Назад

✅ Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Hilola Umarova boshchiligida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Ta'lim
8
28.11.2025 09:13

🔰 Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova, mas’ul xodimlar, hududiy bo‘linma hamda tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.


🔹Yig‘ilishda Davlatimiz rahbari tomonidan sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha qator vazifalar belgilab berilayotganligi hamda ularning ijrosini ta’minlashda barcha bo‘g‘in rahbarlarining mas’uliyati katta ekanligi alohida qayd etildi.


➖ Shuningdek, maktabgacha ta’lim va joriy yil avgust — noyabr oylarida o‘tkazilgan malaka toifa sinovlari natijalari ham ko‘rib chiqildi.

Мы рекомендуем
📢 Ustozlar uchun YANGI IMKONIYAT!
📢 Ustozlar uchun YANGI IMKONIYAT!
Endi siz ham o‘z kurslaringizni platformamizga joylab, minglab o‘quvchilarga professional shaklda yetib borishingiz mumkin. Hech qanday qo‘shimcha texnik ishlar yoki to‘lov yig‘ish bilan ovora bo‘lmaysiz — biz hammasini soddalashtirdik!Akam.uz orqali kurs sotishning afzalliklari:⏱️ Vaqtingiz tejaladiTo‘lovlarni yig‘ish, o‘quvchilarni qo‘shish yoki nazorat qilish bilan shug‘ullanishga hojat yo‘q — hammasi avtomatlashtirilgan!🔒 Materiallar xavfsizligi ta’minlanadiTelegram kanallaridagi kabi matn, video va testlaringiz tarqalib ketmaydi — biz maxfiylikni himoya qilamiz!🎯 Katta auditoriya — katta imkoniyatPlatformamizda 50 000+ faol foydalanuvchi bor. Sizning kursingiz aynan o‘sha talab yuqori bo‘lgan o‘quvchilarga yetib boradi!💰 Barqaror daromad manbaiHar bir sotilgan kursdan daromadga ega bo‘lasiz. Siz yaratgan bilim — sizga foyda!---📞 Agar siz ham o‘z kursingizni sotmoqchi bo‘lsangiz — biz bilan bog‘laning: @Akam_Admin
Ta'lim
7
27.11.2025 16:30
Xorazm viloyatida  sayyor qabul
Xorazm viloyatida sayyor qabul
Bilim va malakalarni baholash agentligi rahbariyati tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga javob berish maqsadida sayyor qabullar davom etmoqda.Navbatdagi uchrashuv Agentlik direktorining maslahatchisi Orzikul Mirzoyevich Boboyev tomonidan Xorazm viloyatida o‘tkaziladi. Qabul 28-noyabr kuni soat 15:00 da Bilim va malakalarni baholash agentligining Xorazm viloyatidagi binosida bo‘lib o‘tadi.Manzil: Xorazm viloyati, Urganch tumani, Yuqori Do‘rman, Yuqoriovul MFY, O‘zbekiston shox ko‘chasi, 2/2-uy.
Ta'lim
10
26.11.2025 16:11
Qashqadaryo viloyatida  sayyor qabul
Qashqadaryo viloyatida sayyor qabul
Bilim va malakalarni baholash agentligi rahbariyati jismoniy hamda yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga javob berish maqsadida sayyor qabullar tashkil etmoqda.Navbatdagi uchrashuv Agentlik direktori o‘rinbosari Farxod Mirzayev tomonidan Qashqadaryo viloyatida o‘tkaziladi. Tadbir 28-noyabr kuni soat 16:00 da O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qashqadaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasida bo‘lib o‘tadi.Qabul manzili: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar, Islom Karimov ko‘chasi, 249-uy.
Ta'lim
8
26.11.2025 16:06
❓Xorijiy universitetlarda olingan diplomlar Oʻzbekistonda qanday nostrifikatsiyadan oʻtkaziladi?
❓Xorijiy universitetlarda olingan diplomlar Oʻzbekistonda qanday nostrifikatsiyadan oʻtkaziladi?
