Kontraktingizning 12% Sizga Qaytishini Bilarmidingiz?
Ko‘pchilik bilmaydi: O‘zbekiston Soliq kodeksining 378-moddasiga asoslanib, siz ta’lim uchun to‘lagan kontrakt summasidan 12% daromad solig‘ini qaytarib olishingiz mumkin. Bu nafaqat o‘zingiz uchun, balki farzandlar, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘ingiz o‘qishi uchun to‘langan kontraktga ham tegishli.
Agar siz tijorat banki orqali ta’lim krediti olgan bo‘lsangiz — kredit foizlari ham soliqdan ozod etiladi. Ya’ni, kredit to‘lovlarining ham bir qismi sizga qaytadi. Eng muhimi, super-kontrakt to‘lovlariga ham aynan shu imtiyoz tatbiq etiladi!
Asosiy maqsad — ta’lim xarajatlarini yengillashtirish. Shunchaki zarur hujjatlarni rasmiylashtirasiz va davlat sizga to‘langan pulning bir qismini qaytaradi. Yiliga millionlab so‘mlar ortga qaytishi mumkin — bundan foydalanmaslik katta yo‘qotish!



