Uz Flag
RU

Назад

Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etiladi

Ta'lim
4
12.09.2025 17:36


➖Yurtboshimiz yig‘ilishda “Bizda 450 ming o‘quvchini qabul qila oladigan 598 ta texnikum bor. Bu yoshlar uchun juda katta resurs, sharoit va imkoniyat” ekanligini alohida ta’kidladilar. 


➖Lekin bu yil 9-sinfni 608 ming o‘quvchi bitirgan bo‘lsa, ularni atigi 182 ming nafari texnikumlarga boryapti. Shu sababli, bugundan boshlab bir yil yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish yili bo‘ladi”,– dedi Prezident.


➖Mutasaddilar zimmasiga viloyat va tuman hokimlari bilan birgalikda Prezident va ixtisoslashgan maktabda orttirilgan tajriba asosida joriy yilda 598 ta texnikumga xalqaro standart bo‘yicha zamonaviy kasbga o‘qitish muhitini olib kirish vazifasi qo‘yildi. 


➖Umuman, viloyat va tuman hokimlariga kelgusi o‘quv yilida 9-sinf bitiruvchilarining kamida 50 foizini, hozirgiga qo‘shimcha yana 200 ming o‘quvchini texnikumga qamrab olish topshirildi.


➖Bu ishlarni yagona siyosat asosida olib borish uchun Kasbiy ta’lim agentligi tashkil qilinadi.


