Ortga qaytish

BuxDU talabasi – Prezident Olimpiadasi g‘olibi!

Talaba
16
28.11.2025 09:10

“Yangi O‘zbekiston Olimpiya Cho‘qqilari” nomli nufuzli Prezident Olimpiadasining Respublika bosqichida Buxoro davlat universiteti Jismoniy tarbiya va sport fakulteti 1-bosqich talabasi Ravshanov Zayniddin g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 


U yengil atletika sport turining 110 metrga g‘ov osha yugurish bahslarida 14.07 soniya natija bilan marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tdi va oltin medalga sazovor bo‘ldi. 


Zayniddin Ravshanovni, uning ustozlari va oila aʼzolarini ushbu yorqin g‘alaba bilan samimiy muborakbod etamiz! Kelgusi musobaqalarda ham omad va yangi zafarlar tilaymiz!

Tavsiya etamiz
Toshkent davlat transport universiteti talabalari Fransiyadagi Airbus markazida amaliyot oʻtaydilar
Toshkent davlat transport universiteti talabalari Fransiyadagi Airbus markazida amaliyot oʻtaydilar
27-noyabr kuni Toshkent davlat transport universitetida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Fransiya Transport vaziri Filipp Tabaro hamda ikki mamlakat taʼlim va aviatsiya sohasi mutasaddilari ishtirokida hamkorlik bitimini imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.Toshkent davlat transport universiteti, Fransiyaning Milliy fuqaro aviatsiyasi maktabi (ENAC) va dunyoning yetakchi aerokosmik kompaniyalaridan biri – Airbus oʻrtasida imzolangan ushbu bitim taʼlim, ilm-fan va amaliyotni integratsiya qilgan holda aviasozlik soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.
Talaba
18
28.11.2025 09:11
❗️Kontraktda o‘qitayotgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun yaxshi yangilik
❗️Kontraktda o‘qitayotgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun yaxshi yangilik
Davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlariga respublika hududidagi oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yillik kontrakt summasining 30 foizi miqdoridagi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan oshmaydigan (bugungi kunda 6 mln 180 ming so‘m) qismi qoplab beriladi — Prezident qarori.Ushbu yangilik 2026-yil 1-yanvardan boshlab Tibbiyot muassasalarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga kiritiladi.
Talaba
17
26.11.2025 15:37
Kontraktingizning 12% Sizga Qaytishini Bilarmidingiz?
Kontraktingizning 12% Sizga Qaytishini Bilarmidingiz?
Ko‘pchilik bilmaydi: O‘zbekiston Soliq kodeksining 378-moddasiga asoslanib, siz ta’lim uchun to‘lagan kontrakt summasidan 12% daromad solig‘ini qaytarib olishingiz mumkin. Bu nafaqat o‘zingiz uchun, balki farzandlar, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘ingiz o‘qishi uchun to‘langan kontraktga ham tegishli.Agar siz tijorat banki orqali ta’lim krediti olgan bo‘lsangiz — kredit foizlari ham soliqdan ozod etiladi. Ya’ni, kredit to‘lovlarining ham bir qismi sizga qaytadi. Eng muhimi, super-kontrakt to‘lovlariga ham aynan shu imtiyoz tatbiq etiladi!Asosiy maqsad — ta’lim xarajatlarini yengillashtirish. Shunchaki zarur hujjatlarni rasmiylashtirasiz va davlat sizga to‘langan pulning bir qismini qaytaradi. Yiliga millionlab so‘mlar ortga qaytishi mumkin — bundan foydalanmaslik katta yo‘qotish!
Talaba
19
26.11.2025 15:14