Uz Flag
RU

Назад

Tabalar va abituriyentlar uchun tez-tez kerak bo‘ladigan onlayn xizmatlar:

Ta'lim
11
25.07.2025 17:45


1️⃣ O‘qish joyidan ma'lumotnoma olish (oliy ta'lim muassasasidan);


2️⃣ Umumiy o‘rta taʼlim to‘g‘risida shahodatnomaning dublikatini olish;


3️⃣ Bakalavriat talabalari uchun davlat stipendiyalariga onlayn ariza yuborish;


4️⃣ O‘qish va xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berishga ariza yuborish;


5️⃣ Yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha ariza yuborish;


6️⃣ Chet tilini bilish darajasini aniqlashga qaratilgan test sinovlariga ariza yuborish;


7️⃣ Yoshlarbop boshqa xizmatlar;


8️⃣ Ta'lim bilan bog‘liq xizmatlar;


9️⃣ Ijtimoiy himoya bilan bog‘liq xizmatlar;


1️⃣0️⃣ Madaniyat, turizm va sport bilan bog‘liq xizmatlar.


Ushbu xizmatlardan, shuningdek, MyGov mobil ilovasini Play Market yoki App Store orqali yuklab olgan holda ham foydalanish mumkin.

Мы рекомендуем
Abituriyentlar uchun eng muhim savollardan biri: "Imtihondan keyin nima qilishim kerak?"
Abituriyentlar uchun eng muhim savollardan biri: "Imtihondan keyin nima qilishim kerak?"
1️⃣ 5 TAGACHA YO‘NALISH TANLANADITest natijangiz e’lon qilingach, sizga 5 tagacha yo‘nalish tanlash imkoni beriladi.Tanlovda istalgan OTM va yo‘nalishni tanlashingiz mumkin.Ammo bu siz topshirgan fanlar majmuasiga mos kelishi kerak.Masalan, matematika-fizikaga topshirgan abituriyent filologiya yo‘nalishiga hujjat topshira olmaydi.2️⃣ TA’LIM SHAKLINI TANLAYSIZSiz yo‘nalishlarni tanlash bilan birga, har bir yo‘nalish uchun ta’lim shaklini ham tanlaysiz:🔸 Kunduzgi🔸 Sirtqi🔸 Kechki🔸 Masofaviy (onlayn)Har xil ta’lim shakllarini aralashtirib tanlash mumkin. Masalan:1-yo‘nalish: kunduzgi2-yo‘nalish: kunduzgi3-yo‘nalish: sirtqi4-yo‘nalish: kechki5-yo‘nalish: masofaviyTanlagan shakl bo‘yicha qabul kvotalari mavjud bo‘ladi.3️⃣ USTUVORLIKNI TANLAYSIZBu bosqichda sizdan quyidagi tanlov qilinadi: Siz uchun yo‘nalish muhimmi yoki davlat granti muhimmi?Masalan, kimdir: “Qaysi yo‘nalishga kirsam ham farqi yo‘q, muhimi grant!”U holda siz ustuvorlikni GRANTGA qaratasiz.Boshqasi: “Men aynan birinchi tanlagan yo‘nalishga kirmoqchiman, hattoki kontrakt bo‘lsa ham.”Bunda ustuvorlik YO‘NALISHGA beriladi.Bu tanlov sizning qaysi OTMga, qanday shaklda kirishingizni belgilab beradi.🫥 2025-yilda yakuniy mandat 20-avgust atrofida e’lon qilinishi kutilmoqda (agar oldingi yillardagidek tasdiqlash kechiktirilmasa).❗️Eslatma:Tanlovni mas’uliyat bilan bajaring. Birinchi yo‘nalish siz uchun eng muhim variant bo‘lishi kerak. Sababi, tanlovda shunday ustuvorlik ko‘zda tutiladi.
Ta'lim
33
24.07.2025 10:22
Bugun test sinovlarining oxirgi kuni
Bugun test sinovlarining oxirgi kuni
