Yangiliklar
- Barchasi
- Ta'lim
- Iqtisod
- Texnologiya
- Milliy Sertifikat
- DTM
- IELTS
- AvtoTest
- Maktab
- Oliygoh
- Abituriyent
- Talaba
- Atestatsiya

Xorazm viloyatida sayyor qabul
Bilim va malakalarni baholash agentligi rahbariyati tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga javob berish maqsadida sayyor qabullar davom etmoqda.Navbatdagi uchrashuv Agentlik direktorining maslahatchisi Orzikul Mirzoyevich Boboyev tomonidan Xorazm viloyatida o‘tkaziladi. Qabul 28-noyabr kuni soat 15:00 da Bilim va malakalarni baholash agentligining Xorazm viloyatidagi binosida bo‘lib o‘tadi.Manzil: Xorazm viloyati, Urganch tumani, Yuqori Do‘rman, Yuqoriovul MFY, O‘zbekiston shox ko‘chasi, 2/2-uy.
Ta'lim
3
26.11.2025 16:11

⚡️Biologiya, fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari sanalari e'lon qilindi.
Biologiya va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 2025-yil 29–30-noyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ikki smenada o‘tkaziladi.29-noyabr (shanba): • 1-smena: talabgorlar 7:00–8:30 oralig‘ida kiritiladi • 2-smena: 13:00–14:30 oralig‘ida kiritiladi30-noyabr (yakshanba): • 1-smena: talabgorlar 7:00–8:30 oralig‘ida kiritiladi • 2-smena: 13:00–14:00 oralig‘ida kiritiladiBiologiya va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari esa 2025-yil 5–6-dekabr kunlari o‘tkaziladi. Barcha hududlarda ikki smena tartibi qo‘llanadi:5–6-dekabr (juma–shanba): • 1-smena: 7:00–8:30 • 2-smena: 12:00–13:30Belgilangan vaqtdan kech kelgan yoki umuman kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.Imtihonda ishtirok etish uchun ruxsatnoma my.gov.uz portalidagi “Mening arizalarim” bo‘limidan yuklab olinadi. Unda test o‘tkaziladigan sana, manzil va smena ko‘rsatiladi. Talabgorlar belgilangan vaqtda kelishlari shart.
Milliy Sertifikat
4
26.11.2025 16:10

Qashqadaryo viloyatida sayyor qabul
Bilim va malakalarni baholash agentligi rahbariyati jismoniy hamda yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga javob berish maqsadida sayyor qabullar tashkil etmoqda.Navbatdagi uchrashuv Agentlik direktori o‘rinbosari Farxod Mirzayev tomonidan Qashqadaryo viloyatida o‘tkaziladi. Tadbir 28-noyabr kuni soat 16:00 da O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qashqadaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasida bo‘lib o‘tadi.Qabul manzili: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar, Islom Karimov ko‘chasi, 249-uy.
Ta'lim
3
26.11.2025 16:06

⚡️ Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari uchun 1 320 ta davlat granti tanlovi uchun qabul qayta ochildi.
Davlat komissiyasi qaroriga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan 1 320 ta davlat granti o‘rinlaridan vakant qolganlari bo‘yicha qo‘shimcha tanlov o‘tkaziladi.2025-yil 25-noyabrdan 4-dekabrga qadar ushbu OTMlarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar Bilim va malakalarni baholash agentligining my.uzbmb.uz platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari kerak. Ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar uchun test sinovlari 2025-yil 11-dekabrga qadar o‘tkaziladi.Test sanasi, vaqti va manzili haqidagi ma’lumot, shuningdek imtihonda ishtirok etish ruxsatnomasi abituriyentning shaxsiy kabinetida e’lon qilinadi.Prezidentning PQ–4319-son qarori asosida ro‘yxatdan o‘tishda belgilangan miqdorda to‘lov amalga oshiriladi. To‘lovni o‘z vaqtida bajarmagan abituriyentlar testga qo‘yilmaydi va tanlovda ishtirok eta olmaydi.Test natijalari ballar ketma-ketligi asosida shakllantirilib, 2025-yil 15-dekabrga qadar tegishli oliy ta’lim tashkilotlariga taqdim etiladi.
Abituriyent
2
26.11.2025 16:04

❗️ O‘zbek-Fransuz universiteti tashkil etiladi.
26-noyabr kuni PQ–354-sonli Prezident qarori bilan O‘zbek-Fransuz universitetini tashkil etish bo‘yicha rasman qaror qabul qilindi. Yangi universitet o‘z faoliyatini O‘zbekiston qonunchiligi talablari va Fransiya universitetlari konsorsiumi tavsiyalari asosida olib boradi.Ta’lim dasturlari bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi: dastlab magistratura, keyinchalik bakalavriat va doktorantura yo‘nalishlari ochiladi. Universitetga kirish uchun tayyorlov kursi ham joriy etiladi.O‘qish maqsadli davlat grantlari va to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.Universitet bitiruvchilari O‘zbek-Fransuz universiteti diplomi yoki Fransiyada akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkor Fransiya universitetlaridan diplom olishlari mumkin bo‘ladi. Ushbu diplomlar O‘zbekiston Respublikasida tan olinadi.
Oliygoh
3
26.11.2025 16:03