Manba

Мы рекомендуем
Maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi islohotlar ijrosi va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor xulosasi
Maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi islohotlar ijrosi va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor xulosasi
➖ O‘tgan davrda o‘qituvchilarning oyligiga qo‘shimcha 10 dan ziyod ustamalar joriy qilinib, bugun o‘z ustida ishlagan 60 mingdan ortiq o‘qituvchi 10-12 million so‘m maosh olyapti. Bu qachon bo‘lgan?” – dedi Prezident.➖ Joriy oydan boshlab maktab direktorlari, bog‘cha mudiralari va ularning o‘rinbosarlari oyligi ham 10 million so‘mdan oshdi. Yangi baholash tizimiga o‘tgan 1,5 ming maktabning 300 tasi ijobiy natija ko‘rsatgani uchun butun jamoasi 40 foizgacha ustama oladi.➖ Joriy yil boshidan xalqaro fan olimpiadalarida o‘quvchilarimiz 195 ta medalni qo‘lga kiritgan o'quvchilarga oshirilgan stavkada jami 10 milliard so‘m, murabbiy o‘qituvchilariga esa 3,5 milliard so‘m pul mukofoti beriladi.➖ Xorijiy til egalari jalb qilingan 1 mingdan ziyod maktabda til bo‘yicha sertifikat olgan o‘quvchilar soni bir yilda 2,5 barobar ko‘paydi.➖ Yangi o‘quv yilidan pedagogika oliygohlarida o‘rta maxsus ma’lumotli tarbiyachilar uchun “1+5” (1 kun o‘qish, 5 kun ish) bakalavr ta’lim shakli joriy qilinadi. Bu orqali bog‘chalarga har yili qariyb 10 ming oliy ma’lumotli mutaxassis kirib keladi.➖ Kelgusi yilda har bir viloyatda bog‘cha tarbiyachilari pedagogik mahoratini oshirishga metodik ko‘maklashuvchi tayanch “Yangi avlod” bog‘chalari barpo qilinadi.➖ 2026 yilda maktab o‘quvchilari o‘rtasida eng nufuzli ikkita – xalqaro kimyo va informatika olimpiadalari Markaziy Osiyo davlatlari ichida ilk bor O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi. Manba
Ta'lim
5
12.09.2025 17:38
O’zbekistonda maktablar 12 yillik ta’lim tizimiga o‘tadimi?
O’zbekistonda maktablar 12 yillik ta’lim tizimiga o‘tadimi?
Bunda maktabga tayyorlov guruhlari maktab ta’limiga qo‘shiladi, natijada 12 yillik ta’lim tizimi yaratiladi.Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining o’rinbosari Sardor Rajabovning ma’lum qilishicha, yangi tizimdan maqsad, eng avvalo, ta’lim sifatini oshirish. Bundan tashqari hozirda xorijiy universitetlarga o‘qishga kirayotgan o‘quvchilarimiz maktablar 11 yillik bo’lgani sababli boshida bir yil “foundation courses”, ya’ni o‘sha boshlang‘ich tayyorgarlik bo‘yicha o‘qishga majbur bo‘lyapti va bir yil yo‘qotyapti. “Agar 12 yillik ta’limni qonunchilikka kiritadigan bo‘lsak, bunda bizda bir qator davlatlarda, ya’ni “foundation” o‘qishga majbur bo‘lishmaydi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘sha bakalavr darajasiga kirganda o‘qish imkoniyati yaratiladi”, — dedi Sardor Rajabov.Manba
Ta'lim
5
12.09.2025 17:34
Oliygoh, texnikum va maktablarda xitoy tili o‘rgatiladi
Oliygoh, texnikum va maktablarda xitoy tili o‘rgatiladi
Davlatimiz rahbarining Xitoyga tashrifi davomida energetika, geologiya, kimyo, transport, qishloq va suv xo‘jaligi sohalaridagi o‘nlab yirik kompaniya rahbarlari bilan 35 milliard dollarlik istiqbolli loyihalar paketi shakllantirildi.Bunday loyihalar uchun texnologiyalar va xitoy tilini yaxshi biladigan minglab kadrlar kerakligi ta’kidlandi. Kasbga o‘rgatishda Xitoy tajribasini joriy etish maqsadida har bir viloyatda 2 tadan “O‘zbekiston – Xitoy ustaxonasi”ni tashkil qilish topshirildi.Oliygoh, texnikum va maktablarda xitoy tilini o‘qitish maqsadida 100 dan ziyod til egalari va volontyorlar taklif qilinadi.Manba
Ta'lim
3
12.09.2025 17:32
Yagona davlat imtihoni joriy etildimi? Endi testlar bekor bo’ladimi?
Yagona davlat imtihoni joriy etildimi? Endi testlar bekor bo’ladimi?