24-iyuldan boshlab natijalar e’lon qilinadi va 3 kundan so‘ng abituriyentlar uchun yo‘nalish tanlash jarayoni boshlanadi. Bo‘lajak talabalar 5 tagacha yo‘nalish tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.E'tibor bering tanlangan barcha yo‘nalishlarda mutaxassislik fanlari majmuasi va ularning ketma-ketligi bir xil bo‘lishi shart.Masalan, 1-fan matematika, 2-fan fizika bo‘lsa, qolgan yo‘nalishlarda ham aynan shu tartibda bo‘lishi kerak. Abituriyentlar bir xil OTM ichidagi turli yo‘nalishlarni, yoki turli OTMlarning fanlarga mos yo‘nalishlarini tanlashi mumkin.Shuningdek, bo'lajak talabalar ta'lim shaklini ham turlicha tanlay olishadi. Masalan, birinchi va ikkinchi oliygohlarda kunduzgi belgilansa, qolgan 3 ta oliy ta'lim maskanlarida kechki va masofaviy shaklni belgilashlari mumkin. Asosiysi — mutaxassislik fanlari mos bo‘lishi kerak.Imtihonga oid muddatlar:14-23-iyul — test jarayonlari;24-iyuldan 7-avgustgacha — yo‘nalish tanlash jarayoni (taxminiy muddat, o’zgarishi ham mumkin);8-17-avgust — mandatni tayyorlash jarayoni (taxminiy muddat);17-avgust — mandat kuni (taxminiy muddat);18-27-avgust — oliygohga kira olmagan abituriyentlarning texnikumlarni tanlash jarayoni (taxminiy muddat).
Ta'lim
36
23.07.2025 18:04
"Perevod" qilsa, grantda o'qiyotgan talaba kontraktga o'tadimi?
"Perevod" qilsa, grantda o'qiyotgan talaba kontraktga o'tadimi?
O‘qishning barcha shakllari bo‘yicha oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari hamda mos mutaxassisliklari bo‘yicha davlat grantlari o‘rinlariga ko‘chirishga faqat davlat grantlari asosida tahsil olgan talabalar arizasiga ko‘ra oliy ta’lim muassasalarida tegishli o‘quv yilidagi qabul qilish kvotalarida belgilangan davlat grantlarining soni doirasida ruxsat etiladi.Ya’ni, agar OTM yo‘nalishlari uchun ajratilgan bo‘sh grant o‘rni bo‘lsa, ta’lim muassasasidagi vaziyatdan kelib chiqib, talabaga grant asosida o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilishi mumkin.Ko‘zi ojiz va nogironligi bor talabalarga grant asosida o‘qishni ko‘chirishga ruxsat beriladi.Manba
Ta'lim
22
23.07.2025 10:20
Abituriyentlar uchun minimal o’tish ballari qancha?
Abituriyentlar uchun minimal o’tish ballari qancha?
Davlat qabul komissiyasi tegishli bayoni bilan davlat oliy taʼlim muassasalariga tasdiqlangan amaldagi minimal o‘tish ballari quyidagicha:➖ davlat granti boʻyicha minimal oʻtish bali – 68,0 ball (maksimal 189,0 ballning 36%);➖ toʻlov-kontrakt boʻyicha minimal oʻtish bali – 56,7 ball (maksimal 189,0 ballning 30%) etib belgilandi.Eslatma: Mazkur talabni bajarmagan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalari uchun tanlovda ishtirok etmaydi.Ushbu minimal o'tish ballari o'tgan yili tasdiqlangan bo'lib, joriy yilda o'zgarish bo'lishi kutilmayapti.
Ta'lim
45
22.07.2025 10:23
O‘zbekistonda 11-iyuldan boshlab IELTSning qog‘oz imtihonlari to‘xtatiladi
O‘zbekistonda 11-iyuldan boshlab IELTSning qog‘oz imtihonlari to‘xtatiladi