❓Xorijiy universitetlarda olingan diplomlar Oʻzbekistonda qanday nostrifikatsiyadan oʻtkaziladi?
Nostrifikatsiya — xorijda olingan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni O‘zbekistonda tan olish jarayoni bo‘lib, u Bilimni baholash agentligi tomonidan amalga oshiriladi. Faqat 1992-yil 1-yanvardan keyin berilgan diplomlar qabul qilinadi.Jarayon ikki shaklda o‘tadi: • test sinovi asosida; • sinovlarsiz.Diplom quyidagi hollarda sinovlarsiz tan olinadi: • QS, THE yoki ARWU reytinglarining Top-1000 taligiga kirgan universitetlarda tahsil olingan bo‘lsa; • Prezident yoki hukumat hujjatlari asosida xorijda o‘qiganlar; • Prezident yoki hukumat qarori bilan O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy OTMlarda tahsil olganlar; • davlat grantlari yoki kvotalari orqali, vazirlik yo‘llanmasi bilan o‘qiganlar.Boshqa barcha holatlarda mutaxassislik bo‘yicha test topshiriladi.Arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali qabul qilinadi.Kerakli hujjatlar: • diplom va ilovasi; • ularning davlat tiliga notarial tasdiqlangan tarjimasi; • pasport nusxasi; • davlat boji to‘lov hujjati.Davlat boji miqdori: BHMning 3 baravari. Onlayn topshirilganda — 10% chegirma, nogironligi bor shaxslar va ijtimoiy reyestrdagilar uchun — 50% chegirma mavjud.Hujjatlar PDF shaklida yuklanadi. Test sanasi oldindan rasmiy kanallarda e’lon qilinadi.
Ta'lim
3
26.11.2025 15:39

❗️Kontraktda o‘qitayotgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun yaxshi yangilik
Davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlariga respublika hududidagi oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yillik kontrakt summasining 30 foizi miqdoridagi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan oshmaydigan (bugungi kunda 6 mln 180 ming so‘m) qismi qoplab beriladi — Prezident qarori.Ushbu yangilik 2026-yil 1-yanvardan boshlab Tibbiyot muassasalarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga kiritiladi.
Talaba
2
26.11.2025 15:37

O‘zbekistonning 9 ta oliygohi QS Barqaror rivojlanish reytingidan joy oldi!
18-noyabr kuni xalqaro ta’lim reytinglari bo‘yicha eng nufuzli tashkilotlardan biri — QS Quacquarelli Symonds “QS Sustainability Rankings 2026” natijalarini e’lon qildi. Mazkur reytingda dunyoning 2000 ga yaqin universiteti baholangan bo‘lib, O‘zbekistonning 9 ta oliy ta’lim muassasasi ham o‘z o‘rniga ega bo‘ldi.Shu jumladan, 3 ta OTM Top-1000 talik universitetlar qatoridan joy oldi:Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti — 874-o‘rinToshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 951-o‘rinO‘zbekiston Milliy universiteti — 970-o‘rinYana 6 ta universitet — Andijon davlat universiteti, Samarqand davlat universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent davlat transport universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Urganch davlat universiteti — 1501+ toifasidan o‘rin olgan.Bu natijalar O‘zbekiston oliy ta’lim tizimining xalqaro barqarorlik mezonlarida bosqichma-bosqich o‘sib borayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.
Oliygoh
2
26.11.2025 15:16

Kontraktingizning 12% Sizga Qaytishini Bilarmidingiz?
Ko‘pchilik bilmaydi: O‘zbekiston Soliq kodeksining 378-moddasiga asoslanib, siz ta’lim uchun to‘lagan kontrakt summasidan 12% daromad solig‘ini qaytarib olishingiz mumkin. Bu nafaqat o‘zingiz uchun, balki farzandlar, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘ingiz o‘qishi uchun to‘langan kontraktga ham tegishli.Agar siz tijorat banki orqali ta’lim krediti olgan bo‘lsangiz — kredit foizlari ham soliqdan ozod etiladi. Ya’ni, kredit to‘lovlarining ham bir qismi sizga qaytadi. Eng muhimi, super-kontrakt to‘lovlariga ham aynan shu imtiyoz tatbiq etiladi!Asosiy maqsad — ta’lim xarajatlarini yengillashtirish. Shunchaki zarur hujjatlarni rasmiylashtirasiz va davlat sizga to‘langan pulning bir qismini qaytaradi. Yiliga millionlab so‘mlar ortga qaytishi mumkin — bundan foydalanmaslik katta yo‘qotish!
Talaba
1
26.11.2025 15:14

JSHSHIR (PINFL) nima va uni qanday aniqlash mumkin?
️JSHSHIR (PINFL) nima va uni qanday aniqlash mumkin? 20-iyundan boshlab abitur.dtm.uz sayti orqali OTMlarga onlayn hujjat qabul qilishga start beriladi.Onlayn ro‘yxatdan o‘tishda fotosurat yoki pasport nusxasi shart emas. Shunchaki JSHSHIR, pasport seriya va raqami kiritilsa kifoya.Pasport seriya va raqami tushunarli.Xo‘sh, JSHSHIR (PINFL) nima? Va uni qanday aniqlash mumkin?JSHSHIR – jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasion raqami bo‘lib, u har bir fuqaroning pasportida yozilgan bo‘ladi. Pasportni yangisiga almashtirsangiz ham, seriya va raqam o‘zgarishi mumkin, ammo JSHSHIR o‘zgarmaydi (o‘ta kamdan-kam uchraydigan hollar bundan mustasno).Uni aniqlash juda oson. Quyida ko‘rsatilgan surat orqali pasportingizdan 14 ta raqamni toping, ana shu Sizning JSHSHIRingiz bo‘ladi.Shu o‘rinda, 16 yoshga to‘lgan, lekin hali pasport olmagan abituriyentlar tezroq pasport olishga harakat qilishlari kerak. Chunki pasport bo‘lmasa JSHSHIR raqam ham bo‘lmaydi, bu degani abituriyentlar hujjat topshira olmay qolishlari mumkin. Pasportini yo‘qotgan/shikastlagan abituriyentlar ham pasportini tezroq yangilashi lozim.Manba
Texnologiya
92
12.09.2025 17:41