✅ Yagona davlat imtihoni g‘oyasi haqiqatdan bor, dastlab bu haqda 2020-yilda hujjat loyihasi ishlab chiqilgan edi. Aytmoqchimanki, bu kecha chiqqan yangilik emas, bir necha yildan buyon o’ylashmoqda. ❗️Mazkur tizimni taxminan 2028-yildan keyin joriy etilishi rejalashtirilgan (agar ulgurishsa). Ya’ni kelasi yildan bo’lar ekan, deb vahima qilish shartmas.📝 Yagona davlat imtihoni (YDI) nima? • 11-sinf yakunida topshiriladigan davlat attestatsiyasi boshqa tizimlar bilan birlashtiriladi; • o’quvchilar maktabni bitirayotganda topshirgan imtihon natijasi universitetlarga kirish uchun ham o’tadi; • YDI o’z navbatida Milliy sertifikat o‘rnini ham bosadi.🔹 Bundan nima maqsad ko’zlangan? • abituriyentlarni ortiqcha ovoragarchilik va xarajatdan qutqarish (maktab imtihoni, sertifikat va alohida kirish testlari o‘rniga bitta imtihon); • faqat yodlashga emas, balki fikrlash, esse (insho) yozish, matnni tushunish, mantiqiy fikrlash kabi ko‘nikmalarga ham e’tibor qaratish. Chunki hozir kirish imtihonidagi yopiq test formatidagi (4 ta variantli) testlar asosan xotiraga yo’naltirilgan xolos, fikrlashga emas.🔸 Tartibi qanday bo‘ladi? • imtihonlar Bilimlarni baholash agentligining hududlardagi maxsus katta pavilyonlarida, kompyuter orqali topshiriladi. Ya’ni imtihonni maktablarning o’zi emas Agentlik oladi;• har bir maktab bitiruvchilari grafik asosida navbatma-navbat imtihon topshirib chiqadi. Shu bitta imtihon natijasi universitetlarga kirish uchun ham o’tadi;• bu hali taxminiy tartiblarga takliflar xolos, aniq qaror yoki rasmiy hujjat yo’q. Tartibi tasdiqlangandan keyin, aniqroq va batafsilroq nimadir aytish mumkin.❗️Xulosa: bu o‘zgarishlar yaqin yillarda bo’ladi degani emas. Tizimdan maqsad — ovoragarchilikka barham berib, yoshlarni shablondan chiqarib, ularda mustaqil fikrlash ko’nikmasini rivojlantirish.Manba
Ta'lim
4
12.09.2025 17:28
Ingliz tilidan bepul video darslar
Ingliz tilidan bepul video darslar
Learn English: Lessons for BeginnersTravel English | English for Travel and TourismBasic EnglishIngliz tilini 0 dan o’rganishIngliz tili zamonlari
Ta'lim
57
13.08.2025 16:44
Tabalar va abituriyentlar uchun tez-tez kerak bo‘ladigan onlayn xizmatlar:
Tabalar va abituriyentlar uchun tez-tez kerak bo‘ladigan onlayn xizmatlar:
1️⃣ O‘qish joyidan ma'lumotnoma olish (oliy ta'lim muassasasidan);2️⃣ Umumiy o‘rta taʼlim to‘g‘risida shahodatnomaning dublikatini olish;3️⃣ Bakalavriat talabalari uchun davlat stipendiyalariga onlayn ariza yuborish;4️⃣ O‘qish va xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berishga ariza yuborish;5️⃣ Yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha ariza yuborish;6️⃣ Chet tilini bilish darajasini aniqlashga qaratilgan test sinovlariga ariza yuborish;7️⃣ Yoshlarbop boshqa xizmatlar;8️⃣ Ta'lim bilan bog‘liq xizmatlar;9️⃣ Ijtimoiy himoya bilan bog‘liq xizmatlar;1️⃣0️⃣ Madaniyat, turizm va sport bilan bog‘liq xizmatlar.Ushbu xizmatlardan, shuningdek, MyGov mobil ilovasini Play Market yoki App Store orqali yuklab olgan holda ham foydalanish mumkin.
Ta'lim
96
25.07.2025 17:45
Abituriyentlar uchun eng muhim savollardan biri: "Imtihondan keyin nima qilishim kerak?"
Abituriyentlar uchun eng muhim savollardan biri: "Imtihondan keyin nima qilishim kerak?"
1️⃣ 5 TAGACHA YO‘NALISH TANLANADITest natijangiz e’lon qilingach, sizga 5 tagacha yo‘nalish tanlash imkoni beriladi.Tanlovda istalgan OTM va yo‘nalishni tanlashingiz mumkin.Ammo bu siz topshirgan fanlar majmuasiga mos kelishi kerak.Masalan, matematika-fizikaga topshirgan abituriyent filologiya yo‘nalishiga hujjat topshira olmaydi.2️⃣ TA’LIM SHAKLINI TANLAYSIZSiz yo‘nalishlarni tanlash bilan birga, har bir yo‘nalish uchun ta’lim shaklini ham tanlaysiz:🔸 Kunduzgi🔸 Sirtqi🔸 Kechki🔸 Masofaviy (onlayn)Har xil ta’lim shakllarini aralashtirib tanlash mumkin. Masalan:1-yo‘nalish: kunduzgi2-yo‘nalish: kunduzgi3-yo‘nalish: sirtqi4-yo‘nalish: kechki5-yo‘nalish: masofaviyTanlagan shakl bo‘yicha qabul kvotalari mavjud bo‘ladi.3️⃣ USTUVORLIKNI TANLAYSIZBu bosqichda sizdan quyidagi tanlov qilinadi: Siz uchun yo‘nalish muhimmi yoki davlat granti muhimmi?Masalan, kimdir: “Qaysi yo‘nalishga kirsam ham farqi yo‘q, muhimi grant!”U holda siz ustuvorlikni GRANTGA qaratasiz.Boshqasi: “Men aynan birinchi tanlagan yo‘nalishga kirmoqchiman, hattoki kontrakt bo‘lsa ham.”Bunda ustuvorlik YO‘NALISHGA beriladi.Bu tanlov sizning qaysi OTMga, qanday shaklda kirishingizni belgilab beradi.🫥 2025-yilda yakuniy mandat 20-avgust atrofida e’lon qilinishi kutilmoqda (agar oldingi yillardagidek tasdiqlash kechiktirilmasa).❗️Eslatma:Tanlovni mas’uliyat bilan bajaring. Birinchi yo‘nalish siz uchun eng muhim variant bo‘lishi kerak. Sababi, tanlovda shunday ustuvorlik ko‘zda tutiladi.
Ta'lim
155
24.07.2025 10:22
Bugun test sinovlarining oxirgi kuni
Bugun test sinovlarining oxirgi kuni
24-iyuldan boshlab natijalar e’lon qilinadi va 3 kundan so‘ng abituriyentlar uchun yo‘nalish tanlash jarayoni boshlanadi. Bo‘lajak talabalar 5 tagacha yo‘nalish tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.E'tibor bering tanlangan barcha yo‘nalishlarda mutaxassislik fanlari majmuasi va ularning ketma-ketligi bir xil bo‘lishi shart.Masalan, 1-fan matematika, 2-fan fizika bo‘lsa, qolgan yo‘nalishlarda ham aynan shu tartibda bo‘lishi kerak. Abituriyentlar bir xil OTM ichidagi turli yo‘nalishlarni, yoki turli OTMlarning fanlarga mos yo‘nalishlarini tanlashi mumkin.Shuningdek, bo'lajak talabalar ta'lim shaklini ham turlicha tanlay olishadi. Masalan, birinchi va ikkinchi oliygohlarda kunduzgi belgilansa, qolgan 3 ta oliy ta'lim maskanlarida kechki va masofaviy shaklni belgilashlari mumkin. Asosiysi — mutaxassislik fanlari mos bo‘lishi kerak.Imtihonga oid muddatlar:14-23-iyul — test jarayonlari;24-iyuldan 7-avgustgacha — yo‘nalish tanlash jarayoni (taxminiy muddat, o’zgarishi ham mumkin);8-17-avgust — mandatni tayyorlash jarayoni (taxminiy muddat);17-avgust — mandat kuni (taxminiy muddat);18-27-avgust — oliygohga kira olmagan abituriyentlarning texnikumlarni tanlash jarayoni (taxminiy muddat).
Ta'lim
102
23.07.2025 18:04
"Perevod" qilsa, grantda o'qiyotgan talaba kontraktga o'tadimi?
"Perevod" qilsa, grantda o'qiyotgan talaba kontraktga o'tadimi?
O‘qishning barcha shakllari bo‘yicha oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari hamda mos mutaxassisliklari bo‘yicha davlat grantlari o‘rinlariga ko‘chirishga faqat davlat grantlari asosida tahsil olgan talabalar arizasiga ko‘ra oliy ta’lim muassasalarida tegishli o‘quv yilidagi qabul qilish kvotalarida belgilangan davlat grantlarining soni doirasida ruxsat etiladi.Ya’ni, agar OTM yo‘nalishlari uchun ajratilgan bo‘sh grant o‘rni bo‘lsa, ta’lim muassasasidagi vaziyatdan kelib chiqib, talabaga grant asosida o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilishi mumkin.Ko‘zi ojiz va nogironligi bor talabalarga grant asosida o‘qishni ko‘chirishga ruxsat beriladi.Manba
Ta'lim
97
23.07.2025 10:20
Abituriyentlar uchun minimal o’tish ballari qancha?
Abituriyentlar uchun minimal o’tish ballari qancha?
Davlat qabul komissiyasi tegishli bayoni bilan davlat oliy taʼlim muassasalariga tasdiqlangan amaldagi minimal o‘tish ballari quyidagicha:➖ davlat granti boʻyicha minimal oʻtish bali – 68,0 ball (maksimal 189,0 ballning 36%);➖ toʻlov-kontrakt boʻyicha minimal oʻtish bali – 56,7 ball (maksimal 189,0 ballning 30%) etib belgilandi.Eslatma: Mazkur talabni bajarmagan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalari uchun tanlovda ishtirok etmaydi.Ushbu minimal o'tish ballari o'tgan yili tasdiqlangan bo'lib, joriy yilda o'zgarish bo'lishi kutilmayapti.
Ta'lim
136
22.07.2025 10:23