O‘zbekistonda 11-iyuldan boshlab IELTSning qog‘oz imtihonlari to‘xtatiladiBu haqda IDP test markazi ma’lum qildi. Unga ko‘ra, 10-iyul kuniga rejalashtirilgan qog‘oz (paper-based) imtihonlar rejadagidek o‘tkaziladi, biroq 11-iyuldan boshlab faqat kompyuterda (computer-based) imtihon topshirish mumkin bo‘ladi.British Council esa hozircha bu haqda e’lon qilmadi. Biroq unda ham qog‘oz variantdagi imtihon uchun ro‘yxatdan o‘tib bo‘lmayapti.Oldinroq ro‘yxatdan o‘tganlar esa ixtiyoriy ravishda imtihon shaklini "computer-based"ga o‘zgartirishlari yoki to‘lovni to‘liq qaytarib olishlari mumkin. Avvalroq O‘zbekistonda IELTS imtihonida tushadigan savollar to‘plami "tarqalib ketgani" va bunday holatlar keskin ortgani haqidagi xabarlar ortidan 7-iyun kuni imtihon topshirgan nomzodlarning natijalari qayta tekshirish uchun olib qolingan edi.
Ta'lim
116
09.07.2025 20:27
📍 Xalqaro Nordik Universitetida yuqori darajadagi Finlyandiya delegatsiyasi mehmon bo‘ldi
📍 Xalqaro Nordik Universitetida yuqori darajadagi Finlyandiya delegatsiyasi mehmon bo‘ldi
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga raislik qilayotgan, Finlyandiya Tashqi ishlar vaziri Elina Valtonen xonim boshchiligidagi Finlyandiyaning yuqori martabali diplomatlaridan iborat delegatsiya Xalqaro Nordik Universitetiga tashrif buyurdi.Ushbu tashrif Toshkentda bo‘lib o‘tgan Xalqaro investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashi doirasida amalga oshirildi.Delegatsiya vakillariga universitet tomonidan ta’lim, biznes va investitsiya yo‘nalishlarida Markaziy Osiyodagi faoliyat, amalga oshirilayotgan loyihalar hamda istiqboldagi rejalar haqida batafsil ma’lumot berildi.Suhbat jarayonida tomonlar o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish va hamkorlikni yanada kengaytirish istagini bildirdilar
Ta'lim
225
18.06.2025 16:54
🎓 Fan olimpiadasi g‘oliblariga 4 yillik grant beriladimi?
🎓 Fan olimpiadasi g‘oliblariga 4 yillik grant beriladimi?
2025-yildan boshlab, davlat grantlari endi barcha talabalarga avtomatik 4 yilga berilmaydi. Grant avval 1 yilga ajratiladi, keyingi yillarda esa talabaning o‘zlashtirishiga qarab davom ettiriladi yoki bekor qilinadi.🤔 Ammo istisnolar bor!📌 To‘liq 4 yillik grant faqat quyidagi xalqaro olimpiada g‘oliblariga kafolatlanadi:1️⃣ IMO – Xalqaro matematika2️⃣ IPhO – Xalqaro fizika3️⃣ IChO – Xalqaro kimyo4️⃣ IBO – Xalqaro biologiya5️⃣ IOI – Xalqaro informatika🥇 Bu olimpiadalarda medal olgan o‘quvchilar test topshirmaydi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri 4 yillik davlat grantiga ega bo‘ladi!⸻❗ Respublika fan olimpiadasi yoki boshqa mukofotlar-chi?🔹 Imtihonda ball qo‘shiladi yoki imtihondan ozod bo‘lish mumkin🔹 Lekin grant kafolatlanmaydi🔹 Testda yetarli ball yigilsa — grantga tushadi🔹 Grant faqat 1 yilga beriladi🔹 Har yili natijalar asosida yangilanad
Ta'lim
261
18.06.2025 09:56
📊 2025-yilgi qabul yangiliklari: 200 mingdan ortiq abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi!
