🎓 Olmaliqdagi 11-sinf o‘quvchisi AQShning nufuzli universitetlariga qabul qilindi! 🌟
📍 Olmaliq shahridagi 20-sonli ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi Iroda Hotamova xalqaro sertifikatlarni muvaffaqiyatli topshirib, AQShdagi taniqli universitetlardan ta’lim olish uchun grantlarni qo‘lga kiritdi.
💼 2024-yil dekabr oyida Irodaning ajoyib natijalari sababli:
➡️ Augustana College universiteti tomonidan $40,208
➡️ Roanoke College tomonidan $27,100 miqdorida yillik grantlar ajratildi.
🏫 Ushbu yutuq nafaqat Irodaning, balki Olmaliq shahridagi 20-sonli IDUMning o‘quvchilari va o‘qituvchilarining yuksak bilim darajasini namoyon etmoqda. Ayniqsa, maktabning til o‘rganish sohasidagi yutuqlari e’tirofga loyiqdir.
🎉 Iroda Hotamovani ushbu katta muvaffaqiyati bilan tabriklaymiz va kelajakdagi ta’lim yo‘lida ulkan zafarlar tilaymiz! 🌟
Akam.uz ga chet el universitetlariga va ularga kirish haqida ma'lumotlar qo'shilishini xohlaysizmi? 👀