Nostrifikatsiya — xorijda olingan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni O‘zbekistonda tan olish jarayoni bo‘lib, u Bilimni baholash agentligi tomonidan amalga oshiriladi. Faqat 1992-yil 1-yanvardan keyin berilgan diplomlar qabul qilinadi.Jarayon ikki shaklda o‘tadi: • test sinovi asosida; • sinovlarsiz.Diplom quyidagi hollarda sinovlarsiz tan olinadi: • QS, THE yoki ARWU reytinglarining Top-1000 taligiga kirgan universitetlarda tahsil olingan bo‘lsa; • Prezident yoki hukumat hujjatlari asosida xorijda o‘qiganlar; • Prezident yoki hukumat qarori bilan O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy OTMlarda tahsil olganlar; • davlat grantlari yoki kvotalari orqali, vazirlik yo‘llanmasi bilan o‘qiganlar.Boshqa barcha holatlarda mutaxassislik bo‘yicha test topshiriladi.Arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali qabul qilinadi.Kerakli hujjatlar: • diplom va ilovasi; • ularning davlat tiliga notarial tasdiqlangan tarjimasi; • pasport nusxasi; • davlat boji to‘lov hujjati.Davlat boji miqdori: BHMning 3 baravari. Onlayn topshirilganda — 10% chegirma, nogironligi bor shaxslar va ijtimoiy reyestrdagilar uchun — 50% chegirma mavjud.Hujjatlar PDF shaklida yuklanadi. Test sanasi oldindan rasmiy kanallarda e’lon qilinadi.
Ta'lim
8
26.11.2025 15:39
Maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi islohotlar ijrosi va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor xulosasi
Maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi islohotlar ijrosi va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor xulosasi
➖ O‘tgan davrda o‘qituvchilarning oyligiga qo‘shimcha 10 dan ziyod ustamalar joriy qilinib, bugun o‘z ustida ishlagan 60 mingdan ortiq o‘qituvchi 10-12 million so‘m maosh olyapti. Bu qachon bo‘lgan?” – dedi Prezident.➖ Joriy oydan boshlab maktab direktorlari, bog‘cha mudiralari va ularning o‘rinbosarlari oyligi ham 10 million so‘mdan oshdi. Yangi baholash tizimiga o‘tgan 1,5 ming maktabning 300 tasi ijobiy natija ko‘rsatgani uchun butun jamoasi 40 foizgacha ustama oladi.➖ Joriy yil boshidan xalqaro fan olimpiadalarida o‘quvchilarimiz 195 ta medalni qo‘lga kiritgan o'quvchilarga oshirilgan stavkada jami 10 milliard so‘m, murabbiy o‘qituvchilariga esa 3,5 milliard so‘m pul mukofoti beriladi.➖ Xorijiy til egalari jalb qilingan 1 mingdan ziyod maktabda til bo‘yicha sertifikat olgan o‘quvchilar soni bir yilda 2,5 barobar ko‘paydi.➖ Yangi o‘quv yilidan pedagogika oliygohlarida o‘rta maxsus ma’lumotli tarbiyachilar uchun “1+5” (1 kun o‘qish, 5 kun ish) bakalavr ta’lim shakli joriy qilinadi. Bu orqali bog‘chalarga har yili qariyb 10 ming oliy ma’lumotli mutaxassis kirib keladi.➖ Kelgusi yilda har bir viloyatda bog‘cha tarbiyachilari pedagogik mahoratini oshirishga metodik ko‘maklashuvchi tayanch “Yangi avlod” bog‘chalari barpo qilinadi.➖ 2026 yilda maktab o‘quvchilari o‘rtasida eng nufuzli ikkita – xalqaro kimyo va informatika olimpiadalari Markaziy Osiyo davlatlari ichida ilk bor O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi. Manba
Ta'lim
154
12.09.2025 17:38
Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etiladi
Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etiladi
➖Yurtboshimiz yig‘ilishda “Bizda 450 ming o‘quvchini qabul qila oladigan 598 ta texnikum bor. Bu yoshlar uchun juda katta resurs, sharoit va imkoniyat” ekanligini alohida ta’kidladilar. ➖Lekin bu yil 9-sinfni 608 ming o‘quvchi bitirgan bo‘lsa, ularni atigi 182 ming nafari texnikumlarga boryapti. Shu sababli, bugundan boshlab bir yil yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish yili bo‘ladi”,– dedi Prezident.➖Mutasaddilar zimmasiga viloyat va tuman hokimlari bilan birgalikda Prezident va ixtisoslashgan maktabda orttirilgan tajriba asosida joriy yilda 598 ta texnikumga xalqaro standart bo‘yicha zamonaviy kasbga o‘qitish muhitini olib kirish vazifasi qo‘yildi. ➖Umuman, viloyat va tuman hokimlariga kelgusi o‘quv yilida 9-sinf bitiruvchilarining kamida 50 foizini, hozirgiga qo‘shimcha yana 200 ming o‘quvchini texnikumga qamrab olish topshirildi.➖Bu ishlarni yagona siyosat asosida olib borish uchun Kasbiy ta’lim agentligi tashkil qilinadi.Manba
Ta'lim
120
12.09.2025 17:36
O’zbekistonda maktablar 12 yillik ta’lim tizimiga o‘tadimi?
O’zbekistonda maktablar 12 yillik ta’lim tizimiga o‘tadimi?
