Ortga qaytish

❗️ O‘zbek-Fransuz universiteti tashkil etiladi.

Oliygoh
3
26.11.2025 16:03

26-noyabr kuni PQ–354-sonli Prezident qarori bilan O‘zbek-Fransuz universitetini tashkil etish bo‘yicha rasman qaror qabul qilindi. Yangi universitet o‘z faoliyatini O‘zbekiston qonunchiligi talablari va Fransiya universitetlari konsorsiumi tavsiyalari asosida olib boradi.


Ta’lim dasturlari bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi: dastlab magistratura, keyinchalik bakalavriat va doktorantura yo‘nalishlari ochiladi. Universitetga kirish uchun tayyorlov kursi ham joriy etiladi.


O‘qish maqsadli davlat grantlari va to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Universitet bitiruvchilari O‘zbek-Fransuz universiteti diplomi yoki Fransiyada akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkor Fransiya universitetlaridan diplom olishlari mumkin bo‘ladi. Ushbu diplomlar O‘zbekiston Respublikasida tan olinadi.

Tavsiya etamiz