘nalishlarini tanlashi mumkin.
Shuningdek, bo'lajak talabalar ta'lim shaklini ham turlicha tanlay olishadi. Masalan, birinchi va ikkinchi oliygohlarda kunduzgi belgilansa, qolgan 3 ta oliy ta'lim maskanlarida kechki va masofaviy shaklni belgilashlari mumkin.
Asosiysi — mutaxassislik fanlari mos bo‘lishi kerak.
Imtihonga oid muddatlar:
14-23-iyul — test jarayonlari;
24-iyuldan 7-avgustgacha — yo‘nalish tanlash jarayoni (taxminiy muddat, o’zgarishi ham mumkin);
8-17-avgust — mandatni tayyorlash jarayoni (taxminiy muddat);
17-avgust — mandat kuni (taxminiy muddat);
18-27-avgust — oliygohga kira olmagan abituriyentlarning texnikumlarni tanlash jarayoni (taxminiy muddat).