Bunda maktabga tayyorlov guruhlari maktab ta’limiga qo‘shiladi, natijada 12 yillik ta’lim tizimi yaratiladi.Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining o’rinbosari Sardor Rajabovning ma’lum qilishicha, yangi tizimdan maqsad, eng avvalo, ta’lim sifatini oshirish. Bundan tashqari hozirda xorijiy universitetlarga o‘qishga kirayotgan o‘quvchilarimiz maktablar 11 yillik bo’lgani sababli boshida bir yil “foundation courses”, ya’ni o‘sha boshlang‘ich tayyorgarlik bo‘yicha o‘qishga majbur bo‘lyapti va bir yil yo‘qotyapti. “Agar 12 yillik ta’limni qonunchilikka kiritadigan bo‘lsak, bunda bizda bir qator davlatlarda, ya’ni “foundation” o‘qishga majbur bo‘lishmaydi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘sha bakalavr darajasiga kirganda o‘qish imkoniyati yaratiladi”, — dedi Sardor Rajabov.Manba
Ta'lim
137
12.09.2025 17:34
Oliygoh, texnikum va maktablarda xitoy tili o‘rgatiladi
Oliygoh, texnikum va maktablarda xitoy tili o‘rgatiladi
Davlatimiz rahbarining Xitoyga tashrifi davomida energetika, geologiya, kimyo, transport, qishloq va suv xo‘jaligi sohalaridagi o‘nlab yirik kompaniya rahbarlari bilan 35 milliard dollarlik istiqbolli loyihalar paketi shakllantirildi.Bunday loyihalar uchun texnologiyalar va xitoy tilini yaxshi biladigan minglab kadrlar kerakligi ta’kidlandi. Kasbga o‘rgatishda Xitoy tajribasini joriy etish maqsadida har bir viloyatda 2 tadan “O‘zbekiston – Xitoy ustaxonasi”ni tashkil qilish topshirildi.Oliygoh, texnikum va maktablarda xitoy tilini o‘qitish maqsadida 100 dan ziyod til egalari va volontyorlar taklif qilinadi.Manba
Ta'lim
108
12.09.2025 17:32
Yagona davlat imtihoni joriy etildimi? Endi testlar bekor bo’ladimi?
Yagona davlat imtihoni joriy etildimi? Endi testlar bekor bo’ladimi?
✅ Yagona davlat imtihoni g‘oyasi haqiqatdan bor, dastlab bu haqda 2020-yilda hujjat loyihasi ishlab chiqilgan edi. Aytmoqchimanki, bu kecha chiqqan yangilik emas, bir necha yildan buyon o’ylashmoqda. ❗️Mazkur tizimni taxminan 2028-yildan keyin joriy etilishi rejalashtirilgan (agar ulgurishsa). Ya’ni kelasi yildan bo’lar ekan, deb vahima qilish shartmas.📝 Yagona davlat imtihoni (YDI) nima? • 11-sinf yakunida topshiriladigan davlat attestatsiyasi boshqa tizimlar bilan birlashtiriladi; • o’quvchilar maktabni bitirayotganda topshirgan imtihon natijasi universitetlarga kirish uchun ham o’tadi; • YDI o’z navbatida Milliy sertifikat o‘rnini ham bosadi.🔹 Bundan nima maqsad ko’zlangan? • abituriyentlarni ortiqcha ovoragarchilik va xarajatdan qutqarish (maktab imtihoni, sertifikat va alohida kirish testlari o‘rniga bitta imtihon); • faqat yodlashga emas, balki fikrlash, esse (insho) yozish, matnni tushunish, mantiqiy fikrlash kabi ko‘nikmalarga ham e’tibor qaratish. Chunki hozir kirish imtihonidagi yopiq test formatidagi (4 ta variantli) testlar asosan xotiraga yo’naltirilgan xolos, fikrlashga emas.🔸 Tartibi qanday bo‘ladi? • imtihonlar Bilimlarni baholash agentligining hududlardagi maxsus katta pavilyonlarida, kompyuter orqali topshiriladi. Ya’ni imtihonni maktablarning o’zi emas Agentlik oladi;• har bir maktab bitiruvchilari grafik asosida navbatma-navbat imtihon topshirib chiqadi. Shu bitta imtihon natijasi universitetlarga kirish uchun ham o’tadi;• bu hali taxminiy tartiblarga takliflar xolos, aniq qaror yoki rasmiy hujjat yo’q. Tartibi tasdiqlangandan keyin, aniqroq va batafsilroq nimadir aytish mumkin.❗️Xulosa: bu o‘zgarishlar yaqin yillarda bo’ladi degani emas. Tizimdan maqsad — ovoragarchilikka barham berib, yoshlarni shablondan chiqarib, ularda mustaqil fikrlash ko’nikmasini rivojlantirish.Manba
Ta'lim
119
12.09.2025 17:28
Ingliz tilidan bepul video darslar
Ingliz tilidan bepul video darslar
Learn English: Lessons for BeginnersTravel English | English for Travel and TourismBasic EnglishIngliz tilini 0 dan o’rganishIngliz tili zamonlari
Ta'lim
153
13.08.2025 16:44