📊 2025-yilgi qabul yangiliklari: 200 mingdan ortiq abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi!
📅 17-iyun, soat 10:00 holatiga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yili uchun O‘zbekiston OTMlariga 200 953 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan! Bu — yoshlar orasida oliy ta’limga qiziqish katta ekanini ko‘rsatmoqda.🗣 Ta’lim tili bo‘yicha taqsimot:🇺🇿 O‘zbek tili – 176 331 nafar🇷🇺 Rus tili – 20 823 nafar🇰🇿 Qoraqalpoq tili – 3 205 nafar🌐 Boshqa tillar – 594 nafar👩‍🎓👨‍🎓 Jinslar kesimida:🙋🏻‍♀️ Ayollar – 105 313 nafar🙋🏻‍♂️ Erkaklar – 95 640 nafar📌 Xulosa:✅ Ro‘yxatdan o‘tganlar soni 200 mingdan oshdi✅ Aksariyat abituriyentlar testni o‘zbek tilida topshirishni tanlagan✅ Ayollar faolligi yuqori📢 Qabul jarayoni davom etmoqda! Ro‘yxatdan o‘tishni unutmang
Ta'lim
244
17.06.2025 18:10
🎯 Imtihonsiz OTMga kirish — kimlarga nasib qiladi?
🎯 Imtihonsiz OTMga kirish — kimlarga nasib qiladi?
2019-yil 3-maydagi Prezident qaroriga ko‘ra, ayrim xalqaro olimpiada g‘oliblari O‘zbekistonning davlat OTMlariga testsiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilinadi! 🏛️Bu imtiyoz — iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy etilgan.📌 Quyidagi 5 ta xalqaro olimpiada g‘oliblari imtiyozga ega:1️⃣ IMO – Xalqaro matematika olimpiadasi2️⃣ IPhO – Xalqaro fizika olimpiadasi3️⃣ IChO – Xalqaro kimyo olimpiadasi4️⃣ IBO – Xalqaro biologiya olimpiadasi5️⃣ IOI – Xalqaro informatika olimpiadasi🎓 Ushbu olimpiadalarda medal olganlar OTMga to‘g‘ridan-to‘g‘ri talaba sifatida qabul qilinadi — hech qanday testsiz!⸻🤔 Boshqa olimpiadalar-chi?🟡 Respublika fan olimpiadasi (1–3-o‘rin) g‘oliblari uchun esa quyidagicha imtiyoz bor:🔹 Asosiy mutaxassislik fani bo‘yicha – 93 ball🔹 Ikkinchi mutaxassislik fani bo‘yicha – 63 ball🔹 Bu ballar 3 yilgacha amal qiladi.⸻📢 Agar siz yoki tanishingiz yuqoridagi olimpiadalarda g‘olib bo‘lgan bo‘lsa — bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
Ta'lim
201
17.06.2025 17:49
🎓 PDP University'ga kirish – endi Akam.uz orqali tez, oson va qulay!
🎓 PDP University'ga kirish – endi Akam.uz orqali tez, oson va qulay!
PDP University — bu PDP Ecosystem tomonidan 7 yillik IT ta’lim tajribasi asosida tashkil etilgan zamonaviy IT universiteti. Universitet IT va unga aloqador sohalarda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni maqsad qilgan.📌 Akam.uz sizga nima taklif qiladi?✅ Yo‘nalishni tanlang, istalgan vaqtda mock imtihon topshiring.✅ Natijani ko‘rib, kirish imkoniyatingizni biling.✅ Testdan o‘ting va Universitetga ariza yuboring!🧠 Yo‘nalishlar va fanlar:🔹Dasturlash va dasturiy ta’minot ishlab chiqish: Matematika va Mantiq🔹Ma'lumotlarni tahlil qilish va sun'iy intelekt: Matematika va Mantiq🔹Biznes rahlili va loyiha boshqaruvi: Matematika va Mantiq🔹Axborot texnologiyalari va innovatsiyalar: Matematika va Mantiq👉 Bilimingizni sinab ko‘ring: https://akam.uz/xususiy-universitetlar/PDP-University
Ta'lim
215
03.06.2025 14:15